Toshkent davlat yuridik universitetining akademik halollik va tadqiqot etikasi kodeksi


Ushbu turdagi huquqiy tadqiqotlarga misollar



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana28.03.2023
Hajmi0,88 Mb.
#922763
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
akademik halollik kodeksi.b6c22008

Ushbu turdagi huquqiy tadqiqotlarga misollar: 
Ebers, M., & Navas, S. (Eds.). (2020). Algorithms and Law. Cambridge: 
Cambridge University Press. doi: 10.1017/9781108347846. Ushbu tadqiqotda 
robotlar, alogoritmlar, sunʼiy intellekt va avtonom qurilmalar va huquqning 
oʻzaro aloqasi, avtonom qurilmalarda avtomatik qaror qabul qilish va uning 
huquqiy oqibatlari texnologik fanlar va huquq nuqtai nazaridan tadqiq etilgan.
Klaus, M., Avishalom T. (2021) Economic Analysis of Law in European 
Legal Scholarship. Springer. 
https://www.springer.com/series/11927
 . Bunda 
huquqning iqtisodiy tahlil huquqiy hamda iqtisodiy nuqtayi nazardan tadqiq 
etilgan. 
Antonio DʼAloia, Maria Chiara Errigo. (2020). Neuroscience and Law. 
Complicated Crossings and New Perspectives. Springer Nature Switzerland AG. 
https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-030-38840-9
 Neyrologiya va 
uning inson xulq-atvoridagi ahamiyati hamda uning huquqiy jihatlarini qamrab 
oluvchi ushbu tadqiqot har ikki fan boʻyicha chuqur va uygʻun tadqiqot 
namunasi boʻla oladi.
 
XIII. Huquqiy tadqiqotlarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari 
115.
 Tadqiqot mavzusini tanlash va shakllantirish. 
Tadqiqot mavzusi 
tadqiqotchining qiziqayotgan huquqiy masaladan kelib chiqib tanlanadi. Lekin 
tadqiqot mavzusini shakllantirishda tadqiqotchini qiziqtirayotgan soha 
doirasida qanday muammolar mavjudligi, tadqiqot chegarasi va maqsadini 
aniqlashtirish muhim hisoblanadi.
 
Masalan, tadqiqotchi tadbirkorlar tomonidan bozorda narxlarni sunʼiy 
tarzda oshirilishi masalasiga qiziqyapti. Qiziqish sohasi aniq, mavzuni 
shakllantirish uchun endi avvalo shu soha doirasidagi muammolarni 
aniqlashtirish kerak.
116. 
Tadqiqot muammosini shakllantirish. 


41 
Tadqiqot muammosi — bu tadqiqotda hal etilishi maqsad qilingan 
maʼlum bir muammo, qiyinchilik, ziddiyat yoki ilmdagi boʻshliq. Tadqiqotda 
islohotlarga hissa qoʻshishni maqsad qilgan amaliy muammolarni yoki 
bilimlarni kengaytirishga qaratilgan nazariy muammolarni tanlash mumkin. 
Baʼzi tadqiqotlar ham nazariy ham amaliy muammolarni qamrab olishi 
mumkin, lekin odatda tadqiqot muammosi ikkalasidan bittasi boʻladi. Tadqiqot 
mavzusi qancha qiziqarli boʻlmasin, bu ilmiy tadqiqotlar uchun yetarlicha asos 
hisoblanmaydi. Tadqiqot muammosi aniq boʻlmasa, tadqiqotchi sayoz va 
boshqarib boʻlmaydigan ilmiy ishga duch kelishi mumkin. Tadqiqotchi uchun 
eng murakkab masala bu tadqiqot muammosini aniqlashtirish hisoblanadi. 
Toʻgʻri va asosli muammo qoʻyilishi butun tadqiqotning sifatiga va dolzarbligiga 
taʼsir koʻrsatadi. Tadqiqotchini qiziqtirayotgan soha ichidagi huquqiy 
muammolarni aniqlash uchun shu soha olimlari, mutaxassislari, amaliyotchilar 
bilan suhbatlashish tavsiya etiladi. Shuningdek, sohaga doir adabiyotlarni 
oʻrganish orqali ham tadqiqot muammosini aniqlash mumkin. Tadqiqot 
muammosini aniqlashtirganda mavzuda toʻliq oʻrganilmagan jihatlariga, 
muhokama yoki tortishuvlarga eʼtibor qarating. Tadqiqotchining asosiy 
maqsadi tadqiqot ishi toʻldirishi mumkin boʻlgan boʻshliqni topishdir. 
Masalan, yuqoridagi misolda keltirilgan masala boʻyicha tadqiqotchi soha 
mutaxassislari bilan suhbatlashib quyidagi muammoni aniqlashtirdi.
Tadqiqot muammosi: Raqobat qonunchilikda narxlarning sunʼiy 
oshirilishi taʼqiqlangan boʻlsa-da, amalda tadbirkorlar tomonidan narxlarning 
sunʼiy oshirilishiga qarshi kurash samarasiz. 
Amaliyotdagi huquqiy muammolar aniqlangandan keyin tadqiqotchi 
ilmiy ishida qaysi savollarga javob bermoqchi ekanligini aniqlashtirishi kerak 
boʻladi.
117.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish