Toshkent davlat yuridik universiteti


Fermer va dehqon xo‘jaliklarini yerdan foydalanishini



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

 
Fermer va dehqon xo‘jaliklarini yerdan foydalanishini 
huquqiy tartibi 
 
Qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishida  yer  asosiy  vosita  rolini 
o‘ynaydi.  Shuning  uchun  ham  fermer  xo’jaliklarini  tashkil  etishning 
negizida ularga yer berish masalasi yotadi. Fermer xo’jaliklariga asosan 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar beriladi.  
 
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 46-moddasiga muvofiq,  
qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlar  O‘zbekiston  Respublikasi 
fuqarolariga 
fermer 
xo’jaliklarini 
yuritish 
uchun 
berilishi 
mustahkamlangan.  
  
Fermer  xo’jaliklariga  yer  berishning  huquqiy  tartibi  “Fermer 
xo’jaligi  to‘g‘risida”gi  qonunning  10,  11  -  moddalarida  ko‘rsatib 
o‘tilgan  bo‘lib,  unga  muvofiq,  fermer  xo’jaliklari  yuritish  uchun  yer 
uchastkalari  ochiq  tanlov  asosida  ijaraga  ellik  yilgacha  bo‘lgan,  lekin 
o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.  
Vazirlar  Mahkamasining  2002  yil  5  yanvardagi  8-son  qarori  bilan 
tasdiqlangan  “Qayta  tashkil  etilayotgan  qishloq  xo‘jaligi  korxonasi 
negizida  fermer  xo’jaligi  barpo  etish  uchun  talabgorlarni  tanlash  va 
ularning  tanlovini  o‘tkazish  tartibi”
35
  va  O‘zbekiston  Respublikasi 
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2005 yil 18 noyabrdagi 237a-son 
buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  “Fermer  xo’jaligini  yuritish  uchun  yer 
uchastkalarini  berishda  tanlov  g‘olibini  aniqlash  tartibi  to‘g‘risida” 
Nizom  fermer  xo’jaliklarini  tashkil  etishda  talabgorlarni  tanlash  va 
ularning  tanlovini  o‘tkazish  shartlarini,  tanlov  g‘oliblarini  aniqlash 
tartibini belgilab beradi.  
 
35
 Информационно-правовой системи «Норма». ООО «НОРМА ҲАМКОР». Версия-3. 2005. 


151 
 
Fermer  xo’jaliklariga  yer  uchastkalarini  berishning  huquqiy  tartibi 
Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  30  oktabrdagi  476-son  qarori  bilan 
tasdiqlangan  “Yer  uchastkalarini  fermer  xo’jaliklariga  uzoq  muddatli 
ijaraga berish tartibi to‘g‘risida” Nizom
36
ga asosan belgilanadi.  
Ushbu 
Nizomga 
va 
qonunga 
muvofiq, 
ilmiy-tadqiqot 
muassasalariga,  oliy  o‘quv  yurtlariga,  akademik  litseylarga,  kasb-hunar 
kollejlariga  va  umumta’lim  maktablariga  o‘quv,  tajriba,  nav  sinash 
maqsadlari  uchun  berilgan  yerlar  hamda  suv  fondi  yerlari  fermer 
xo’jaliklari  yuritish  uchun  berilishi  mumkin  emas.  Shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi bo‘ylab besh yuz metrli 
mintaqada  faoliyati  hayvonlarni  (chorva  mollar,  parrandalar,  mo‘ynali 
va  boshqa  hayvonlarni,  baliqlar,  asalarilarni  va  boshqa  jonivorlarni) 
ko‘paytirish,  o‘tlatish  va  boqish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  chorvachilik, 
parrandachilik  hamda  boshqa  yo‘nalishdagi  fermer  xo’jaliklariga  yer 
uchastkalari berish taqiqlanadi.  
Fermer xo’jaliklarini yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ularga yer berish 
miqdori quyidagicha belgilangan: 

 
chorvachilik  mahsulotlari  yetishtirishga  ixtisoslashgan 
fermer  xo’jaligi  xo‘jalikning  biznes-rejasida  nazarda  tutilgan 
kamida  30  shartli  bosh  chorva  mollarini  boqish  shartlari  bilan 
tashkil etiladi.  
 
Bunda  shartli  ravishda  har  bir  bosh  mol  hisobiga  quyidagi 
koyffitsientlardan  foydalaniladi:  qoramollar  (sigirlar,  nasl  olinadigan 
novvoslar,  bo‘rdoqiga  boqiladigan  novvoslar)  va  otlar  uchun  -  1.0,  
yosh qoramollar uchun - 0.6, qo‘y va echkilar uchun - 0.1,  cho‘chqalar 
uchun - 0.3 hamda parrandalar uchun - 0.025.  
 
Fermer  xo’jaligiga  beriladigan  yer  uchastkalarining  eng  kam 
o‘lchami har bir shartli bosh chorva moliga hisoblanganda: 

 
Andijon,  Namangan,  Samarqand,  Toshkent,  Farg‘ona 
va  Xorazm  viloyatlaridagi  sug‘oriladigan  yerlarda  -  kamida  0,30 
gektarni; 

 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Buxoro,  Qashqadaryo, 
Jizzax,  Navoiy,  Surxondaryo  va  Sirdaryo  viloyatlaridagi 
sug‘oriladigan yerlarda - kamida 0,45 gektarni; 
 
36
  Qishloq  xo’jaligida  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  asoslari.  O’zbekiston  Respublikasi  fanlar  akademiyasi 
“Fan” nashriyoti. 2003, 73-bet. 


152 
 

 
sug‘orilmaydigan  (lalmikor)  yerlarda  -  kamida  2 
gektarni tashkil etadi.  
Dehqonchilik  mahsulotlari  yetishtirishga  ixtisoslashayotgan  fermer 
xo’jaliklariga  ijaraga  beriladigan  yer  uchastkalarining  eng  kam 
o‘lchami: 

 
paxtachilik va g‘allachilik uchun - kamida 30 gektarni; 

 
bog‘dorchilik,  uzumchilik,  sabzavotchilik  va  boshqa 
ekinlar yetishtirish uchun - kamida 5 gektarni tashkil qiladi.  
Fermer  xo’jaligiga  yer  uchastkasi  imkoni  boricha  yagona  mavze 
bo‘yicha,  konturlar  yaxlitligi  saqlab  qolingan  holda  beriladi,  uchastka 
chegaralari  sug‘orish  tarmoqlari,  kollektorlar,  yo‘llar  va  boshqa 
topografik  elementlar  bo‘yicha  belgilanadi.  Fermer  xo’jaligiga 
berilayotgan  yer  uchastkasi  boshqa  yerdan  foydalanuvchilarning 
yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vujudga keltirmasligi kerak.  
 
Fermer  xo’jaligiga  ijaraga  berilgan  qishloq 
xo‘jaligi  yerlari,  ekinlaridan  qishloq  xo‘jaligi 
ekinlari 
shartnomasida 
nazarda 
tutilmagan 
belgilangan  maqsadlardan  boshqa  maqsadlarda  foydalanilishi  yer 
to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadi 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish