Yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash va uning
unumdorligini oshirish prinsipi
ko‘proq qishloq xo‘jaligi uchun
mo‘ljallangan, o‘rmon va suv fondi yerlaridan foydalanishga taalluqli.
Bu sohada har bir yerdan foydalanuvchi o‘ziga biriktirilgan yer
uchastkasini asrashi, ya’ni uning boshqa maqsadda ishlatilib ketishi,
chiqindilar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanib
ketishining oldini olib borishi shart. Foydalanuvchidagi yerning tuproq
sifati doimo mineral va boshqa o‘g‘itlar bilan boyitilib borishi, uning
unumdorligi pasayib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |