Toshkent davlat yuridik universiteti


AQSHda yerga nisbatan mulk huquqi masalalari



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

AQSHda yerga nisbatan mulk huquqi masalalari. 
Mulk huquqi – 
amerika  huquqiy  tizimining  muhim  tarmoqlaridan  biri  bo‘lib,  uning 
asosida  ildizlari  Angliya  feodal  huquqiga  borib  taqaladigan  va  AQSH 
sharitlariga moslashgan odat huquqi yotadi.  
Anglo-sakson  huquq  tizimida  ham  mulkni  ko‘char  va  ko‘chmasga 
bo‘lish  konsepsiyasi  umumtan  olingan  bo‘lib,  “ko‘chmas  mulk” 
tushunchasi  yer  va  u  bilan  bog‘liq  barcha  ob’ektlarga  nisbatan  tatbiq 
etiladi.  
AQSHda  yerning  kattagina  qismi,  xususan  qishloq  xo‘jaligi 
ahamiyatidagi haydaladigan yerlarning 98% qismi xususiy mulkchilikda 
hisoblanadi.  Fedyeral  hukumat  egaligida  katta  qismdagi  yer  bo‘lsada, 
ular  asosan  cho‘l  va  tundra  zonalarini,  shuningdek,  AQSHning  g‘arbiy 
qismidagi aholisi kam bo‘lgan mintaqalardagi va Alyaskadagi yaylov va 
o‘rmonlarni,  qamrab  olgan.  Ushbu  hududlarda  qishloq  xo‘jaligi  yerlar 
kamchilikni tashkil qiladi.   
AQSHda  yerga  nisbatan  mulk  huquqi  o‘zaro  chambarchas  bog‘liq 
vakolatlar  majmuidan  iborat  bo‘lib,  ularning  bir  qismi  mulkdorga, 
boshqa qismi esa – shaxsga mulk huquqini byergan davlatga tegishlidir. 
Davlat jumladan yer mulkdoridan soliq undirishga haqli hisoblanadi. yer 
solig‘i – soliqqa tortishning alohida usullari va soliqlar hajmini belgilash 
orqali yerdan foydalanishga ta’sir etuvchi ta’sirchan vosita hisoblanadi.   
AQSHda  davlat  organlari  yerni  zaruriyat  tug‘ilganda  jamoat 
ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga haqli hisoblanadi. Xususiy mulkni olib 
qo‘yish  huquqi  davlatning  suvyerenitet  bilan  bog‘liq  ajralmas  huquqi 
sifatida  davlat  boshqaruvi  funksiyalarini  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq 
vakolatlari doirasiga kiradi.   
AQSHda mulkiy munosabatlarni tartibga solishning yana bir muhim 
usuli  –  politsiya  hokimiyati  bo‘lib,  u  aholi  salomatligini,  uning 
xavfsizligini,  axloqi  va  ijtimoiy  farovonligini  ta’minlash  va  muhofaza 
qilishni anglatadi. yerdan foydalanishga nisbatan ushbu huquqni amalga 
oshirish  mulkdorlarning  yerlardan  o‘z  xohishiga  ko‘ra  foydalanish 
yerkinligini cheklash imkoniyatini ko‘zda tutadi. Bu jumladan, mulkdor 
tomonidan  boshqa  mulkdorlarga  noqulaylik  va  notinchlik  yetkazilgan, 
sanitariya 
talablari 
buzilgan 
taqdirda 
qo‘shni  mulkdorlarning 
manfaatlarini  muhofaza  qilish,  politsiyaning  xususiy  mulk  joylashgan 
joyga kirish imkoniyatini ta’minlash uchun amalga oshirilishi mumkin.   
AQSHda  yer  mulkdorlarining  huquqlari  yerning  ustki  qismidan  va 
yer uchastkasining pastki qismidan foydalanish bilan bog‘liq huquqlarga 
bo‘linadi.   


236 
 
XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  qabul  qilingan  qonunlar 
mulkdorlarning  yer  qa’ridan  va  foydali  qazilmalardan  foydalanish 
huquqini  AQSH  Hukumatiga  biriktirdi.  yerga  nisbatan  patent  olgan 
mulkdorlar  yer  qa’ridan  foydalanish  huquqini  qo‘lga  kiritmaganlar: 
ushbu huquq fedyeral hukumat yoki shtatga taalluqli bo‘lgan. Zaxiradagi 
foydali qazilmalar ijara, oldi-sotdi yoki qazib olish uchun ariza predmeti 
bo‘lib  qolavyergan  (qazib  olish  uchun  ariza  –  belgilangan  qoidalar  va 
mahalliy  odatlarga  muvofiq  qa’rida  yoki  ustki  qismida  qimmatbaho 
metall  yoki  ularning  rudalari  aniqlangan  va  fedyeral  yoki  shtat 
mulkchiligida  bo‘lgan  yer  uchastkasi  yoki  hududni  egallash  va  unda 
foydali qazilmalarni qazib olish uchun AQSH Hukumatidan ruxsatnoma 
olish uchun taqdim etiladigan hujjat).  
yer  patentining  mulkdori  (yoki  uning  myerosxo‘ri)  yerning  ustki 
qismigagina  nisbatan  mulk  huquqiga  ega  bo‘lgani  bois,  yer  qa’ridan 
foydali  qazilma  chiqadigan  bo‘lsa,  uni  kavlab  olish  jarayonida  mulk 
huquqi ob’ekti sifatida yerning ustki qismini ham buzish ehtimoli yuqori 
bo‘ladi.  Shu  bois,  AQSH  Kongressi  1976  yilda  “yerlarni  boshqarish 
bo‘yicha  fedyeral  siyosat  to‘g‘risida”gi  Qonun  qabul  qilib,  yer 
mulkdorining  yerning  ustiga  ham,  yerning  qa’riga  ham  bo‘lgan 
huquqlarini kengaytiruvchi to‘liq patent olishga bo‘lgan tashabbus bilan 
chiqish huquqini mustahkamlab qo‘ydi.   
AQSHda  yer  mulkdori  o‘zining  uchastkasida  o‘sadigan  o‘rmonga 
nisbatan  ham  xususiy  mulk  huquqiga  ega.  Mulkdor  o‘zining  o‘rmonga 
bo‘lgan  huquqlarini  ularni  kesish  uchun  o‘rmonlarni  tayyorlovchi 
tashkilotlarga  berishga  haqli.  Shuningdek,  yerni  daraxt  kesish  va 
yog‘och  tayyorlashga  bo‘lgan  huquqlarini  saqlab  qolgan  holda  sotish 
yoki berish ham mumkin.  
Mulk huquqi va suvdan foydalanishga bo‘lgan huquq bilan bog‘liq 
vaziyat  ham  murakkab  tus  olgan.  AQSHda  suv  huquqining  bir  necha 
doktrinasi  amal  qiladi.  Jumladan,  sharqiy  shtatlarda  suvga  bo‘lgan 
huquq  imtiyozli  ravishda  umumiy  huquq  normalaridan  kelib  chiqqan 
holda daryoga tutash bo‘lgan yondosh hududlarning mulkdoriga tegishli 
bo‘ladi.   
Suvga  tutash  bo‘lmagan  yerlar  egalari  suvdan  foydalanadigan  va 
zarar  yetkazadigan  bo‘lsa,  sohilbo‘yi  mulkdorlarining  oldida  javobgar 
bo‘ladi. Shu bilan  birga, sohilbo‘yi  mulkdorlari  unga  tutash  bo‘lmagan 
yer  mulkdorlarining  suvdan  foydalanish  huquqiga  xalal  byerganligi 
uchun hech qanday javobgarlikka tortilmaydi.    


237 
 
Sohilbo‘yi  mulkdori  “suvdan  asoslantirgan  holda  foydalanish” 
huquqiga  ega.  Bu  shuni  anglatadiki,  agarda  sohilbo‘yi  yer  uchastkasi 
mulkdori  boshqa  shunday  mulkdorning  suvdan  foydalanish  huquqini 
buzadigan  bo‘lsa,  boshqa  mulkdor  o‘ziga  zarar  etganligini  isbotlab 
byergan taqdirdagina javobgarlikka tortiladi.   
G‘arbiy  shtatlarda  boshqa  prinsip  amal  qiladi.  Ushbu  hududlarda 
dastlabki  o‘zlashtirish  doktrinasi  amal  qiladi,  unga  ko‘ra,  suvdan 
foydalanish  huquqini  boshqalardan  ko‘ra  ilgariroq  o‘zlashtirib  olgan 
sub’ektning huquqlari muhofaza qilinadi.   
Ayrim  shtatlarda  ikki  yuqorida  qayd  etilgan  doktrina  elementlarini 
o‘zida birlashtirgan suv huquqi doktrinasi amal qiladi.   
AQSHda katta Shaharlarda yerdan foydalanishni tartibga solishning 
asosiy  usuli  –  zonalashtirish  hisoblanadi.  XX  asr  boshlarida  bir  necha 
Shaharlarda  (shu  jumladan  poytaxt  –  Vashingtonda  ham)  aholining 
sog‘lig‘i  va  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  quriladigan  binoning 
balandligiga  nisbatan  cheklovlar  o‘rnatildi.  Zonalashtirish  amaliyoti 
ayniqsa  Savdo  vazirligi  1926  yilda  “Shtatlar  uchun  zonalashtirish 
to‘g‘risida”ni  Fedyeral  qonunni  e’lon  qilishi  bilan  juda  tez  tarqaldi.  
Zonalashtirish  qoidalari  mahalliy  boshqaruv  organlarning  mansabdor 
shaxslari  tomonidan  ko‘zda  tutilayotgan  qurilishlar  rejalarini  ko‘rib 
chiqish  yoki  yangi  qurilishga  ruxsat  berish  yo‘li  bilan  amalga  tatbiq 
etiladi.   
AQSHda  jamoat  maqsadlarida  yerdan  foydalanishni  tartibga  solish 
usullaridan  biri  yer  uchastkasini  qurish  va  sotish  uchun  ajratish 
hisoblanadi.  yer  uchastkasini  bo‘lish  qoidasi  daryo,  ko‘l,  yer  osti 
suvlarini  ifloslanishdan  muhofaza  qilish,  tabiiy  o‘simliklarni  saqlab 
qolish  choralariga,  qurilishlarning  zichligi  qoidalariga  rioya  etilishini 
ta’minlashni  ko‘zda  tutadi.  Qoidalar  ayrim  yerlarda,  jumladan  suv 
bosgan hududlarda qurishni ta’qiqlashi mumkin, chunki bunday yerlarda 
qurilish ishlarini olib borish insonlar salomatligi va tabiiy muhitga xavf 
solishi mumkin.   
AQSHda  yerga  nisbatan  xususiy  mulk  huquqining  zamonaviy 
konsepsiyasi  nafaqat  davlatning  mulkdan  foydalanishni  tartibga  solish 
va  xususiy  mulkdor  huquqlarini  cheklash  dastaklariga  egaligini,  balki 
insonning  tabiiy  huquqi  sifatida  xususiy  mulk  huquqini  tan  olishga 
asoslangan  samarali  huquqiy  mexanizmni  ta’minlashi  bilan  ham 
tavsiflanadi.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish