Nazorat uchun savollar.
1. Xalqaro jinoyat sudini tuzish to'g'risidagi shartnomaga imzo
chekmagan davlat yoki uning fuqarolari ustidan qanday holatlarda ish
ko'rishi mumkin?
2. BMT Xalqaro Sudi qanday nizolarni ko'rib chiqadi? Kelib chiqqan
nizo yuzasidan qabul qilingan qarorlarning yurirdik kuchi qanday?
3. Xalqaro iqtisodiy nizolarni hal qilish bo'yicha organlar alohida
xalqaro tashkilot maqomiga egami?
Mavzuga oid kazuslar:
1. Barselona Trakion (Barselona Trakion, Light va Pover
Compayn, Limited), Toronto (Kanada) 1911 yilda tashkil topgan. Ushbu
kompaniya Kataloniyada (Ispaniya) energiya tarmoqlarini yo'lga qo'yish
va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Barselona Trakion Ispaniya
va Kanadada bir necha filiallar tashkil etgan. 1936 yilda Kompaniya
Kataloniyaning elektr ehtiyojlarini katta qismini qondirar edi. Barselona
Trakion aktsiyalarining eng katta qismi Belgiyafuqarolariga tegishli.
1948 yilda Barselona Trakion kompaniyasining uch kreditorlari bankrot
jarayonini boshladi. Ispaniya sudi kompaniyaning bir qator mansabdor
shaxslarini chetlatish va ularning o'rniga Ispaniya fuqarolarini lavozimga
tayinlash haqida qaror qabul qildi.
Bir necha vaqt o'tgach, xuddi shunday chora-tadbirlar filiallarga
nisbatan ham amalga oshirildi.Bir qancha vaqt o'tganidan so'ng,
Barselona Trakion va uning filiallari alohida tartibda Ispaniya sudlariga
murojaat qilib, Ispaniya hukumati tomonidan ko'rilayotgan chora-
186
tadbirlarga qarshi shikoyat qilgan.Ishi bo'yicha umumiy 2736 holatlar,
494 qaror va 37 ajrimlar qabul e'lon qilindi.
Kanada va Belgiya hukumatlari bir necha bor ushbu kompaniyani
himoya qilish maqsadida ispan organlariga murojaat qilgan.
Oxir oqibatda, BelgiyaBMTning Xalqaro Sudiga murojaat qildi.
Savol: Belgiya Barselona Trakion kompaniyasini diplomatik
himoyasini ta'minlash huquqiga egami? Sizning fikringizcha Sud qanday
qaror qabul qilishi kerak? Javobingizni asoslang. Vaziyatga huquqiy
baho bering.
2. NATOning Yugaslaviyaga qarshi harbiy harakatlari, 1999
yilning 24 martidan 10 iyungacha davom etdi. Ushbu operatsiyada,
Al`yansga a'zo 19 ta davlatning xarbiy kuchlari ishtirok etdi.Qo'shinning
asosiy qismini AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning
xarbiy-xavo (400 ta samalyot) va xarbiy-dengiz kuchlari tashkil etdi. 79
kun davomida Yugoslaviyaga umumiy og'irligi 27 ming tonna bo'lgan
14 mingta bomba tashlandi. Yugoslaviyaning iqtisodiy ko'rgan zarari
100 mlrd AQSH dollarini tashki etdi.
Savol:
Yugoslaviya fuqarosi bo'lgan shaxs, Yugoslaviyani Inson
huquqlari bo'yicha Yevropa konvensiyasiga a'zo emasligini bilgan
holda, NATOning harakatlari yuzasidan inson huquqlari bo'yicha
Yevropa sudiga murojaat qilishga haqlimi? NATOning harakatlari
xalqaro huquq prinsplarini buzish hisoblanadimi? Agar buzish deb
hisoblansa, aynan qaysi prinsplar buzilgan?.
3. Chet el tashkiloti O'zbekiston Republikasiga ma'lum bir
tovarlarni ishlab chiqarish zavodini qurish uchun katta miqdorda
investitsiya olib kirdi. Zavodga ma'lum bir imtiyozlar berildi, biroq
oradan ko'p o'tmay mazkur imtiyozlar bekor qilingan. Imtiyozlar bekor
qilinishi oqibatida investor katta miqdorda ziyon ko'radi, u ishlab
chiqarayotgan tovarlar narhi oshishiga va narh jihatdan raqobat
bardoshliligini yo'qotadi va tashkilot bankrot bo'ladi. Natijada investor
MTSUISga (Vashington sh.) murojaat qilib, investitsiya sifatida
O'zbekistonga olib kirgan pul summasini qaytarib olib berishni talab
qiladi.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |