Toshkent davlat yuridik universiteti


Yer fondi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

 
Yer fondi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari
 
 
Yer  fondi  davlat  boshqaruvi  organlarining 
vakolatlari  deganda,  ularning  shu  sohadagi 
faoliyatlarining alohida turlari tushunilishi lozim.  
Esda tuting! 
 
Yer fondi davlat boshqaruv organlari quyidagi vakolatlarni amalga 
oshiradilar:  yer  resurslarini  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona 
foydalanish bo‘yicha me‘yoriy xujjatlarni qabul qilish yo‘li bilan davlat 
organlari  qonun  va  hukumat  qarorlaridagi  qoidalarni  yanada 
rivojlantiradilar  va  detallashtirilgan  idoraviy  normativ  hujjatlar  qabul 
qiladilar.  Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksida  yer 
solig‘iga  oid  me‘yorlar  kiritilgan,  ushbu  kodeksning  49-bobi  yuridik 
shaxslardan  olinadigan  yer  solig‘i  (278-286-moddalar),  50-bobi 
jismoniy  shaxslardan  olinadigan  yer  solig‘i  (288-304-moddalar), 


85 
 
shuningdek 57-bobida yagona yer solig‘i (362-369-moddalar) keltirilgan 
bo‘lib, ushbu normalarda belgilangan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadi.  Bundan 
tashqari  yer  solig‘ini  xisoblash  va  undirish  bo‘yicha  munosabatlar 
O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi  va 
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2011 yil 2 fevraldagi 5, 4, 2011-4-son 
qarorlari bilan tasdiqlangan “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori 
kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va 
to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. Shunga ko‘ra, 
soliqlarni 
undirish 
va 
uni  
hisoblab 
chiqish 
tartibi 
ham 
soliq 
kodeksining  
263-264-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshirilib, unda yerdan 
foydalanish,  unga  egalik  qilish  shartlaridan  kelib  chiqqan  holda  soliq 
miqdorlari yer fondining turidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.  
Idoraviy  me‘yoriy  xujjatlar  asosan  me‘yoriy  xujjatlarda  texnik  va 
tabiiy  fanlar  talablarini  kiritish  lozim  bo‘lganda  qabul  qilinadi.  Bunga 
misol  qilib  O‘zbekiston  Respublikasida  Yer  resurslari,  geodeziya, 
kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat  qo‘mitasining  2013  yil  30 
oktabrdagi  “Tuproq  bonitirovkasi  ishlarini  o‘tkazish  va  hujjatlarini 
tasdiqlash  tartibi  to‘g‘risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida”gi  21-sonli 
qarori [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 7 
noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2521] bilan tasdiqlangan 
“Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi 
to‘g‘risida”gi Nizomni keltirsak bo‘ladi. 
Davlat  organlari  atrof  tabiiy  muhitning,  shu  jumladan,  yerlarni 
muhofazasini  taminlovchi  normativlarni  qabul  qiladilar.  Bularga: 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Ekologiya 
va 
atrof-muhitni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  va 
Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  tomonidan  tasdiqlanadigan  qishloq 
xo‘jaligida  qo‘llanadigan  kimyoviy  moddalar  me‘yorlarini  misol  qilib 
keltirsa bo‘ladi.  
Yer  fondi  to‘g‘risida  malumot  yig‘ish  maqsadida  davlat  organlari 
ularning  davlat  xisobini  amalga  oshiradilar.  Ushbu  vakolat  orqali  yer 
fondining  son  va  sifat  ko‘rsatkichlari  va  boshqa  tavsiflari  aniqlanadi. 
Yer  fondining  davlat  xisobi,  monitoring  (uni  kuzatish),  inventarizatsiya 
yoki foydalanishni ro‘yxatga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
Yer  resurslaridan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish 
ishlari  respublika  xalq  xo‘jaligi,  viloyatlar,  tumanlar,  shaharlar  va 


86 
 
boshqa aholi punktlarining rivojlantirish istiqbollarini belgilash chog‘ida 
umumiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  organlar  tomonidan  rejalashtiriladi. 
Masalan,  o‘zlashtiriladigan  yerlar  maydoni  va  ularni  qishloq  xo‘jaligi, 
sanoat  hamda  boshqa  maqsadlarga  ajratish  mo‘ljallanganda.  Bundan 
tashqari,  yerlardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilishning  maxsus 
rejalari tuziladi. Bular tarkibiga yer tuzish loyihalari, shaharlarning bosh 
rejalari,  muayyan  joylarni  rejalashga  doir  istiqbollar,  sxemalar, 
loyihalar, va boshqalar kiradi. Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza 
qilishning  maxsus  rejalari  umumiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  organlar 
tomonidan tasdiqlanadi (Yer kodeksining 13-moddasi).  
Yer  resurslarini  taqsimlash  va  qayta 
taqsimlash deganda, davlat tasarrufidagi  yerlarni 
vakolatli  organlarning  davlat  nomidan  tasarruf  etib,  ulardan 
foydalanishni tashkil etishi tushuniladi. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish