89
“Ekologik nazorat to‘g‘rsida”gi qonunning 8-moddasida belgilanishicha
Ekologik nazorat maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan
nazorat Yer kodeksining 85-moddasi va “Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar
faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 1998 yil 24
dekabrdagi qonuni bilan tartibga solinsada, ushbu masala “Ekologik
nazorat to‘g‘rsida”gi qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va
davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. yerdan
foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga
oshirishda qayd etilgan xujjatlardan tashqari davlat organlarning
vakolatlari “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunda, Yer
kodeksida, hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri
davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomlarda o‘z aksini topgan. Bundan
tashqari, yerdan foydalanuvchilar va yer egalari faoliyati ustidan
nazoratni amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining
“Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat
qilish to‘g‘risida”gi qonunining talablariga, shu jumladan ushbu
qonunning 10-moddasi birinchi qismida ko‘zda tutilgan tekshirishlar
davriyligiga rioya etilishi lozimdir, yani xo‘jalik yurituvchi subektning
yerdan foydalanish faoliyati kompleks tekshiruv mobaynida bir oy
ichida maxsus vakolatli organ tasdiqlagan rejaga muvofiq amalga
oshirilishi mumkin.
Shuningdek, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish
chog‘ida foydalanuvchilar, egalik qiluvchilar va ijarachilar bilan davlat
organlari va boshqa shaxslar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal
qilish Yer kodeksining 89-moddasiga muvofiq faqat sud organlari
tomonidan hal etilishi belgilangan. Bunda yuridik shaxslar orasidagi
nizolar xo‘jalik sudlari tomonidan, agar nizoni bir tarafi jismoniy shaxs
bo‘lsa fuqarolik sudlari tomonidan hal qilinadi.
Yuqorida qayd etilgan vakolatlardan tashqari yer qonun
xujjatlariga muvofiq yerlarning melioratsiyasini tashkil etish vakolatli
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: