14-BOB. O‘RMON FONDI YERLARINING HUQUQIY
TARTIBI
O‘rmon fondi yerlarining huquqiy tartibi tushunchasi va o‘zga xos
xususiyatlari. O‘rmon fondi yerlari sohasida davlat boshqaruvi. O‘rmon
fondi yerlaridan foydalanish tartibi.
O‘rmon fondi yerlarining huquqiy tartibi tushunchasi va o‘zga
xos xususiyatlari
O‘rmon atrof tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish, inson yashash
sharoitini yaxshilash, yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosini
muhofaza qilish, ularni saqlash, atmosfera havosini tozalashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘rmon, bu
– ekologik kompleks sifatidagi barcha o‘rmon muhiti,
ya’ni o‘tlar, butalar, mevalar, qo‘ziqorinlar, o‘rmonlarda istiqomat
qiladigan hayvonlar, kushlar va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |