Bitiruv-malakaviy ishning tuzilishi va hajmi.Mazkur bitiruv-malakaviy ish
kirish, oltita paragrafni o‘z ichiga olgan ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
10
I BOB. DAVLAT
BOSHQARUVINI
DEMOKRATLAShTIRISh
TIZIMIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIGA UMUMIY TAVSIF.
1.1. Siyosiy partiyalar va ularni davlat boshqaruvi tizimida tutgan o‘rni.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat qurish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda
bevosita ishtirok etuvchi fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish jarayonlari
tobora chuqurlashib bormoqda.
O‘zbekiston siyosiy tizimi zamonaviy siyosiy munosabatlar shart-sharoitlari
va omillariga moslashish hamda uyg‘unlashish sifatlariga ega bo‘lib bormoqda.
Mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan ko‘ppartiyaviylik tizimi
bugungi kunda izchil rivoj topmoqda. Siyosiy partiyalarning islohotlar
jarayonidagi jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirishdagi roli va ahamiyati kuchayib borayapti. Partiyalar
faoliyatining tashkiliy-huquqiy, moliyaviy shart-sharoitlari mustahkamlanmoqda,
ularning xalq orasidagi obro‘si ortib, davlat ahamiyatiga molik qarorlar qabul
qilishdagi ta'siri tobora kuchayib bormoqda.
Siyosiy plyuralizm va ko‘ppartiyaviylik jamiyat ijtimoiy hayotining ajralmas
qismiga aylandi. Ushbu qoidaning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi
siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi vositachilik roli,
konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi oliy darajada e'tirof etilganligini anglatadi.
Endi qisqacha siyosiy partiyanin mohiyatiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak,
jamiyatda siyosiy partiyalarning mavjudligi va erkin faoliyat ko‘rsatishi
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy
garovidir. Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta'siri ularning
jamoat tashkiloti ekanliklaridan kelib chiqadi, ya'ni siyosiy partiya xalq
hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini
ifodalovchi yirik ijtimoiy tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi.
11
Shuning uchun ham siyosiy tizimning ajralmas tarkibiy qismi va uning
asosiy bo’g’inlaridan biri siyosiy partiyalardir.
Partiya (lotincha Partio – bo’laman, ajrataman) – g’oyaviy jihatdan
maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo’lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish
maqsadida tuzilgan kishilar guruhidir
15
. 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan
“Siyosiy
partiyalar
to’g’risida”gi
O’zbekiston
Respublikasi
Qonunining
1-moddasiga ko’ra, siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining
qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat
hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy
irodasini ro’yobga chiqarishga intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va
jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko’ngilli birlashma hisoblanadi.
Siyosiy partiya – bu jamiyatdagi ma’lum bir guruhlar, toifalar, qatlamlarning
qiziqishlarini aks ettiradigan hamda davlat hokimiyatini tashkil etish va davlat
ishlarida qatnashish orqali ularni amalga oshirishni o’z oldiga maqsad qilib
qo’yadigan kishilar birligini ifodalaydi
16
. Boshqacha aytganda, siyosiy partiyalar
mamlakatdagi muayyan aholining yoki guruhlarning manfaatlarini, maqsadlarini
va intilishlarini ifodalaydigan hamda qonuniy vositalar yordamida ularni davlat
siyosati darajasiga ko’tara oladigan jamiyatdagi yagona kuch hisoblanadi. Aynan
mana shu jihati, ya’ni siyosiy hayotdagi bevosita ishtiroki bilan o’z manfaatlarini
ifodalashi orqali siyosiy partiyalar boshqa jamoat tashkilotlaridan farqlanadi.
Siyosiy partiyalar zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy tizimining
muhim ajralamas qismidir. Davlat va huquq nazariyasidan bizga ma’lumki, siyosiy
tizim – bu xalq irodasiga muvofiq davlatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga
xizmat qiluvchi siyosiy institutlar, siyosiy normalar, prinsiplar, jarayonlarning
o’zaro aloqadorligi va mushtarak yig’indisi. Ramziy ma’noda aytganda, siyosiy
tizim davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi siyosiy muassasalar yoki
tashkilotlarning
harakatlanish
maydonidir,
ushbu
siyosiy
maydonning
15
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.6-tom. – Toshkent: 2010. – B. 698.
16
Bekov I, Abbosxo’jayev Sh. Siyosiy partiyalar va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi. –Toshkent:
O’zbekiston, 2007. –B.5.
12
barqarorligini mustahkamlovchi asosiy poydevor – siyosi partiyalardir.Zero,
siyosiy partiyalar hokimiyat konstitutsiyaviy-huquqiy tuzilishining barcha
bo’g’inlariga singib ketgan holda nafaqat uni shakllantirishda, balki faoliyat
yuritishida ham hal qiluvchi rol o’ynaydilar.
Demak, siyosiy partiyalarning mavjud bo’lishi va real munosabatlarni aks
ettirgan holda faoliyat ko’rsatishi – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatini barpo etish asosidir. Real ijtimoiy munosabatlar sharoitida siyosiy
partiyalar haqiqiy demokratiya hamda fuqarolik jamiyati uchun bevosita va
bilvosita omil bo’lib xizmat qiladi. Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi
bevosita ta’siri ularning jamoat tashkiloti ekanligidan kelib chiqadi, ya’ni siyosiy
partiya xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy
fikrini ifodalovchi yirik xalq tashkiloti sifatida namoyon bo’ladi.Turli xil
partiyalarning mavjud bo’lishi natijasida esa jamiyatda siyosiy fikr, qarashlarning
xilma-xilligi (plyuralizm) vujudga keladi.“Plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi va
qarashlarning rangbarangligi ma’rifiy jamiyatga xos bo’lib, muayyan haqiqatni
turlicha izohlash, tushunish va talqin etish tamoyiliga asoslanadi”
17
.
Shunday ekan, hech bir demokratik huquqiy davlatning siyosiy tizimni
siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Shunga qaramasdan, siyosiy
partiyaga ega bo’lmagan davlatlar hozir ham mavjud. Ayrim olimlarning fikricha,
bunday davlatlar;
Birinchidan, siyosiy an’analari va siyosiy tuzilishi rivojlanmaydigan,
fuqarolarning siyosiy intilishlarini ifodalovchi tashkilotlarga hali muhtoj
bo’lmayotgan o’ziga xos aholisi bo’lgan davlatlardir (Saudiya Arabistoni, BAA,
Quvayt, Qatar, Ummon, Butan va boshqalar);
Ikkinchidan, harbiy to’ntarishlardan keyin zo’rlik bilan partiyalarning
qonuniy faoliyatini tugatadigan totalitar rejim asosidagi davlatlar (hozirgi Nigeriya,
1970-1980-yillarda Prezident Pinochet boshqaruv davridagi Chili va boshq.).
17
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: O’zbekiston, 2000. – B. 19.
13
Konstitutsiyamizning 12-moddasida belgilanganidek, mamlakatda ijtimoiy
hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Bu esa o’z-o’zidan jamiyatda siyosiy plyuralizmninng vujudga kelishini
kafolatlaydi.Konstitutsiyamizning 60-moddasidagi “Siyosiy partiyalar turli tabaqa
va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan
saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tashkil etishda ishtirok
etadilar”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Partiya
degani - bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g‘oya
uchun, uning jamiyatda ustuvor bo‘lishi va ro‘yobga chiqishi uchun kurash
demakdir. Agar partiya ma'nosini mana shu nuqtai nazardan tushunar ekanmiz,
qancha partiya bo‘lsa bo‘laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beri-
ladi”
18
.
Shuning uchun ham dastlabki yillarda mamlakatimiz mustaqillikka erishish
davriga kelib, partiya a'zolari orasida mustaqillik g‘oyalari kuchayib, ular amaliy
ishlarga aylana boshladilar. O‘zbekistonda 1989 yilda partiya rahbariyatiga
I.A.Karimov kelgandan so‘ng ichki va tashqi siyosatdagi katta o‘zgarishlar ko‘zga
tashlana boshlandi. Oliy Kengash tomonidan 1991 yil 15 fevralda “O‘zbekiston
Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunning
19
qabul qilinishi
bilan mamlakatda jamoat birlashmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari
uchun ilk bor mustahkam huquqiy asos yaratildi. Ushbu qonunning mamlakatda
ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining huquqiy jihatlarini ta'minlab berishi
natijasida yangi siyosiy partiyalarning yuzaga kelishi jarayoni boshlandi. Milliy
mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida bo‘lib o‘tgan ta'sis
qurultoyida asos solindi. Qurultoy mustaqil O‘zbekiston tarixidagi muhim siyosiy
voqyea, ya'ni O‘zbekiston XDP ta'sis etilganligini e'lon qildi.
18
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. –Toshkent: O’zbekiston, 1996. – B.351.
19
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.– 2014 y., 50-son, 588-modda.
14
Mazkur partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar to’rt marotaba
Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, o‘z
saylovchilari ishonchini qozongan holda parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil
etishga erishdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bugungi kunda parlament
partiyasi sifatida faoliyat yuritmoqda. Xususan, 1994 yilgi parlament saylovlari
natijasida mazkur partiyadan 69 ta deputat, 1999 yilgi saylovlarda 49 nafar, 2004
yilgi saylovlarda 28 nafar, 2009 yilgi saylovlarda 32 nafar 2014 yilgi saylovlarda
27 nafar deputat saylandi. Ushbu ko‘rsatkichlarning har bir saylovlarda o‘zgarib
turishi partiyaning saylovlarga qanchalik tayyorgarlik ko‘rganligidan dalolat
beradi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega
partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi hisoblanadi.
Ushbu partiya 1992 yil 24 mayda bo‘lib o‘tgan ta'sis qurultoyida tashkil topgan.
Mazkur partiyaning dastlabki besh yillik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
partiya faoliyatining dastlabki kunlaridanoq, o‘zini ziyolilar, tadbirkorlar
doirasidagi yoshlar partiyasi, deb e'lon qilgan bo‘lsa-da, lekin ularning
manfaatlarini bir nuqtaga qaratgan holda ifodalab bera olmadi va ularni to‘laqonli
amalga oshira olmadi ham”
20
.
Do'stlaringiz bilan baham: |