Yer huquqi tizimi
O‘zbekiston yer huquqi huquq tizimida alohida o‘rin egallagan,
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, iqtisodiyotda tub o‘zgarishlar yuz
berayotgan sharoitda dolzarbligi yanada oshib borayotgan va boshqa
huquq tarmoqlarining (masalan, xo‘jalik huquqi, fuqarolik huquqi)
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatayotgan mustaqil huquq tarmog‘idir.
Mustaqil huquq tarmog‘i bo‘lgan yer huquqi normalari mazmun
jihatidan xilma-xil bo‘lgani uchun ularni ma’lum bir tizimga solish katta
ahamiyat kasb etadi.
Yer huquqi tizimi deb, yer huquqiy munosabatlarini tartibga
soluvchi har biri yer huquqiy normalarining guruhlaridan tashkil topgan
yer-huquqiy institutlar jamlanmasiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |