Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Ko'p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlik



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Ko'p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlik 
(KSKA).
1998 
yil 
investorlar 
va 
kreditorlarni 
siyosiy 
tavakkalchiliklardan sug'urtalash (kafolatlar taqdim etish) orqali 
rivojlanayotgan davlatlarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb 
qilish uchun tashkil etilgan. Agentlik BMTning 1985yil11 oktyabrdagi 
“Investitsiya kafolatlari bo’yicha ko'p tomonlama agentlikni ta'sis etish 
to'g'risida”gi konvensiyasiga (Suel konvensiyasi) muvofiq tuzilgan. 
1985 yilgi Seul konvensiyasi ilk bor xalqaro huquq subrogatsiyasi 
tushunchasi, unifikatsiyalangan tushunchalarni joriy qildi va ularning 
mazmun-mohiyatini ochib berdi.
Agentlikka RRXBning barcha a'zolari a'zo bo'lishi mumkin. 
Dunyoning 180 davlati, shu jumladan O'zbekiston 1992 yildan KSKA 
a'zosi hisoblanadi. 
KSKA to'liq yuridik shaxs bo'lib, shartnomalar tuzish, ko'chadigan 
va ko'chmas mulk xarid qilish yoki sotish, sud ishi qo'zg'atish huquqiga 
ega. 
Agentlikning vazifasi ishlab chiqarish maqsadida investitsiyalar 
oqimini a'zo mamlakatlar o'rtasida, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda 
rag'batlantirish va shu tariqa Rekonstruktsiyalash va rivojlanish xalqaro 
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xalqaro rivojlanish 
moliya muassasalari faoliyatini to'ldirishdan iborat.
Ko'p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlik: 
- kafolatlar taqdim etadi, jumladan, biron-bir a'zo davlatga boshqa 
a'zo davlatdan jalb qilinadigan investitsiyalarga
nisbatan tijorat tavakkalchiliklaridan birgalikda va takroriy 
sug'urtalaydi; 


115 
- rivojlanayotgan a'zo davlatlarda va ular o'rtasida investitsiyalar 
oqimiga ko'maklashish bo’yicha tegishli qo'shimcha faoliyat yuritadi;
- ushbu maqsadga erishish uchun talab etiladigan boshqa 
qo'shimcha vakolatlardan foydalanadi. 
Investor va kreditorlar bugungi jadal investitsiya muhitida 
rivojlanayotgan bozorlarga investitsiya sarflashdan foyda olish 
mumkinligini yaxshi tushunadi. Shuningdek, ular bunday bozorlarda 
investitsiyalar sababli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan siyosiy 
tavakkalchiliklarni hal etish muhimligini ham anglaydi. KSKA investor 
va kreditolarga tegishli loyihalarni zarar ko'rishdan sug'urtalash 
yordamida bunday tavakkachiliklarni hal etishga ko'maklashadi. 
KSKA siyosiy tavakkalchiliklarni sug'urtalash, xususiy investor va 
kreditorlarga kafolatlar berish orqali investitsiyalarni tijorat bilan bog'liq 
bo'lmagan tavakkalchiliklardan himoya qiladi va investorlarga moliya 
sharoitlari yaxshilangan moliyalashtirish manbalaridan foydalanishga 
yordam beradi. 
Agentlik kafolat ta'siriga tushadigan kapital qo'Yillmalarni 
quyidagi tavakkalchiliklar natijasida zarar ko'rilganda kafolatlashi 
mumkin: 
• valyutani o'tkazish – qabul qiluvchi hukumat tashabbusi bilan 
qabul qiluvchi mamlakat tashaqarisiga uning valyutasini erkin 
foydalaniladigan valyutaga o'tkazish bo’yicha har qanday cheklovlar 
tjoriy qilinganda; 
• ekspropriatsiya yoki shunga o'xshash choralar – qabul qiluvchi 
hukumat tomonidan amalga oshiriladigan har qanday qonuniy yoki 
ma'muriy xatti-harakatlar yoxud harakatsizlik natijasida kafolat egasi o'z 
kapitaliga egalik qilish, uni nazorat qilish yoki bunday kapital 
qo'Yillmadan foyda olish huquqidan mahrum etilganda; 
• shartnomani buzish — qabul qiluvchi hukumatning kafolat egasi 
bilan shartnomani asossiz rad etishi yoki kafolat egasi sud yoki arbitraj 
va boshqa organlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lmagan 
holatlarda bunday shartnomani buzsa; 
• urush va fuqarolar tartibsizligi – qabul qiluvchi mamlakatning 
har qanday hududida harbi harakatlar yoki fuqarolar tartibsizligi 
(qarang. Seul konvensiyasining 11-moddasi, 1985). 
KSKAning huquqiy maqomi o'ziga xosdir. Bir tomondan, ushbu 
xalqaro nohukumat tashkiloti xalqaro huquq subyektiga xos bo'lgan 
huquqiy subyektivlik, imtiyoz va daxlsizlik huquqlariga ega. Masalan, 
KSKA unga nisbatan a'zo davlatlar yoki ular nomidan qo'zg'atilgan 


116 
da'vo arizalariga qarshi, shuningdek, xodimlar masalasi bo’yicha sudda 
daxlsizlik huquqiga, uning mulki esa da'vo arizasini oldindan 
ta'minlashdan daxlsizlik huquqiga egadir. KSKA aktivlari u yoki bu 
davlatning ijro yoxud qonunchilik organlari qaroriga binoan rekvizitsiya, 
ya'ni davlat ixtiyoriga o'tkazilishi, musodara va ekspropriatsiya qilinishi 
yoki boshqa biron-bir shaklda xatlovga olinishi mumkin emas. Uning 
arxivlari daxlsiz bo'lib, mulki, daromad va operatsiyalari har qanday 
soliq va bojxona bojlaridan ozod etiladi. KSKA yuqori mansabdor 
shaxslarining daxlsizlik huquqi diplomatik huquqqa tenglashtirilgan.
Shu bilan birga, KSKAning asosiy faoliyati — investitsiyalarni 
siyosiy tavakkalchiliklardan surg'urtalash faqat tijorat xususiyatga ega. 
Shu bois u tijorat tashkilotiga xos bo'lgan jihatlarga ega. Avvalo, bu 
aktsiyadorlik kapitaliga egalikni ifoda etadi. KSKA o'zining sug'urta 
majburiyatlariga ko'ra, sug'urta qildiruvchi oldida mustaqil mulkiy 
javobgar bo'ladi. Shuning uchun u xalqaro tashkilot sifatida o'z 
vazifalari va sug'urta operatsiyalari bilan shug'ullanadigan muassasa 
sifatida moliyaviy barqarorligi o'rtasidagi muvozanatni hamisha saqlashi 
lozim.
KSKA tomonidan taklif etilayotgan sug'urta xalqaro huquq 
tizimining sug'urta shartnomasi tashkil qiladi. KSKA (sug'urtalovchi, 
subrogat) va xorijiy investor (sug'urta qildiruvchi, kafolat egasi) ushbu 
shartnoma tomonlari hisoblanadi. KSKA xalqaro huquqiy subyektivlik 
maqomiga ega bo'lsada, odatda yuridik shaxs bo'lgan xorijiy investorga 
nisbatan sug'urta kompaniyasi hisoblanadi. Tuzilgan shartnomaga 
muvofiq bir tomon - Ko'p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi
agentlik boshqa tomon – kafolatlar egasiga shartnomada qayd etilgan 
holatlardan biri yuzaga kelishi oqibatida paydo bo'lgan va kafolat 
egasiga yetkazilgan zarar miqdorining odatda foizini tashkil qiladigan 
shartnomada belgilangan mablag'ni to'lashga majbur. Kafolatlar egasi, 
o'z navbatida, KSKA bilan tuzilgan shartnomaga binoan har yili 
shartnomada belgilanadigan kafolat summasining foizi miqdorida 
sug'urta badali to'lashni zimmasiga oladi. 
Seul konvensiyasi bo’yicha xalqaro huquq subrogatsiyasi huquqi 
fuqaro huquqidagi subrogatsiyadan uch jihat bilan farqlanadi: 
- birinchidan, xorijiy investor (sug'urta qildiruvchi) huquq va 
majburiyatlari sug'rtalovchi — KSKA o'tadi; 
- ikkinchidan, xorijiy xususiy investorlar ishtirokidagi barcha 
munosabatlarni 
o'z 
ichiga 
oladigan 
shaxsiy-huquqiy 
sohadagi 


117 
munosabatlar xalqaro huquqning ikkisubyekti (xalqaro tashkilot va 
retsipient-davlat» tomonlari bo'lgan xalqaro-huquq sohasiga o'tadi; 
- uchinchidan, xalqaro shartnomaning mavjudligi xalqaro-huquq 
subrogatsiyasining majburiy sharti hisoblanadi
64
.
Xorijiy 
investorning 
rivojlanayotgan 
davlatda 
investitsiya 
faoliyatini yuritish uchun MIGA kafolatini olish imkoniyati bevosita 
mazkur davlatning roziligiga bog'liq. Seul konvensiyasining 15-
moddasiga binoan «Agentlik qabul qiluvchi hukumat Agentlik 
tomonidan tavakkachilikni qoplash uchun taqdim etilgan kafolatlarni 
tasdiqlamasdan kafolat to'g'risida hech qanday shartnoma tuzmaydi». 
KSKA oliy organi bo'lgan Boshqaruvchilar kengashi har 
tomonlama vakolatlarga ega. Boshqaruvchilar kengashi tomonidan 
taYilnlanadigan direktor Agentlikning joriy faoliyati bilan shug'ullanadi. 
KSKA prezidenti RRXB taqdimotiga binoan Direktor tomonidan 
taYilnlanadi va Direktorning umumiy rahbarligida joriy ishlarni amalga 
oshiradi. 
Agentlikka a'zo 180 davlatni ifoda etadigan Boshqaruvchilar 
kengashi va Direktorlar kengashi MIGA faoliyatiga va uning dasturlari 
amalga oshirilishiga rahbarlik qiladi. Har bir davlat bitta boshqaruvchi 
va uning o'rinbosarini taYilnlaydi. Boshqaruvchilar kengashi MIGA 
korporativ vakolatlariga ega bo'lib, ushbu vakolatlarning asosiy qismini 
25 kishidan iborat Direktorlar kengashiga o'tkazadi. Direktorlar kengashi 
Jahon banki Guruhining Vashingtonda joylashgan bosh qarorgohida 
muntazam o'tkazadigan majlislarida investitsiya loyihalari ko'rib 
chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi. Bundan tashqari, 
Direktorlar kengashi tashkilot siyosatini nazorat qilib 
boradi (qarang. 
KSKA yillik hisoboti.2014. www.miga.org). 
BMT ixtisoslashtirilgan muassasalarining BMT asosiy organlari 
bilan aloqasi 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish