255
“Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini
to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
22-maydagi
PQ–2985-son
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini
to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish
to‘g‘risidagi qarori o‘z kuchini yo‘qotadi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab:
moliya-xo‘jalik
faoliyatini
amalga
oshirmayotgan
va
(yoki)
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini
shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus
hududiy komissiyalarni tugatiladi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav
fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi
uchun tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini bekor qilinadi;
davlat organlari o‘rtasida elektron axborot
almashinuvini joriy etish
orqali tadbirkorlik subyektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va
tartib-taomillarni qisqartiriladi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab:
a) tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda
korxonalar) ixtiyoriy tugatishda:
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi
to‘g‘risida eʼlonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli maʼlumotlar
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik
faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan
korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan, tugatiladigan
korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi
uch yilni tashkil etadi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish
uchun vakolatli davlat
organlaridan
korxona
to‘g‘risidagi
mavjud maʼlumotlarni olish
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga
qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;
korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida
xabardor qilingan kundan
boshlab olti oydan oshmasligi kerak;
256
b) tadbirkorlik subyektlari – jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatishda
ariza beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organining soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasini
olish talab etilmaydi;
d) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirmayotgan korxonalarni
tugatishda:
korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb
hisoblash uchun asos bo‘ladigan muddat to‘qqiz oyni tashkil etadi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat
soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi
organ tomonidan uch yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi;
harakatsiz rejimga o‘tkazilgan korxonalar
faoliyati uch yil davomida
tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ularni Tadbirkorlik
subyektlarining Yagona davlat reyestridan chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: