Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

E‘tibor 
qarating! 
 
Fermer  xo’jaliklariga  yer  uchastkalarini  ijaraga  berish  bo‘yicha 
materiallar tuman yer tuzish xizmati organlari tomonidan davlat byudjeti 
mablag‘lari  hisobiga  tayyorlanadi.  Yer  uchastkalari  berish,  qoidaga 
ko‘ra,  fermer  xo’jaligini  tashkil  etish  va  yer  uchastkasini  ijaraga  olish 
to‘g‘risidagi  barcha  hujjatlar  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  yig‘ishtirib 
bo‘lingan  muddatda  rasmiylashtirilgan  holda  amalga  oshiriladi.  Eng 
ko‘p  yakuniy  ball to‘plagan  talabgor  tanlov  g‘olibi  deb  komissiya  raisi 
tomonidan e’lon qilinadi.  
Fermer xo’jaligiga yer berishning  keyingi  jarayonida yer resurslari 
bo‘yicha tuman xizmati tomonidan besh kun muddatda yer uchastkasini 
ijaraga  berish  shartnomasi  tayyorlanadi.  Bu  shartnoma  viloyat 
hokimining  ijobiy  qarori  qabul  qilingandan  keyin  tuman  hokimi  va 
fermer  xo’jaligi  boshlig‘i  tomonidan  imzolanadi.  Shartnomaga,  uning 
ajralmas qismi sifatida fermer xo’jaligi yer uchastkasining xaritasi ilova 
qilinadi.  Yer  uchastkasi  xaritasida  qabul  qilingan  belgilarga  muvofiq 
barcha  holatlar  (sug‘orish,  kollektor-drenaj  va  yo‘l  tarmoqlari,  yerlar, 
konturlarning  tartib  raqami,  fermer  xo’jaligi  chegaralari)  to‘liq 
ko‘rsatiladi.  Yer  uchastkasi  xaritasini  yer  resurslari  bo‘yicha  tuman 


153 
 
xizmati boshlig‘i, fermer xo’jaligi boshlig‘i va chegaradosh yer egalari, 
yerdan  foydalanuvchilar  vakili  imzolaydi.  Shartnomada,  shuningdek, 
tuproq bonitetining o‘rtacha aniqlangan bali ko‘rsatiladi.  
Fermer  xo’jaligi  boshlig‘iga  ijaraga  beriladigan  yer  uchastkasi 
chegaralarini  ko‘rsatish  yer  resurslari  tuman  xizmati  vakili  tomonidan 
chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar vakillari ishtirokida, 
shartnoma  tuzilgandan  keyin  besh  kun  muddatda  amalga  oshiriladi. 
Agar chegara suvsiz yerlar bo‘ylab o‘tsa, u holda chegara shudgorlanadi, 
burilish burchaklariga esa chegara belgilari qo‘yiladi. Yerlarni ko‘rsatish 
dalolatnoma  bilan  rasmiylashtiriladi.  Dalolatnoma  yer  resurslari 
bo‘yicha  tuman  xizmati  vakili,  chegaradosh  yer  egalari  va  yerdan 
foydalanuvchilar  vakillari  hamda  fermer  xo’jaligi  boshlig‘i  tomonidan 
imzolanadi.  Dalolatnoma  ikki  nusxada  tuziladi,  ulardan  bittasi  yer 
resurslari  bo‘yicha  tuman  xizmatida,  ikkinchisi  fermer  xo’jaligi 
boshlig‘ida saqlanadi.  
Yerlarni  ijaraga  berishni  rasmiylashtirish  ishlari  tugallangach  yer 
tuzish yig‘majildi tayyorlanadi, unda quyidagi hujjatlar mavjud bo‘ladi: 
fuqaroning fermer xo’jaligi tashkil etish to‘g‘risidagi arizasi; 
yer egasining yoki yerdan foydalanuvchining yer uchastkasi ajratish 
to‘g‘risidagi qarori; 
yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 
tuman  komissiyasining  yer  uchastkasini  ijaraga  berishning  maqsadga 
muvofiqligi  to‘g‘risidagi  xulosasi  yoki  mazkur  komissiya  tomonidan 
o‘tkazilgan tanlov yakunlari to‘g‘risidagi protokol; 
tuman  va  viloyat  hokimining  fermer  xo’jaligiga  yer  uchastkasini 
ijaraga berish to‘g‘risidagi qarori; 
yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi; 
fermer xo’jaligining biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi; 
fermer  xo’jaligining  yer  uchastkasi  chegaralarini  ko‘rsatish 
dalolatnomasi.  
Yig‘majild  ikki  nusxada  tayyorlanadi, ulardan  bittasi yer  resurslari 
bo‘yicha  tuman  xizmatida,  ikkinchisi  fermer  xo’jaligi  boshlig‘ida 
saqlanadi.  
Fermer  xo’jaliklariga  berilgan  yer  uchastkalari  qonun  hujjatlarida 
belgilangan  tartibda  yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilarning  yer-
kadastr  va  huquqni  belgilovchi  hujjatlariga  tegishli  o‘zgartirishlar 
kirtilgan  holda  qishloq  xo‘jalik  kooperativlari  (shirkat  xo‘jaliklari), 
boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining balansidan chiqariladi.  


154 
 
Yer  uchastkasini  uzoq  muddatli  ijraga  berish  shartnomasi  yer 
resurslari  bo‘yicha  tuman  xizmatida  ro‘yxatdan  o‘tkaziladi  va  fermer 
xo’jaligining  yer  uchastkasini  ijaraga  olganlik  huquqini  tasdiqlovchi 
hujjat hisoblanadi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014  yil  7 
yanvar  “Ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazish  tartibini  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi  1-son  qarori  bilan 
tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan 
bitimlarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  tartibi  to‘g‘risida”gi  nizomga 
asosan  fermer  xo’jaliklari  o‘zlarining  yerga  bo‘lgan  huquqlarini  davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishlari shart.  
Fermer  xo’jaliklarining  yer  uchastkalariga  nisbatan  ijaraga  olish 
huquqiga 
doir 
hujjatlarni 
davlat 
ro‘yxatidan  o‘tkazish  va 
rasmiylashtirish  majburiy  harakat  bo‘lib,  uning  asosida  ularning  yer 
uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlari  belgilanadi  va  ro‘yxatga  olingan 
paytdan  boshlab  e’tirof  etiladi.  Yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqni 
davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  tadbiri  fermerning  ro‘yxat  organiga  yozma 
ariza va huquqni belgilovchi hujjat hamda yo‘riqnomaga binoan boshqa 
zarur hujjatlar bilan murojaat qilishidan boshlanadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ro‘yxat 
ga oluvchi organ arizani ko‘rib chiqish uchun  qabul qilgan kundan 
boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi hamda hujjatlar ro‘yxatga 
olish  uchun  berilgan  kun  va  vaqtda  ro‘yxatga  olingan  deb  hisoblanadi, 
bu  haqda  reyestrda  qayd  etiladi.  Huquq  ustunligi  ariza  reyestrda  qayd 
etilgan sanalar bo‘yicha belgilanadi.  
Yer uchastkalariga 
bo‘lgan huquqlarni 
ro‘yxatdan 
o‘tkazish
daraxt va butalarni 
kesish
ariza qabul qilinadi
yer uchastkasiga 
bo‘lgan huquqlar 
ro‘yxatga 
olinganligi 
to‘g‘risidagi 
guvohnoma 
sub’ektga beriladi
yer uchastkasiga 
bo‘lgan huquqlar 
ro‘yxatga olinadi
arizalarni qabul 
qilish reyestrida 
ariza qayd etiladi
ariza va unga ilova 
qilingan hujjatlar va 
materiallar 
tekshirib ko‘riladi


155 
 
Fermer xo’jaligining yer uchastkasiga nisbatan uzoq muddatli ijara 
huquqi 
belgilangan 
tartibda 
ro‘yxatdan 
o‘tkazilishi, 
fermer 
xo’jaliklarining yerga  nisbatan  huquqlarini  yuridik  jihatdan  tan  olinishi 
demakdir.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish