Toshkent davlat yuridik universiteti


-BOB. YERGA NISBATAN MULK HUQUQI



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

 
 
3-BOB. YERGA NISBATAN MULK HUQUQI 
 
Yerga  nisbatan  mulk  huquqining  umumiy  tavsifi  va  o‘ziga  xos 
xususiyatlari. Yerga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilishning o‘ziga 
xos  xususiyatlari.  Xorijiy  mamlakatlarda  yerga  nisbatan  mulk 
huquqining yuridik tavsifi. 
 
 
Yerga nisbatan mulk huquqining umumiy tavsifi va 
 o‘ziga xos xususiyatlari 
Mamlakatimiz 
mustaqillikdan 
so‘ng 
aholining 
turmush 
farovonligini izchil oshirib borishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sohani 
tubdan isloh qilish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirib 
kelinmoqda.  Ushbu  islohotlarning  ustuvor  yo‘nalishi  sifatida  noyob 
cheklangan  tabiiy  resurs,  ekologik  tizimning  muhim  bo‘g‘ini  hamda 
qishloq  xo‘jaligida  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  moddiy  bazisi 
sifatida  yer  resurslarini  asrab-avaylashga,  ularning  hosildorligi  va 
unumdorligini  oshirib  borish  va  meliorativ  holatini  yaxshilashga,  shu 


40 
 
bilan  birga,  fuqarolarning  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarini 
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  
Mamlakatimizda  so‘nggi  yillarda  amalga  oshirilgan  yer  bilan 
bog‘liq  islohotlarning  negizida  yer  fondi  toifalarining  huquqiy  holatini 
bozor  munosabatlariga  moslashtirish,  shu  orqali  yer  bilan  bog‘liq 
huquqiy  normalarnii  takomillashtirish  maqsadi  yotadi.  Shu  sababli 
mustaqillik  yillarida  yerdan  foydalanish  huquqining  yangi  shakllari 
vujudga  keldi,  yer  uchastkalarini  xususiylashtirish  ishlari  joriy  qilindi, 
yerlarni  muhofaza  qilish  masalasiga  alohida  e’tibor  qaratildi,  yer  bilan 
bog‘liq  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  davlat  organlari  faoliyati 
tubdan  isloh  qilindi,  buning  natijasida  yerdan  foydalanish  va  uni 
muhofaza qilish bilan bog‘liq munosabatlar butunlay yangicha mazmun-
mohiyat kasb etdi.  
Ta’kidlash  joizki,  Respublikamiz  mustaqillikka  erishgach,  turli 
mulk  shakllariga  asoslangan  bozor  munosabatlariga  o‘tish  yo‘lini 
tanladi.  Bu  hol  albatta  yer  bilan  bog‘liq  munosabatlarda  ham  o‘z 
ifodasini  topa  boshladi.  Hozirda  yer  iqtisodiy  aylanma,  muomala 
ob’ektiga aylandi va fuqaroviy muomala sohasiga kirib qoldi.  
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va xo‘jalikni boshqarishning ma’muriy-
buyruqbozlik  tizimidan  xalos  bo‘lish  tufayli  davlatning  yerga  doir 
siyosatida ma’lum o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mahalliy hokimiyat 
organlari  tomonidan  yer  uchastkalarini  va  yerga  nisbatan  ashyoviy 
huquqlarni  kim  oshdi  savdolarida  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish 
maqsadlarida,  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  va  shaxsiy  yordamchi 
xo‘jalik  yuritish  maqsadlarida  sotish  tartibi  joriy  qilindi,  bunda  yer 
o‘zining tabiiy xususiyatini saqlab qolgan holda fuqarolik muomalasiga 
kiritila  boshlandi.  Mamlakatimizda  asta-sekinlik  bilan  ayrim  yer 
toifalariga  nisbatan  xususiy  mulk  huquqi  joriy  etildi.    O‘zbekiston 
Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan  2006  yil  24 
iyulda  “Yuridik  shaxslar  va  fuqarolarning  binolari  hamda  inshootlari 
bilan  band  bo‘lgan  yer  uchastkalarini  xususiylashtirish  to‘g‘risida” 
Farmon qabul qilindi.   
Yerga  nisbatan  mulk  huquqiga  oid  muammolar  xususida 
gapirishdan  avval  yerga  nisbatan  mulk  huquqi  tushunchasiga  aniqlik 
kiritish lozim bo‘ladi.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish