Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va uni



Download 106,61 Kb.
bet4/10
Sana30.06.2022
Hajmi106,61 Kb.
#719094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Solijon BMI(5)

2.1. Jinoyatni yashirganlik jinoyatini tahlil qilish. Jinoyat haqida xabar bermaslik va jinoyatni yashirganlik tushunchalarini bir-biriga oʻxshash va ularning farqli jihatlari.
Endi esa eʻtiborimizni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 2411-moddasining jinoyat huquqiy tahliliga qaratamiz va ushbu moddaning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 241-moddasi bilan oʻxshash va farqli jihatlarni oʻrganib, amaliy tahlil qilamiz. Shu oʻrinda yuqoridagi ikki jinoyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsining XXVI bobi yaʻni Odil sudlovga qarshi jinoyatlar sirasiga kiradi. Ushbu jinoyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 230-2411-moddalarini oʻz ichiga oladi va ushbu jarayonni protsessual tartibini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan.
Birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 2411-moddasining tahlilini amalga oshirishda uning qanday huquqbuzarlikni tartibga solishiga e`tibor berishimiz zarur. Jinoyatlarni roʻyxatga olishni qasddan yashirish jinoyatni ochishda toʻsiq boʻladi, fuqarolarni odil sudlov ishida qatnashish imkoniyatini cheklaydi, unga boʻlgan ishonchni soʻndiradi, jinoyat sodir etgan shaxslarning jazolanmay qolishiga olib keladi. Bu turdagi jinoyatlarni oddiy tilda sodir etilgan, ammo ochilishi ta`minlanmagan jinoyat deb tushunishimiz ham mumkin. Bunda toʻgʻridan toʻgʻri qasd shunga qaratilgan boʻladi. Bizga ma`lumki, jinoyat ishini qoʻzg`atishga ariza, xabar va boshqa jinoyat haqidagi habarlar asos boʻlib xizmat qiladi. Jinoyat haqida ogʻzaki va yozma tarzda xabar berilishi mumkin. Faqat jinoyatni qoʻzgʻatishdan oldin ariza, xabar yoki ma`lumotlar sinchiklab oʻrganib chiqilishi kerak. Arizadagi ma`lumotlar imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Ogʻzaki olingan jinoyat haqida ma`lumotlar bayonnomada qayd etiadi. Yuqoridagilarga asoslanib ushbu jinoyatning predmeti boʻlib ariza, aybdorning arizasi, xabar, korxona, muassasa, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarning xabarlari, OAV larining xabarlari, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga vakolatli boʻlgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan bevosita aniqlangan boshqa jinoyat haqidagi maʻlumotlar keladi. “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat toʻgʻrisida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida boʻlishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni
tasdiqlovchi oʻz ixtiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi
mumkin (JPK 326-moddasi). Muayyan jinoyat toʻgʻrisida matbuot, radio va televideniya, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga yoʻllangan, lekin eʻlon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻladi. Jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni eʻlon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek, bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan oʻz ixtiyorlarida boʻlgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart (JPK 327-moddasi). Jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʻlumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin:

  • surishtiruvchi maʻmuriy vazifani amalga oshirayotganida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha surishtiruv oʻtkazish chogʻida jinoyatga oid maʻlumotlarni aniqlaganida;

  • tergovchi boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov yuritish chogʻida jinoyatga oid maʻlumotlarni aniqlaganida;

  • prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov olib borish chogʻida jinoyatga oid maʻlumotlarni aniqlaganida;

  • sudya maʻmuriy huquqbuzarlikka doir ishni yuritish chogʻida
    jinoyatga oid maʻlumotlarni aniqlaganida;

  • sud fuqaroviy ishni yoki boshqa jinoyatga doir ishni yuritish chogʻida jinoyatga oid maʻlumotlarni aniqlaganida (JPK 328-moddasi)”11

Demak, ushbu jinoyat va jinoyatni qayd etish haqida dastlabki tushunchalarga ega boʻldik. Shu tartibda tahlilni davom ettiramiz: ushbu jinoyat aybdorning jinoyat haqidagi arizani yoki xabarni qabul qilishni rad etgan yoki jinoyat haqida olingan maʻlumotlarni yoʻq qilingan, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqish yoki roʻyxatga olish uchun oʻrnatilgan qonuniy muddatlarning oʻtishini ta`minlashga urinish bilan jinoyat tugallangan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 2411-moddasida koʻrsatilgan jinoyat oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 205-moddasida koʻrsatilgan mansab yoki hokimiyat vakolatlarini suisteʻmol qilish jinoyatining bir koʻrinishi sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Bu ikki jinoyat tarkibi bir biri bilan umumiy va maxsus oʻxshashliklarga ega boʻlsa-da, jinoyatni roʻyxatga olishni qasddan yashirish jinoyatini qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 205-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish mumkin emas. Agar jinoyatni roʻyxatga olishni qasddan yashirish bilan bir vaqtda aybdor mansab yoki hokimiyat vakolatlarini suiisteʻmol qilishga qaratilgan biror-bir harakatlarni sodir etadigan boʻlsa, u holda jinoyatlar jami tariqasida qilmishni tavsiflash mumkin. Bunday qarorga ushbu ikki jinoyatni tahlil qilish yoki olimlarning izlanishlarini oʻrganib chiqish orqali kelishimiz mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi qismi ham mavjud boʻlib, ushbu ikkinchi qism bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi, jinoyat takroran sodir etilishi va sodir etilgan jinoyat ogʻir oqibatlarga olib kelgani kabi holatlarda javobgarlikka tortilishi belgilangan. Ushbu tushunchalarga ham qisacha toʻxtalib oʻtamiz: Hisobga olishni qasddan yashirishning ogʻir oqibatlari bu – jinoiy qilmishlari yashiringan shaxs tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini hisoblanadi. Bir guruh shaxslar deganda jinoyat sodir etilishida koʻrib chiqilayotgan moddaning subyektlari boʻlmish ikki va undan ortiq shaxslarning ishtirokini tushunish lozim. Shu oʻrinda bir guruh shaxslar degan narsani uyushgan guruh deb tushunmasligimiz kerak. Endi esa jinoyatning takroran sodir etilishini alohida muhokama qilishimiz zarur. Chunki, bu tushunba juda koʻp jinoyatlar uchun umimiy bir ma`noni bildiradi. Ushbu tushuncha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 32-moddasida toʻlaqonli aks etgan: “ ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom boʻlgan jinoyat ham, jazoga sazovor boʻlgan jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan boʻlsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga oʻxshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat boʻlgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat boʻlib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa choʻzilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi”12.
Yuqoridagilar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 2411-moddasining ikkinchi qismiga tegishli hisoblanadi. Lekin ikkala qism uchun jinoyat tarkibi elementlari bir xil. Shunday ekan, ushbu jinoyatni tarkibi yuridik tahlil qilish jinoyatni yanayam chuqurroq bilishimiz uchun muhim hisoblanadi:

  • birinchi navbatda, uning ob`yektiga toʻxtalamiz: ushbu jinoyat ikki ob`yektdan tashkil topgan. Bular, bevosita hamda fakultativ ob`yektlar hisoblanadi. Ushbu jinoyatning bevosita obyekti - jinoyat haqidagi arizalar, xabarlar va boshqa maʻlumotlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni belgilab beruvchi jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan oʻrnatilgan tartibni belgilab beruvchi ijtimoiy munosabatlar. Ushbu jinoyat sodir etilishi yuqoridagi oʻrnatilgan tartibga putur yetishiga olib kelishda namoyon boʻladi. Uning fakultativ obyekti esa fuqarolarning jinoiy tajovuzlardan himoyalanishga boʻlgan huquq va manfaatlarini oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.

  • Ushbu jinoyatning obyektiv tomoni jinoyatni roʻyxatga olishni yashirish, yaʻni tegishli mansabdor shaxs hech qanday asoslarsiz arizani yoki
    xabarni qabul qilishdan bosh tortishi yoki roʻyxatga olishni rad etishiga
    qaratilgan jinoiy harakatsizligida namoyon boʻladi; jinoyat haqidagi
    aniqlangan maʻlumotlarni yoʻq qilish; ariza, xabar yoki maʻlumotlarni
    oʻrganib chiqmaslik, jinoyat ishini qoʻzgʻatish haqidagi masalani hal qilish
    uchun tegishli boʻlgan va oʻrganib chiqish zarur boʻlgan maʻlumotlarni
    oʻrganib chiqmaslik yoki ushbu maʻlumotlarni oʻrganib chiqish natijalari
    boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslanmagan
    qaror chiqarishdan iborat harakatdan iborat13. Uning yuqoridagi harakatsizligi tegishli mansabdor shaxsning ushbu jinoyatni sodir etganligini anglatadi va uning harkatsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 2411-moddasi jinoyat tarkibining sub`yektiv tomoni deb baholanadi.

  • Ushbu jinoyatning subyekti haqida fikr yuritishdan oldin, u maxsus subyekt ekanligiga e`tiborimizni qaratishimiz lozim. Chunki ushbu maxsus sub`yektlar jinoyat haqidagi ariza, xabar va boshqa maʻlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish yoki ariza, xabar va boshqa maʻlumotlarni koʻrib chiqish xizmat majburiyatiga kiruvchi mansabdor shaxslar boʻladi. Ish holatlariga qarab, u surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya boʻlishi mumkin. Lekin, ularning xatti-harakatini ushbu jinoyat bilan tahlil qilishimiz uchun, albatta, uning sub`yektiv tomoniga e`tiborimizni qaratishimiz lozim.

  • “Jinoyatni roʻyxatga olishni qasddan yashirish jinoyati subyektiv
    tomondan toʻgʻri qasd bilan tavsiflanadi. Aybdor oʻz harakati
    (harakatsizligi) ning jinoiyligini oldindan biladi va jinoyatni roʻyxatga
    olishdan yashirishni xohlaydi. Bu holatda subyekt gʻarazgoʻylik niyatlarda
    biron-bir shaxsdan oʻch olish yoki manfaatdor shaxslarning bevosita yoki bilvosita koʻrsatmalarini bajarish orqali jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy
    javobgarlikdan olib qolish maqsadalarida harakat qilishi mumkin.
    Jinoyatning motivi va maqsadi qilmishni kvalifikatsiya qilishga taʻsir
    qilmaydi, faqatgina uni taʻminlaydi”14.

Yana shuni alohida ta`kidlash lozimki, aynan toʻgʻri qasdning mavjudligi ushbu jinoyatni sodir etganlikni anglatadi. Agar jinoyat extiyotsizlik orqasidan sodir etilgan taqdirda. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 207-moddasi ya`ni mansaab sovuqqonligi deya baholanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 2411-modda sifatida kvalifikatsiya qilishda qasd aniq koʻrinib turganiga e`tibor berishimiz kerak.
Tahlilimizni yuqoridagi ikki jinoyat ya`ni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 241- va 2411-moddalarini oʻxsash va farqli jihatlariga qaratamiz. Ushbu ikki jinoyat sub`yektiv tomonining qaysidir elementlari bilan bir-biri oʻxshash hisoblanadi. Ya`ni ushbu jinoyatni kimdandir oʻch olish niyatida sodir etilish mumkin boʻlgan holatlari mavjud. Har ikki jinoyat ham jinoyatni yashirish hisoblanadi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatiga jiddiy salbiy ta`sir etadi. Ushbu holatlarda shaxslar yoki mansaabdor shaxslar sodir etilayotgan yoki sodir etilgan ijtimoiy havfli qilmishning jinoyat ekanligini bilishadi va uni oshkor etmaslik, yashirishni hohlaydi. Lekin aralashishni hohlamaslik faqat Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 241-moddasiga tegishli hisoblanadi.
Ushbu jinoyatlarning farqli jihatlariga toʻxtaladigan boʻlsak, bevosita ob`yektdan boshlashimiz oʻrinli boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 2411-moddasida obyektlar tegishli mansabdor shaxsga ochiqlanadi va tegishli mansabdor shaxs oʻz harakatsizligi orqali ushbu ob`yeklarni rad etadi yoki notogʻri talqin qilishga urinib jinoyatni yashiradi. Lekin shaxs, u xech qanday mansabdor shaxs emas, jinoyatni bila turib u haqida xabar bermay Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodedsi 241-moddasi obyekti boʻlgan sud, prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv idoralarining bir me`yorda ishlashini buzishga olib kelgan harakatni, yoki jinoyatni yashirishga uringan holda harakatsizlikni amalga oshiradi. Ushbu ikki jinoyatlarning sub`yektida farq ochiq-oydin koʻrinib turibdi. Ya`ni birinchi jinoyatda 16 yoshga toʻlgan aqli raso jismoniy shaxs sub`yekt boʻlishi koʻrsatilgan boʻlsa, ikkinchi jinoyatda maxsus sub`yekt mavjud boʻlib, u tegishli mansaabdor shaxs boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtilgan. Sub`yektiv tomondan oʻxshashligi ushbu jinoyatlar toʻgʻri qasd bilan ga`razli niyatlarda sodir etilishi boʻlsa, farqi ushbu jinoyatlarning biri ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar haqida xabar bermaslik uchun javobgarlik qoʻllanilishi hisoblansa, ikkinchi xar qanday turdagi jinoyatni tegishli mansaabdor shaxsning yashirishga, hisobga olishni rad etishga urinishi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishida oʻz aksini topadi.

2.2. Jinoyat haqida xabar bermaslik va jinoyatni yashirganlik holatlari yuzasidan bildirilgan olimlarning fikrlari, ilmiy tajribalar va ular uchun javobgarlik masalalarida jahon tajribasi.
Ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari doirasida bir qator kriminolog olimlar fikrlarini bildirb oʻtishgan. Ularning ba`zilaridan darslik sifatida foydalanamiz. Birinchi navbatda oʻzimizning Oʻzbek olimlarining fikrlaridan misollar keltirib oʻtamiz. Biz bilamizki, jinoyatda yordamchilik degan tushuncha bor. U ham jinoyat davomida uni yashirishga urinadi va jinoyat haqida xabar bermaydi. Demak olimlar ularni bir-biridan farqlashni quyidagicha amalga oshirishni taklif qilishadi: “Yordamchi yordam berishdan tashqari jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan boshqa biror-bir harakatni qilmagan boʻlishi kerak, aks holda yordamchining harakatlari jinoyatning ob`ektiv tomoni belgilari bilan mos kelsa, u jinoyatning bajaruvchisiga aylanib koladi. Ruhiy yordamchilik: 1) maslaxat, koʻrsatmalar berish; 2) jinoyatchini, jinoyat qurollarini, izlarini va vositalarini yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan buyumlarni yashirishga oldindan va`da berish; 3) jinoiy yoʻl bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga oldindan vaʻda berish shaklida boʻlishi mumkin. Jinoyatni yashirishga oldindan va`da bermagan boʻlsa, yordamchilik deb topilmaydi, ya`ni ishtirokchilik deb topilmasdan, faqat jinoyatga daxldorlik deyiladi…
Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qsmida ogir yoki oʻta ogir jinoyatlarni oldindan va`da bermasdan yashirish toʻgrisida soʻz boradi. Oldindan va`da bermasdan yashirishga: jinoyatchini, jinoyat quroli va vositasini, boshqa dalil va ashyolarni yashirish kiradi. Jinoyatchini yashirish, deganda aybdorni huquqni muxofaza qilish organlaridan yashirish uchun uni joy bilan ta`minlash tushuniladi. Yashiruvchi jinoyat quroli yoki vositasini, jinoyat izlarini xam yoʻq qilishi mumkin. Bu jinoyat qasddan sodir etiladi. Shu bilan birga aybdor ogir yoki oʻta ogir jinoyatni yashirayotganligini tushunib yetishi lozim…”15 Oʻrganishlarimiz davomida ushbu jinoyatning asosiy farqlari yashirish yoki xabar bermaslikni oldindan va`da bermagan holda sodir etilishida namoyon boʻlishini bilishimiz mumkin. Yuridik adabiyotlarda koʻpgina huquqshunos olimlar “jinoyat haqida xabar bermaslik”ni huquqiy ahamiyatiga qarab turlarga boʻladilar. Misol uchun, V.G.Smirnov “jinoyat haqida xabar bermaslik”ni huquqiy ahamiyatiga qarab ikki turga boʻladi:

  1. Tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bermaslik. Oʻz tabiatiga koʻra jinoyat sodir etishning bir turini keltirib chiqaradi.

  2. Sodir etilgan jinoyat haqida xabar bermaslik. Jinoyatga daxldorlikning turlaridan birini tashkil qiladi”.

Huquqshunos olim A.N.Traynin ham V.G.Smirnovdan oldinroq quyidagi fikrni bildirgan edi. Bu ikki xil xabar bermaslikning ijtimoiy xavfliligi ham turlichadir. Agar jinoyat haqida ogʻir jinoyat sodir etilganidan keyin xabar berilgan boʻlsa, buni hisobga olmasdan boʻlmaydi. “Agar shaxs tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bermasa, bu yerda jinoyatning sodir etilishida uning manfaatlari boʻlmasa-da, u jinoyatchilar bilan birlashib, ishtirokchiga aylanib qoladi”2. Bu mualliflar jinoyat haqida xabar bermaganlik uning vaʻda berib yoki vaʻda bermasdan amalga oshirganligi emas, balki uning ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqqan holda, yaʻni jinoyatga tayyorgarlik koʻrilayotganligi haqida aniq bilgani holda xabar bermaganlik uchun ishtirokchi, deb topish lozim degan fikrni bildiradilar.
Daxldorlikning jinoyat ekanligi shundan iboratki, shaxs tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat toʻgʻrisida aniq bilgan boʻlsada, davlat hokimiyati organlariga xabar bermaydi. yaʻni, shaxs (aybdor)ni javobgar qilish uchun uning ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan yoki jinoyatga tayyorgarlik koʻrilayotganligi toʻgrisida bilgan boʻlishi talab qilinadi16.
Endi esa jahon tajribasida olimlar va boshqa davlatlarning qonunchiligida bunday jinoyatlarga nisbatan qanday jazo choralari mavjudligini koʻrib chiqishimiz kerak boʻladi. “Bu yerda quyidagilar bilan bogʻliq uchta muammoli vaziyat mavjud: a) jinoyatni qasddan shunday deb eʻtirof etmaslik; b) jinoyatga provokatsiya qilish; v) jinoyatga huquqiy baho berish. Birinchi ikkita holat odatda ish bilan bogʻliq. Birinchi holatlarning tarqalishi haqida nazorat natijalarini koʻrsatadi Bosh prokuratura amaliyoti. 2014 yil 29 aprelda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiyalar Kengashi yigʻilishida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurorining maʻruzasida. Aytilishicha: “Oltinchi yildirki, roʻyxatga olingan jinoiy huquqbuzarliklar sonining kamayishi ularning sodir etilganligi toʻgʻrisida kelib tushayotgan xabarlarning koʻpayishi (6 foiz) fonida qayd etilmoqda, bu esa kriminologlar pozitsiyasining toʻgʻriligiga ishonch hosil qilmoqda.
Yashirin jinoyatlarning katta qatori haqida va ularni aniqlash va hisobga olish bilan bogʻliq muammolarning mavjudligi.
Shu bois 2013-yilda jinoyat ishini yuritishning dastlabki bosqichida qonun ustuvorligini taʻminlash uchun yana bir bor prokurorlar tomonidan salmoqli say-harakatlar talab etildi. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi 2,5 milliondan ortiq noqonuniy qarorlar bekor qilindi va oʻz vaqtida yetkazilmagan 158 mingdan ortiq jinoyat aniqlandi. Bu sohadagi qonunchilik holati
Bosh prokuratura hay`ati yigʻilishida koʻrib chiqildi. Muhokama shuni koʻrsatdiki, jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qonunga xilof qarorlar chiqarish faktlariga, shu jumladan, qonun hujjatlariga zid jinoyatning etarli belgilari mavjudligi toʻgʻrisidagi prokurorning pozitsiyasi. Koʻp prokurorlarning noqonuniy bekor qilish misollari xuddi shu ariza boʻyicha qarorlar besh yoki undan ortiq marta. Rossiya miqyosida ular soni minglab hisoblanadi. 4 ming oʻrnatilgan
jinoyatlar va ularni qayd etmaslik holatlari toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilishni bevosita rad etish tekshirish va ish qoʻzgʻatish uchun shubhasiz asoslar mavjud.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurorining ma`ruzasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyalar Kengashining 2015-yil 29-apreldagi yigʻilishida shunday ta`kidlandi: “Nazorat natijalari tergov va surishtiruv guvohlik beradi
faoliyatida aniqlangan qonun buzilishlarining oʻtgan yili 22 foizga oshgani
barcha huquqni muhofaza qilish organlari (jami deyarli 6 million). Eng koʻp qoidabuzarliklar (4 mln. 100 ming) surishtiruv organlari tomonidan qabul qilingan. Ularning 80 foizi jinoyat ishining dastlabki bosqichida qayd etilgan. Ichida
giyohvand moddalarni nazorat qilish va Rossiya Federal bojxona xizmati tergov organlari oʻtgan yili 2013 yilga nisbatan jinoiy roʻyxatga olish sohasida.
dan ortiq huquqbuzarliklar oshgani qayd etilgan ikki marta. Afsuski, qonun ustuvorligi tergovchilarning ishi ham yaxshilanmadi. Bundan tashqari, qonunbuzarliklar nafaqat koʻpaymoqda xabarlarni roʻyxatga olish va hal qilish bosqichlari jinoyatlar haqida (15%), balki butun davomida qoʻshimcha tergov (12%) ga ko’paygan.
Jinoyatni qasddan tan olmaslikning koʻplab usullari amaliyotga joriy qilingan. Odatda rad etish ostida jabrlanuvchining arizasini qabul qilishdan
bayonotni bahona qilish rahbariyatning koʻrsatmalarini birinchi navbatda hozirda yoʻlda boʻlgan maxsus xodim oʻrganishi kerak. Prokurorlarning fikricha, jinoyatni roʻyxatga olishdan yashirishning eng keng tarqalgan usuli bu jinoyat tarkibi yoki hodisalari yoʻqligi sababli jinoyat ishini qoʻzgʻatishni asossiz rad etishdir. Jinoyat mavjud, ammo uning tarkibi rad etiladi. (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasi 1-qismi, 2-bandi). Koʻpincha tegishli rad etish buyrugʻi oddiy jinoyatlar (oʻgʻirlik, talonchilik, firibgarlik) uchun beriladi. Jinoyatlarni rasmiy ravishda yashirish, qoida tariqasida, intizomiy huquqbuzarlik sifatida baholanadi va kamdan-kam hollarda jinoyati hisoblanadi. 285, 286, 292 Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi. M. V. Kolesovning soʻzlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasida koʻrib chiqilayotgan toifadagi jinoiy ishlar soni bir yil ichida 100 dan oshmaydi. "Sud amaliyotida", - deydi Irkutsk sudyasi viloyat sudi S. Makarov, - jinoyatlarni rasmiy ravishda yashirganlik uchun xodimlar koʻproq javobgarlikka tortiladi ichki ishlar organlari. Asosan umumiy jinoyatchi jinoyatlarini yashirish uchun Yoʻnalish: oʻgʻirlik, talonchilik, talonchilik. Yashirish holatlarining murakkabligi haqida gapiradi ular koʻpincha chiqarilganligi oqlov hukmlari (33%
koʻrib chiqildi)”. 285 Buyuk Britaniya RF "Rasmiy vakolatlarni suiisteʻmol qilish". P. S. Yani mansab vakolatlarini suiisteʻmol qilishni alohida holat deb hisoblaydi rasmiy vakolatlardan oshib ketish. Sanʻatni qoʻllashning qiyinligi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285-moddasi, jinoyatni rasmiy ravishda yashirgan shaxslarga nisbatan, yollanma yoki jinoyat sodir etish maqsadini aniqlashdir. Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Plenumining 2008 yil 10-sonli qarorida.
2009-yil 16-oktabrdagi 19-sonli “Hokimiyat vakolatlarini suiisteʻmol qilish va vakolatlarini suiisteʻmol qilish holatlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorida: harakatlarda (harakatsizlikda) mavjudligi masalasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285-moddasida nazarda tutilgan ayblanuvchining jinoyat tarkibiga koʻra, ushbu jinoyatning subʻektiv tomonining belgilari, niyatdan tashqari, quyidagilar tushunilishi kerak: xudbin manfaat - mansabdor shaxsning sodir etish orqali istagi notoʻgʻri xatti-harakatlar oʻzingiz uchun yoki boshqa shaxslar oʻzlarida mulkning noqonuniy tekin muomalasi bilan bogʻliq boʻlmagan mulkiy manfaat
boshqa shaxslarning foydasi yoki foydasi (masalan, nafaqa, kreditni noqonuniy olish, har qanday mulkiy xarajatlardan ozod qilish, mulkni qaytarish, qarzni toʻlash, xizmatlar uchun toʻlov, soliqlarni toʻlash va boshqalar); boshqa shaxsiy manfaatlar
mansabdor shaxsning mansabparastlik, qarindosh-urugʻchilik, real vaziyatni bezash, oʻzaro manfaatdorlik, har qanday masalani hal qilishda yordam soʻrash, oʻz layoqatsizligini yashirish va ho kazo kabi sabablarga koʻra mulkiy boʻlmagan manfaat olishga intilishi.
Rasmiydan qanday foydalanish kerak xizmat manfaatlariga zid ravishda oʻz mansab vakolatlaridan mahrum boʻlgan protektsionizm deb qaralishi kerak, bu qoʻl ostidagi shaxsni ishga joylashtirishda, lavozimida koʻtarilishda, lavozimini oshirishda noqonuniy yordam koʻrsatish, shuningdek boshqa homiylik sifatida tushuniladi. Bundan kelib chiqqan holda, jinoyatlarni shaxsiy hisobdan yashirish motivi qay darajada tushuntirish butunlay aniq emas. Politsiya xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar shuni koʻrsatdiki, jinoyatlarni buxgalteriya hisobidan yashirishda ular, qoida tariqasida, shaxsiy motivlarga emas, balki rahbariyatning norasmiy koʻrsatmalariga asoslanadi. Shuning uchun shaxsiy motiv, masalan, kareristik mulohazalar koʻrinishida, juda kam uchraydi. Bundan tashqari, notoʻgʻri tushunishdan harakat qilish xizmat manfaatlari, shaxs foydali (uning fikricha) harakatni amalga oshirishga intiladi; aniq noqonuniy boʻlsa-da - politsiya yukini kamaytirish va oshirish jinoyatlarni aniqlash. Jinoyatlarni yashirishning ommaviy xarakteri buxgalteriya hisobi qonunchilikni himoya qilish nuqtai nazaridan takomillashtirish zarurligini koʻrsatadi fuqarolarning mansabdor shaxslarni suiisteʻmol qilishdan huquqlari. Shu munosabat bilan jinoyat-protsessual qonunchiligiga qisqacha hikoyalar toʻplamini (boʻlim nomini oʻzgartirish) kiritish taklif etilmoqda. Rossiya Federatsiyasining VII Jinoyat-protsessual kodeksi va uning quyidagi mazmundagi taqdimoti nashrlar: "Jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni koʻrib chiqish va jinoyat ishini qoʻzgʻatish"; Sanʻatning 25-bandiga qoʻshimcha. 5 Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksi hukmning qaror ekanligi
jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni koʻrib chiqishda chiqarilgan tergovchi, tergov organining, surishtiruvchi organning boshligʻi, surishtiruvchi; qoʻshimcha, 1-qism, modda. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 144-moddasi, xatti-harakatlarning normativ qoidasi. jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni tekshirish, tergovchi, surishtiruv organi, tergovchi, tergov organi boshligʻi qaror chiqaradi va hokazo).
Shu munosabat bilan A. M. Bayramqulov Sanʻatning yangi tahririni taklif qiladi. 300 "Jinoiy javobgarlikdan noqonuniy ozod qilish": «300-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni yoki jinoiy taʻqib qilishni qonunga xilof ravishda rad etish.
1. Ichki ishlar organi xodimi tomonidan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni bila turib qonunga xilof ravishda rad etish yoki davomida olingan maʻlumotlarni soxtalashtirish jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni (bayonotni) yashirish maqsadida tekshirish, shuningdek jinoyat ishini bila turib noqonuniy tugatish
va (yoki) gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, - besh muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
etti yilgacha muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan ikki yilgacha muddatga mahrum qilish bilan
uch yil”.
Bizning fikrimizcha, bu holatda jinoiy-huquqiy tartibga solish yanada kengroq maqsadni koʻzlashi kerak: jinoyatlarni roʻyxatga olishdan yashirishning noqonuniy amaliyotiga chek qoʻyish. M. V. Kolesov buni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi ikkita yangi modda bilan: 285.4 (jinoyatni yashirish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash)
(jinoyat toʻgʻrisidagi hisobot) huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi tomonidan qayd etilishidan) va 285.5 (jinoyat haqidagi maʻlumotlarni roʻyxatga olishdan yashirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash). Ikkinchi taklif nazariyaga aniq ziddir va tezkor-qidiruv faoliyati va shuning uchun qabul qilinishi mumkin emas. Kelsak birinchi jumla, bunga loyiqdir diqqat. Darhaqiqat, bizning fikrimizcha,
yashirganlik uchun maxsus jinoiy javobgarlikni belgilash gʻoyasini maʻqullash
Sanʻat dispozitsiyasining nashri emas, balki buxgalteriya hisobi boʻyicha jinoyatlar. 285.4, protsessualist M. V. Kolesov tomonidan tuzilgan. Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksida Ch. 17 "Jinoiy huquqbuzarliklar adolatga va jazolarni ijro etish tartibiga qarshi" moddasini oʻz ichiga oladi. 433-sonli "Jinoiy huquqbuzarlik boshpanasi" quyidagi tahrirda bayon etilsin: "bir. Jinoyatchini qasddan yashirish
kichik huquqbuzarlik yoki jinoyat yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan roʻyxatga olishdan oʻrtacha ogʻirlik shaxsga nisbatan aldash, ishontirish, tahdid qilish yoki boshqa noqonuniy harakatlar bilan; kim shikoyat yoki xabar bergan muayyan tayyorgarlik yoki mukammal haqida jinoiy huquqbuzarlik yoki
har qanday boshqa tomonidan yoʻq qilish yoki yashirish koʻrsatilgan shaxsga murojaat qilish usuligacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi. ikki ming oylik hisob-kitob koʻrsatkichlari yoki bir xilda tuzatuvchi mehnat miqdori, yoki muayyan muddatga erkinlikni cheklash ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki buning uchun uch yilgacha muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish bilan bir xil muddat.
Boshpanaga olib kelgan xuddi shunday qilmish ogʻir jinoyat, besh ming oylik hisob-kitob koʻrsatkichigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi yoki bir xilda tuzatuvchi mehnat miqdori, yoki muayyan muddatga erkinlikni cheklash besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki buning uchun besh yilgacha muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish bilan bir xil muddat.
Qismlarda nazarda tutilgan aktlar ushbu maqolaning birinchi yoki ikkinchisi:
1) alohida qabrning boshpanasiga olib keldi jinoyatlar yoki ogʻir oqibatlar;
2) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, -
ozodlikni cheklash bilan jazolanadi uch yildan yetti yilgacha muddatga muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilib, xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
besh yil. 4. Qismlarda nazarda tutilgan aktlar ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlari javobgar davlatni tutuvchi mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa lavozimi, yoki vakolatli davlat organining rahbari yoki
ushbu shaxslarning koʻrsatmalari, uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi
toʻrt yildan oʻn yilgacha muddatga mahrum qilish bilan muayyan lavozimlarni egallash huquqi yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish besh yilgacha.” Bizning fikrimizcha, maqolaning qurilishi keraksiz darajada murakkab, ammo bu holda jinoyat sodir etish faktining oʻzi. tegishli harakat uchun javobgarlik, va bu maqtovga sazovor va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksida amalga oshirish. Jinoyat sodir etish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish va roʻyxatga olishni noqonuniy rad etish, shuningdek vakolatli mansabdor shaxs tomonidan bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi jinoyatlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish, hisobga olish, tekshirish vakolatlari va majburiyatlari organi – jazolanadi.
2. Soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyat ishini qoʻzgʻatishni noqonuniy rad etish Tekshiruv materiallari - jazolanadi...” 285.4-modda taklif etilayotgan tahrirdagi quyidagi faktlar va mulohazalar bilan tasdiqlanadi: - fuqarolarning xizmat vazifalarini bajarish vaqtida sodir etilgan jinoyat toʻgʻrisidagi arizalarini qabul qilishni noqonuniy rad etish huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilishni tashkil etuvchi qismlari; keng tarqalgan;
- yashirishning keng tarqalgan amaliyoti noqonuniy hisob-kitoblar natijasida sodir etilgan jinoyatlar jinoiy ish qoʻzgʻatishni rad etish maʻmuriy taʻsir choralari bilan bostirilishi mumkin; – fuqarolarning murojaat qilish huquqlarini himoya qilish
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilangan davlat organlariga qoʻshimcha ravishda muhim holatlarda kafolat berilishi kerak. komissiya tomonidan qoʻllaniladigan holatlar jinoyatlar; - jinoyatni yashirish motivlari va maqsadlari moddasini dispozitsiyadan chiqarib tashlash buxgalteriya hisobi uning samarali boʻlishiga yordam beradi. Bizning chuqur ishonchimiz komilki, jinoyatlarni roʻyxatga olishdan yashirishning yovuz amaliyotiga barham berish faqat jinoiy javobgarlik tahdidi yordamida mumkin”17.
Jinoyatni yashirish - jinoyat sodir etgan shaxs ustidan adolat o'rnatilishi mumkin bo'lmagan qonunga xilof harakatlar. Bunday harakat uchun Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 316 -moddasi bilan jazo nazarda tutilgan. Jinoyatni qasddan yashirish, agar ba'zi belgilar mavjud bo'lsa, shunday deb tan olinadi: Jinoyatni yashirish, agar qonunga xilof harakatni sodir etgan fuqaro jinoyatchini yashirayotganini va unga ataylab yordam ko'rsatayotganini to'liq bilsa va huquqni muhofaza qilish organlari ishini murakkablashtirsa, shunday deb tan olinadi. Shu bilan birga, huquqbuzarning motivlari muhim emas va sud tomonidan hisobga olinmaydi.
Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish, jinoiy javobgarlik va boshqa jazo turlari nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarga taalluqlidir:

  • pullik jazo, uning miqdori 200 000 rublgacha yoki jinoyatchining 1,5 yilgacha bo'lgan boshqa daromadi;

  • 24 oygacha majburiy mehnat;

  • olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish;

  • 24 oygacha qamoq.

Jinoyatni yashirish uchun javobgarlik 16 yoshga to'lgan, aqli raso fuqaroga yuklatilgan. Agar jinoyat mansabdor shaxs tomonidan yashirilgan bo'lsa, bu holda aybdor Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 316 -moddasi bilan emas, balki Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 33 -moddasi bo'yicha sudda yordamchi sifatida sudlanishi mumkin. jinoyat sodir etish. Biroq, barchasi malakaviy xususiyatlarga bog'liq.

Download 106,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish