Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Nizoni ko`rish bosqichlari: 

I bosqich. 
Konsultatsiyalar berish. Nizoni o`zaro kelishish 
orqali ikki tomonlama maslahatlashuvga erishish. Bu 60 kunlik 
muddatda ko`rilib hal qilingan. Bu odatda diplomatik aloqalar orqali, 
ya`ni davlat vakillari uchrashuvi shaklida bo`lgan. Davlatning Tashqi 
Ishlar, Savdo Vazirliklari, yoki savdo siyosati uchun mas’ul bo`lgan 
boshqa shaxslar tomonidan aynan qanday masala yuzasidan nizo kelib 
chiqqanligi tushuntiriladi va bu jarayonga ekspert guruhlari ham jalb 
qilinishi mumkin. 

II bosqich. 
Konsultatsiyalar natija bermagan taqdirda, qaysidir 
bir tarafdan shikoyat kelib tushsa hakamlik sudi tomonidan ko`riladi. 
Hakamlik sudlari tomonidan tashkil etish haqidagi qaror qabul qilingan 
kundan boshlab 30 kunlik muddatda hakamlik tayinlanadi. JST 
Kotibiyati tomonidan taqdim etilgan ro`yhat asosida uchta arbitrlar 
tanlanadi. Agar qiyinchiliklar bo`lgan taqdirda, bosh director tomonidan 
tayinlanadi. Arbitrlarni tayinlashda hukumatlarning ko`rsatmalari 
inobatga olinmaydi. Arbitrlar tomonidan yakuniy xulosa 6 oyda beriladi.


182 
III bosqich. Apellatsiya organi. 

Nizolarni hal etuvchi organ tomonidan tashkil etilgan doimiy 
apellyatsiya organi tomonidan ishning hal qilinishi yuqoridagi holatlarda 
ham hal qilinmagan hollarda o`z faoliyatini yuritadi.

Apellatsiya organi yetti kishidan iborat tarkibdagi to`rt yilga 
tayinlangan shaxslar tomonidan ko`riladi. U xulosaning bekor qilishi 
mumkin. Qoida tariqasida, apellyatsiya uchun ruxsat davri 60 kun 
(istisno hollarda to`qson kun)dan oshmasligi lozim. Organ faoliyatidagi 
qarorlar chiqarish yo`li bilan hal qilinishini kelishuvchi tomonlar 
tomonidan ma`qullangan. 
Ko'rsatilgan mexanizmni yaratishda asos etib, GATT da mavjud 
bo'lgan nizolarni hal etish mexanizmi olingan edi. GATT—1947 XXII-
mod. ahdlashayotgan taraflarning GATT amal qilishi bilan bog'liq har 
qanday 
masalalar 
bo'yicha 
maslahatlashuvlari 
ko'zda 
tutilgan. 
Keyinchalik, GATT ishtirokchi davlatlarning izchil kelishuvlari 
natijasida, asta-sekin davlatlararo nizolarni GATT doirasida hal 
etishning tartibi va taomillari shakllandi. GATT nizolarni hal etish 
mexanizmi bir qator jiddiy kamchiliklarga ega bo'lib, ko'p marotaba 
tanqidga uchragan. 
Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy nizolarni JSTda hal etish 
mexanizmi, GATT ijobiy va salbiy tajribasini hisobga olgan holda, 
muzokaralarning Urugvay raundi jarayonida ishlab chiqilgan Nizolarni 
hal qilish haqidagi Ahdlashuviga asoslanadi. Mazkur Ahdlashuvga ko'ra, 
JSTning eng asosiy organlaridan biri bo'lib, «uning Bosh kengashi 
tomonidan tashkil etiladigan Nizolarni hal etish bo'yicha komissiya 
hisoblanadi, uning vazifalariga, jumladan quyidagilar kiradi: konkret 
nizolarni ko'rib chiqish uchun jyurini va doimiy apellyatsiya 
komissiyasini tuzish, jyuri va apellyatsiya komissiyasi ma'ruzalarini
ma'qullash; qaror va tavsiyalar ijrosi ustidan nazorat qilish, shuningdek 
tavsiyalar ijro etilmagan taqdirda repressiv choralarga sanktsiya berish». 
XVF va MBRR doirasida amal qiladigan nizolarni hal qilish 
mexanizmlari, ko'p jixatdan o'xshash, ammo ayrim tafovutlari ham 
mavjud. XVF Kelishuv moddalari 29-mod. “a” bandiga ko'ra, nizo 
Ijroiya kengashda ko'rib chiqish uchun kiritiladi, u yerda nizo bo'yicha 


183 
qaror ovozlarning oddiy ko'pchiligi bilan qabul qiinadi (XVF Kelishuv 
moddalari 5-bo'limi 12-mod.). Ushbu qaror qabul qilinganidan so'ng uch 
oy ichida XVFga a'zo davlat masalani Boshqaruvchilar Kengashiga 
o'tkazishni talab etishi mumkin, ushbu organ qoshida Boshqaruvchilar 
Kengashi sharhlash bo'yicha qo'mitasi faoliyat yuritadi. Boshqaruvchilar 
Kengashi 85% ovoz olgan ko'pchilik qarori bilan boshqacha qaror qabul 
qilmasa, ko'rsatilgan qo'mita qarorlari o'z o'zidan ushbu Kengash 
qaroriga 
aylanadi. 
Shunisi 
ham 
diqqatga 
sazovorki, 
XVF 
Boshqaruvchilar Kengashi qarori chiqarilguniga qadar Ijroiya Kengash 
qaroriga tayanishi mumkin, amalda, bu Ijroiya Kengash qarori o'z 
kuchiga darhol kirishini anglatadi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish