Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy-huquqiy
chora-tadbirlarining asosiy maqsadi va yo‘nalishlari
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi
haqida gapirganda, uning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tishimiz
joiz, zero maqsad va vazifalar muayyan huquqiy institutning mazmun-
mohiyatini ochib beruvchi muhim mezonlardan hisoblanadi.
Iqtisodiy dastaklarni qo‘llash “ifloslantiruvchi – to‘laydi”,
“Tabiatdan foydalanuvchi – to‘laydi” tamoyillariga asoslanadi. Iqtisodiy
mexanizm va dastaklarni qo‘llashdan maqsad atrof-muhit resurslarining
qiymatini mos ravishda baholash va ulardan samarali hamda maqsadga
muvofiq foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |