99
Mulkdor huquqlarining ustuvorligi
Tadbirkorlik chet ellik fuqarolar hamda
yuridik shaxslarning mol-
mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida ham amalga oshiriladi. Mol-
mulkdan foydalanish, uni tasarruf etish, uning asosida tadbirkorlik yuritish
haqidagi Oʻzbekiston fuqarolariga tegishli qoidalar xorijiy fuqarolarga
ham taalluqlidir.
Ushbu huquqdan foydalanib, zarur sarmoyaga ega bo‘lgan ajnabiy
davlat fuqarolari o‘zaro manfaatdorlik asosida qo‘shma
korxonalar yoki
faqat o‘zlariga tegishli bo‘lgan korxonalarni imtiyozli ravishda tashkil
etishlariga imkon beriladi. Bunda ularning mol-mulklari va
mulkiy
huquqlari, manfaatlari qonun bilan qo‘riqlanadi va daxlsizligi to‘la
kafolatlanadi. Xorijiy fuqarolar respublika hududida tadbirkorlik natijasida
orttirgan mol-mulkni o‘z xohishi bilan meros qilib qoldirishlari, xayr-
ehson qilishlari yoki o‘zlariga tegishli daromadlarni Oʻzbekistondan erkin
olib ketishlari qonun bilan kafolatlanadi.
Mulkdorning davlat organlari bilan o‘zaro
munosabatlarida mulkdor
huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonun
hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga
keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar
mulkdorning foydasiga talqin etiladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining
davlat organlari, shu
jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar,
banklar bilan o‘zaro munosabatlarida
tadbirkorlik faoliyati
subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga
muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib
bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati
subyektining foydasiga talqin etiladi.
100
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning
15-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining o‘z
mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi
mumkin.
Tadbirkorlik
subyektlarining
tadbirkorlik
faoliyatini
amalga
oshirishiga asos va vosita bo‘lgan mol-mulk, shu jumladan, mulkiy
huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning
belgilanishi, o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi bilan bog‘liq oldi-sotdi,
garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin.
Tadbirkor faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk asosidagina emas,
balki davlat va jamoat tashkilotlarining
mol-mulki hamda pul
mablag‘larini jalb etish asosida ham o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Bunday jalb etish asosan mol-mulkni ijaraga olish yoki pul mablag‘larini
qarzga olish usullarida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari, yerosti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida
tabiiy obyektlar, korxonalar
va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar,
uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida o‘zining tabiiy
xususiyatlarini yo‘qotmaydigan boshqa ashyo (isteʼmol qilinmaydigan ashyo)lar
mulk ijarasiga berilishi mumkin (O‘zR Fuqarolik kodeksining 537-moddasi).
Ijaraga oluvchilar fuqarolardan,
yuridik shaxslardan, jumladan,
qo‘shma korxonalar, xalqaro tashkilotlar va birlashmalar, Oʻzbekiston va
chet el yuridik shaxslarining mulklari asosida tashkil topgan korxona va
tashkilotlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ular foyda olish maqsadida barcha
iqtisodiy imkoniyatlarni jalb qiladi, unumli natijalarga erishish uchun faol
tashabbus ko‘rsatib, harakat qiladi.
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga koʻra
oilaviy korxonaning mol-mulki:
Do'stlaringiz bilan baham: