2.3. Jinoyat haqida xabar bermaslik va jinoyatni yashirganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy takliflar hamda ushbu takliflarning tahlili.
“2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirildi…
… Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo’nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o’rinlarda – Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o’rinlarda – Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish…
… Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo’yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022 yilda:
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo’yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko’rsatish tartibi joriy etilsin; qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o’ziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat’iy ta’minlansin…
… Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) uch oy muddatda “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimini ishga tushirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
… 17. Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov) va Transport vazirligi (I.Maxkamov) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda rivojlangan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda yo’l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo’llarda avariya va o’lim holatlarini qisqartirish bo’yicha dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin…”22
Biz takliflar joy olgan paragrfimizni bekorga O’zbekiston Respublikasini 2022-2026-yillarda rivojlantirishga qaratilgan Taraqqiyotning yangi strategiyasi dan misol keltirish orqali boshlamadik. Ushbu strategiya 2017-2021-yillar uchun mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi ning davomi hisoblanadi. Bevosita Harakatlar strategiyasi 5 ta ustuvor yo’nalishdan tashkil topgan:
“davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash”23.
Ushbu strategiyaning ikkinchi ustuvor yo’nalishi doirasida bir qator qonunlar qabul qilindi va o’rgartirishlar kiritildi. Endi esa e`tiborimizni Taraqqiyotning yangi strategiyasidagi 8-maqsadga qaratimz: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat`iy ijrosini ta’minlash.
Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar o’tkazish amaliyotini takomillashtirish.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi, sifati va samaradorligini ta’minlash maqsadida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo’llash doirasida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashni rivojlantirish va kengaytirish.
Huquq tizimining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotning yangi drayverlarini harakatga keltirish doirasida zamonaviy texnologiyalarga va raqamli faoliyatga bo’lgan talablarni qayta ko’rib chiqish.
Sohalarda “tartibga solish yuki”ni kamaytirish doirasida qonunchilik hujjatlarini qisqartirish, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega davlat organlari doirasini qisqartirish, shuningdek ushbu hujjatlar sonini maqbullashtirish ishlarini davom ettirish. Ushbu maqsad asosida bizning taklifimiz shundan iboratki. Ushbu ikki moddani yanada isloh qilish va unga yangi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi moddalarini kiritish zarurligini taklif sifatida kiritmoqchimiz. Ushbu ishlarni Taraqqiyotning yangi strategiyasidagi 8-maqsadning qamrovi doirasiga kiritish, uning samarali amalga oshishini ta`minlashiga erishishimiz zarur hisoblanadi. Yuqorida biz keltirgan va quyida keltirib o’tadigan takliflarimizni ham ushbu 8-maqsad doirasida amalga oshirish zarurligini ko’rsatadi.
Ikkinchi taklif qilib, ijtimoiy havfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar haqida xabar bermaslik uchun ham javobgarlik belgilanishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Ya`nikim, ushbu holatga nisbatan sanksiya sifatida uncha yuqori bo’lmagan jarima yoki axloq tuzatish ishlari kabi javobgarlik belgilanishi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 241- va 2411-kabi jinoyatlarning oldini olishda asosiy omil bo’lishi mumkin. Sababi, katta muammolar kichiklaridan boshlanadi deyilganidek, agar ushbu huquqbuzarlik uchun jazo chorasi sifatida kiritilishi, ya`ni uning og’ir yoki o’ta o’gir jinoyatlar haqida xabar bermaslikdan oldingi javobgarlikning bo’lishi jinoyatning kichiklarini ham oldini olishni ta`minlaydi. Avvalo, muammoga muammo sifatida qarash zarur. Chunki, muammoning katta kichigi bo’lmaydi.
Endi esa, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 2411-moddasi ya`ni jinoyatlarni hisobdan yashirish haqidagi jiddiy muammoga nisbatan bitta taklif bilan chiqmoqchiman. Ushbu taklif jinoyatlarni qayd etish yoki tekshirish uchun maxsus organlar doirasida maxsus bo’lim tuzilishi va jinoyatni qayd etishi mumkin bo’lgan hodim o’zining hizmat bo’yicha boshlig’ining ruxsatisiz to’g’ridan to’g’ri murojaat qilish zaruratini yaratish kerak. Ushbu maxsus bo’limlarning faoliyatini nazorat qiluvchi yagona organ tizimini joriy qilish kerak. Chunki, jinoyatlarni statistikasi oshib ketmasligi uchun sun`iy kamaytirishga urinish holatlari ham uchrab turadi. Negaki, jinoyatlar oshishi hududning turizm salohiyatiga va ushbu hudud uchun mas`ul organ hodimlarining ziyoniga ishlashi mumkinligini bilamiz. Lekin bu degani jinoyatni yashirish kerak degani emas. Negaki, biz jinoyatga qarshi uni yashirish orqali kurashmasligimiz kerak.
Xulosa
Endi esa fikrlarimizni umuiylashtiramiz va ular yuzasidan xulosa chiqaramiz: eng avvalo jinoyat huquqi fanining maqsadi jinoyatlarga qarshi kurashish hisoblanadi. Uning uchun esa har doim jinoyat javobgarlik ta`minlanishi zarur. Negaki, jinoyat qilib, qilmishiga yarasha jazo olmagan jinoyatchi ongida yana jinoyat qilish maqsadi shakllanib qolishi mumkin. Shunday ekan, jinoyatlarni yashirish va hisobga olmaslik bu jinoyatning kattalashib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunga panja ortidan qarash yaramaydi. Chunki, jinoyat juda yomon oqibatlarga olib kelishi hech birimizga sir emas. Jazo olish va qayta tarbiyalash chorasi qo’llanilgan bo’lishi kerak. Shu o’rinda ushbu jinoyat jinoyat uchun jazoning muqarrarligi prinsipiga salbiy ta`sir etib qolmasligi zarur. Xiyotning mashxur siyosatshunosi Sun Yat Senning “jazo tayog’i qanchalik qattiq bo’lsa, insonlar qonunni shunchalik xurmat qilishadi” – degan so’zlari bejiz emas. Har birimiz jinoyatga qarshi kurashda o’zimizning faol pozitsiyamizga ega bo’lishimiz zarur. Bu jarayonda bizning xodim yoki fuqaro bo’lishimiz axamiyatsiz. Chunki, jinoyat har bir davlat va har bir jamiyatning oldidagi dolzarb muammo. Unga duch kelgan inson ,eng avvalo, xabar berish, qo’lidan kelsa bartaraf etish choralarini ko’rishi kerak. Unga nisbatan e`tiborsiz bo’lishlik ham bir jinoyat ekanligini unutmasligimiz kerak.
Atamalar
Do'stlaringiz bilan baham: |