Toshkent davlat yuridik universiteti


O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmonlari  va  Vazirlar



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmonlari  va  Vazirlar 
Mahkamasining  qarorlari 
amaldagi  qonun  hujjatlari  asosida  qabul 
qilinib,  yerdan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishni,  tuproq 
unumdorligini  tiklash  va  oshirishni,    tabiiy  muhitni  asrash  va  uni 
muhofaza  qilish,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  yer  uchastkalariga 
bo‘lgan  huquqlarini  himoya  qilishni  ta’minlash  bilan  bog‘liq  qoida-
talablarni  belgilaydi  va  begilangan  doirada  umummajburiy  ahamiyat 
kasb etadi.  
Xususan,  yer  fondi  davlat  boshqaruvi  tizimini  takomillashtirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 31 mayda 
qabul  qilingan    “Yerlarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona 
foydalanish  borasida  nazoratni  kuchaytirish,  geodeziya  va  kartografiya 
faoliyatini  takomillashtirish,  davlat  kadastrlari  yuritishni  tartibga  solish 
chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  Farmoni,  agrar  sohadagi  islohotlarni 
yanada  chuqurlashtirish  hamda  agrar  sohada  faoliyat  yurituvchi 
sub’ektlar  huquq  va  majburiyatlarini  belgilash  maqsadida  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  9  oktyabrdagi  “Fermer,  dehqon 
xo‘jaliklari  va  tomorqa  yer  egalarining  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlarini  himoya  qilish,qishloq  xo‘jaligi  ekin  maydonlaridan 
samarali  foydalanish  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni katta ahamiyatga egadir.  
 Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  
29.11.1994 yildagi “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari  to‘g‘risida  “gi  575-son  Qarori;  31.12.1998  yildagi 
“O‘zbekiston  Respublikasida  davlat  yer  kadastrini  yuritish  to‘g‘risida 
“gi  543-son;  Qarori;  25.02.2013  yildagi  “Shaharsozlik  faoliyatini 
amalga  oshirish  hamda  qishloq  xo‘jaligiga  oid  bo‘lmagan  ehtiyojlar 
uchun  yer  uchastkalari  berish,  shuningdek  ob’ektlarni  qurishga 
ruxsatnomalar  berish  tartibini  tubdan  soddalashtirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida  “gi  54-son  Qarori  va  boshqa  qarorlarda  yerdan  foydalanish 
qoida talablari belgilangan bo‘lib, yer qonunchiligini takomillashtirishga 
xizmat qiladi.  


37 
 
Ushbu  sohadagi  farmon  va  qarorlar  belgilangan  doirada  vazirlik, 
davlat qo‘mitalari, idoralar, korxona, tashkilot, muassasalar va jismoniy 
shaxslar uchun me’yoriy ahamiyat kasb etadi.  
Yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida maxsus 
vakolatli 
davlat 
boshqaruv 
organlari 
hisoblangan 
O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  yer 
resurslari  davlat  qo‘mitasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv 
xo‘jaligi  vazirligi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  o‘z  vakolatlari 
doirasida  me’yoriy  hujjatlarni  qabul  qilib,  ma’lum  tabiat  obekti 
sohasidagi ekologik qoida-talablarni belgilaydi.  
Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  yer  resurslari  davlat  qo‘mitasi 
yerdan  foydalanish  tartibini  belgilaydigan  normativ,  standartlarni, 
nizomlar  va  yo‘riqnomalarni  ishlab  chiqadi  va  tasdiqlaydi,  barcha 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar 
qabul qiladi va hokazo.  
Yerga oid qonunchilik hujjatlari tizimida mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining me’yoriy hujjatlari har bir viloyat, shahar, tuman hududida 
tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy  boyliklardan  oqilona  foydalanish  bilan 
bog‘liq qoida-talablarni belgilaydi.  
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5-moddasida viloyatlar, 
Toshkent  shahar  davlat  hokimiyati  organlarining  yer  munosabatlarini 
tartibga  solish  sohasidagi  vakolatlari  belgilangan  bo‘lib,  ushbu  sohada 
ularning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.  
Ayniqsa, 
mahalliy 
davlat 
hokimiyat 
organlarining 
tuproq 
unumdorligini  oshirish  bilan  bog‘liq  qarorlari  ushbu  hududdagi  barcha 
yuridik va jismoniy shaxslar uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi.  
Demak,  qonunosti  me’yoriy  hujjatlari  muhim  ahamiyatga  ega 
bo‘lib, konstitutsiyaviy tamoyillar va qonun hujjatlari qo‘llanilishini va 
ularning  hayotiyligini  ta’minlab,  yer  huquqi  manbalarini  yanada 
takomillashtirishga xizmat qiladi.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish