Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

 
 
 
 
9.4. Investitsiya obyektlari va loyihalari 
Investitsiya huquqida investitsiya faoliyati obyektlari hamda resurslari 
investitsiya faoliyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya 


221 
faoliyati obyektlari chegarasi keng sanaladi. Investitsiya faoliyati 
obyektlari sirasiga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati 
va boshqa turdagi faoliyat obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir. 
Ammo barcha faoliyatlar ham investitsiya obyektlari qatoriga mansub 
emas. Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot 
vositalari to‘g‘risida”gi qonunining 8-moddasiga muvofiq ustav fondida 
chet el investitsiyalarining ulushi o‘ttiz va undan ortiq foizni tashkil etgan 
yuridik shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari ta’sis etilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan 
sanitariya gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik 
talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy 
shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini 
buzadigan obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi. 
Investitsiya resurslari esa, o‘z navbatida, quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, 
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; 
ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va 
boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga bo‘lgan huquqlar; 
intellektual mulk obyektlari, shu jumladan texnikaviy hujjatlar tarzida 
tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar, u yoki 
bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar 
va ishlab chiqarish tajribasi majmuyi, nou-xau; 
yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolarga, inshootlarga
uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk 
huquqidan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar. 
Investitsiya 
resurslariga qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa 
qimmatliklar ham kiritilishi mumkin. 
Investitsiya 
loyihasi 
investitsiyalarni 
amalga 
oshirishda 
va 
muvafaqqiyatli bo‘lishi uchun muhim. Investitsiya loyihasi – bu iqtisodiy, 
ijtimoiy naf va boshqa yo‘sindagi naf olish uchun investitsiyalarni amalga 
oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar 
kompleksi yoki alohida tadbirdir. 
Investitsiya loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
• loyihalashtirishga texnik topshiriqni ishlab chiqish; 
• investitsiya loyihasining loyihalovchisini aniqlash; 


222 
• loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; 
• investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlarni amalga 
oshirish texnologiyalarini, uskunalarini va uslublarini aniqlash; 
• moliyalashtirish manbalarini aniqlash; 
• investitsiya faoliyati ishtirokchilarini aniqlash; 
• investitsiya faoliyati ishtirokchilari va qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa organlar bilan birgalikda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini 
ekspertizadan o‘tkazish hamda kelishib olish, shu jumladan investitsiya 
loyihasining moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik foydasini baholash; 
• investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul 
qilish; 
• loyihaoldi va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarga
shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq 
uskunalarni yetkazib beruvchini aniqlash va pudratchi tashkilotni tanlash; 
• investor va investitsiya faoliyati ishtirokchilari tomonidan 
investitsiya loyihasi boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar hamda 
erishilgan kelishuvlarni bajarish, shu jumladan moliyalashtirishni amalga 
oshirish, uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish hamda ishga tushirish-
sozlash, qurilish va montaj ishlarini bajarish, investitsiya loyihasini 
ro‘yobga chiqarishdan olingan foydani taqsimlash; 
• investor va investitsiya faoliyati ishtirokchilari hamda qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa organlar tomonidan investitsiya 
loyihasi ro‘yobga chiqarilishining borishi yuzasidan monitoringni amalga 
oshirish. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi
PQ–3550-son qaroriga ilova 
“Investitsiyaviy va infratuzilmaviy 
loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks 
ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom 
investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha 
hujjatlarini hamda ularni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni ishlab 
chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi 
Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi 
DUK loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, shuningdek, mahsulotni taqsimlash 
to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan, moliyalashtirish 
manbalaridan qatʼi nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish yoki 
qayta ishlashni nazarda tutadigan investitsiyaviy va infratuzilmaviy 


223 
loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun 
texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi. 
Shuningdek, markaz quyidagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy 
loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini eksperizadan o‘tkazadi: 
• ekvivalenti 100 ming AQSH dollaridan oshadigan summadagi; 
• strategik 
xarid 
qiluvchi 
tomonidan, 
shuningdek, 
ustav 
jamg‘armasida (ustav kapitalida) strategik xarid qiluvchi ulushi bo‘lgan 
tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan 50 ming AQSH dollariga teng 
bo‘lgan miqdordan ortiq bo‘lgan miqdordagi tovarlarni (ishlar, 
xizmatlarni) davlat tomonidan xarid qilish uchun texnik vazifalarni 
kompleks ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshiradi; 
• strategik xarid qiluvchi bilan, shuningdek, ustav jamg‘armasida 
(ustav kapitalida) strategik xarid qiluvchining ulushi bo‘lgan tashkilotlar 
bilan tuziladigan 50 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan miqdordan ortiq 
bo‘lgan miqdordagi barcha kontraktlarni; 
• budjet tizimi budjetlari, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish
davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi, Oʻzbekiston 
Respublikasi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek, davlat maqsadli 
jamg‘armalari mablag‘lari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, 
xalqaro, hukumatga doir bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el 
tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalari doirasida taqdim etiladigan 
chet el grantlari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki Oʻzbekiston 
Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari (qarzlari) 
(bundan tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlar 
mustasno) hisobidan davlat organlari, budjet tashkilotlari, xarid
tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan budjet 
mablag‘larini oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek, 
ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdordagi 
davlat ulushi bilan ishtirok etuvchi davlat korxonalari va yuridik shaxslar, 
ustav jamg‘armasining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 
foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli 
bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar bilan 
tuziladigan ekvivalenti 100 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan miqdordan 
ortiq bo‘lgan summadagi import kontraktlarini; 
• Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlariga 
kiritilgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston 


224 
Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan amalga oshiriladigan 
loyihalarni ro‘yobga chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini 
amalga oshirishda tuziladigan 100 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 
miqdordan ortiq bo‘lgan summadagi import kontraktlarini ekspertizadan 
o‘tkazadi va roʻyxatga oladi. 
Kiritilayotgan investitsiya quyidagi talablarga javob berishi lozim:
qonuniy bo‘lishi;
investitsiya jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlar hisobidan amalga 
oshirmasligi;
“pul yuvish” holatlari uchramasligi; 
investitsiya iqtisodiy, ijtimoiy va foydali maqsadlar uchun 
yo‘naltirilganligi;
davlatning iqtisodiy, mudofaa qobiliyatiga hamda xavfsizligiga putur 
yetkazmasligi lozim. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish