60
Kichik tadbirkorlik subyektlari va mikrofirmalar
2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-son yangi tahrirdagi qonunning
5-moddasida
kichik tadbirkorlik subyektlariga ham to‘liq izoh
berilgan bo‘lib, unga ko‘ra kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
1)
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2)
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining
o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi
va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
boshqa tarmoqlardagi, band
bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji,
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan
xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan
mikrofirmalar;
3)
quyidagi tarmoqlardagi:
–
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi,
metalga ishlov berish va
asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati, qurilish materiallari sanoati,
shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa sanoat-ishlab
chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni
ko‘pi bilan 200 kishi;
–
mashinasozlik,
metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish
hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish
sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi
bilan
ellik kishi;
–
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish
sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy
ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
boshqa
sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan
yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
61
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
Bunda
o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi
boshqa shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarning,
shuningdek, unitar (sho‘ba)
korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda
ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli)
yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko‘p
bo‘lgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga
kiradi.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha
yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda xodimlar sonini oshirib yuborishga
yo‘l qo‘yilgan davr uchun ular qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan
imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi.
Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: