TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
MA’MURIY VA MOLIYA HUQUQI KAFEDRASI
Tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan
“Bilimlar bellashuvi”
onlayn tanlovining ssenariysi.
Tanlov haqida: “Bilimlar bellashuvi” onlayn tanlovi Toshkent davlat yuridik universitetining ilmga chanqoq talabalari o‘rtasida Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi tomonidan o‘tiladigan “Ma’muriy huquq” va “Ma’muriy sud ish yurituvi” modullari doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Bilimlar bellashuvi” onlayn tanlovining o‘tkazilish rejasi
Ma’muriy bilimlar savodxonligini yanada oshirishga qaratilgan mazkur tanlovning asosiy maqsadi talabalarda Ma’muriy huquq va Ma’muriy sud ish yurituvi modullari yuzasidan chuqurroq bilimga ega bo‘lish va muammoli vaziyatlarni qonuniy, to‘g‘ri asosli taxlil etish hamda huquq normalarini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Tanlov ikkita yo‘nalishda olib boriladi. Birinchisi Ma’muriy huquq moduli doirasida(bunda asosan universitet ikkinchi bosqichi talabalarining ishtiroki nazarda tutilgan) va ikkinchisi Ma’muriy sud ish yurituvi moduli (bunda asosan universitet ikkinchi bosqichi talabalarining ishtiroki nazarda tutilgan)doirasida tashkillashtiriladi.
Tanlov bosqichlari
Tanlov 3 bosqichda:
Onlayn test(quiz testi shaklida);
Muammoli vaziyat(case-kazus)taxlili;
Tezkor savol-javob o‘tkaziladi.
Onlayn test(quiz test)i
Mazur bosqichda talabalarga Telegram tarmog‘ining “Quiz” xizmati orqali tuzilgan 30 ta test taqdim etiladi. Ushbu testlarning murakablik darajasi normativ-huquqiy hujjatlar, nazariy manbaalar va amaliy hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Test natijalariga binoan 15 nafar yuqori ball to‘plagan talaba keyingi bosqichga o‘tgan sanaladi.
Muammoli vaziyat(case-kazus)taxlili
Mazkur bosqichda ishtirokchilarga ularga mos ravishda 15 ta murakkab bo‘lmagan muammoli vaziyat(case) taqdim etiladi. Ixtiyoriy tanlov asosida o‘zlariga raqam tanlash orqali qaysi muamoli vaziyatning huquqiy taxlilini olib borishlarini belgilab oladilar.
Talabalarga vaziyating huquqiy taxlilini amalga oshirishlari uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi, agar vaqt yetmasa, 1 daqiqa qo‘shimcha vaqt beriladi.
Ushbu bosqichda ishtirok etgan 15 talabadan aniq, huquqiy asosli va to‘g‘ri taxlil amalga oshirgan 5 nafar talaba so‘nggi bosqichga o‘tgan hisoblanadi.
Savol-javob bosqichi
Savol-javob bosqichigacha yetib kelgan 5 nafar ishtirokchiga
ketma-ketlik bilan 5 tadan tezkor savollar taqdim etiladi. Savollarning qiyinlik darajasi qisman yengilligini inobatga olgan holda savollarga tezkor javob berish talab etiladi.
Savol-javob natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 ishtirokchi sovrindor deb topiladi. Ballari o‘zaro teng kelib qolgan ishtirokchilarga qo‘shimcha savollar berib, g‘olib aniqlanadi.
Sovrindorlarga kafedraning estalik sovg‘alari va diplomlar taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |