Toshkent davlat yuridik universiteti


Soliq  kodeksida  (49-bobi)



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Soliq  kodeksida  (49-bobi)
  esa,  
zaxira  yerlarga  yuridik  shaxslardan  olinadigan  yer  solig‘ining  soliq 
solish ob’ekti sifatida qaralmasligi to‘g‘risidagi norma belgilangan (280-
modda).   
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil  23 
dekabrdagi 
496-son 
qarori 
bilan 
tasdiqlangan 
“O‘zbekiston 
Respublikasida  yer  monitoringi  to‘g‘risida”gi  Nizom
da  esa,  yer 
monitoringi  yer  fondi  toifalariga  muvofiq  bo‘lgan  kichik  tizimlarga 
bo‘linishi  hamda  ulardan  birini  zaxira  yerlar  monitoringi  tashkil  etishi 
belgilab qo‘yilgan (3-band).   
yer  uchastkalarini  zaxiraga  ajratilishidan  asosiy  maqsad  -qishloq 
xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  ko‘paytirishdir,  bu  yerlar  shuningdek, 
sanoat, transport, aloqa va kommunikatsiya va boshqa noqishoq xo‘jalik 
maqsadlari uchun xizmat qiladi.   
 
Qoida  tariqasida,  zaxira  yerlari  –  u  yoki  bu  holatlar  ta’sirida 
xo‘jalik  faoliyatiga  jalb  qilinmagan  yer  usti  uchastkasi  bo‘lib 
hisoblanadi.  Zaxirada  bo‘lish  –  “o‘z  vaqti-soatini  kutish  muddati” 
bo‘lib,  u  jamiyatga  uning  xilma-xil  maqsadlar  uchun  bo‘sh  yerlar 
kyerak  bo‘lganda  foydalaniladi.  Zaxira  yerlarini  hududiy  joylashtirish 
o‘zgarib  turadi.  Zaxira  yerlarining  maydoni  ham  ob’ektiv  sabablarga 


221 
 
ko‘ra,  ma’lum  vaqtlarda  qisqarib,  muayyan  muddatlarda  kengayib 
boradi.  
 
 
Xo‘jalik  faoliyati  yoki  fuqarolik  muomalasi  uchun  vaqtinchalik 
zarur  bo‘lmagani  bois,  zaxira  yerlari  hech  kimga  tegishli  bo‘lmagan, 
tashlandiq  yoki  xo‘jasiz  yerlar  sifatida  baholanishi  mumkin  emas. 
Chunki,  ularning  mulkdori  –  davlat  hisoblanadi.  Bu  shuni  anglatadiki, 
ushbu  yer  fondi  toifasi  fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  tomonidan  zarur 
huquqiy  asoslarsiz,    ya’ni  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olinishi 
mumkin  emas.  Shu  bilan  bir  qatorda  zaxira  yerlar  davlat  mulkchiligida 
bo‘lgani  bois,  davlat  tomonidan  hisobga  olinishi  lozim  bo‘lib,  ular 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kadastr hujjatlariga kiritiladi. Shu bilan birga, 
mulkdori  yoki  qonuniy  foydalanuvchilari  zarur  nazoratsiz  qoldirgan 
yoki  foydalanmayotgan,    biroq  yer-kadastr  hujjatlariga  muvofiq, 
qonuniy  mulkdori  bo‘lib  qolayotgan  yer  uchastkalari  zaxira  yer 
uchastkalari  deb  hisoblanishi  mumkin  emas.  Ushbu  hujjatlarga  yer 
uchastkasidan  voz  kechish  to‘g‘risidagi  tegishli  o‘zgartirishlar 
kiritilganidan so‘nggina ular zaxira yerlar tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.   
Zaxira  yerlar  vaqtinchalik  xo‘jalik  faoliyatida  ishlatilmayotgan 
uchastkalar  sifatida  ushbu  belgisiga  ko‘ra,  konsyervatsiya  qilish 
maqsadida  xo‘jalik  muomalasidan  chiqarilgan  yer  uchastkalariga 
o‘xshaydi. Biroq, shu bilan ular o‘rtasidagi o‘xshashlik tugaydi.  
 
Konsyervatsiya  salbiy  (zararli)  ta’sirga  duchor  bo‘lgan  va  uning 
natijasida  yer  degradatsiyasi  va  ekologik  vaziyatning  yomonlashuvi 
ro‘y  byergan,  shuningdek,  foydalanilishi  inson  salomatligiga  salbiy 
ta’sir  ko‘rsatilishiga  sabab  bo‘ladigan  ifloslangan  yerlarga  nisbatan 
qo‘llaniladi.   
 
yer  uchastkasini  konsyervatsiya  qilish  to‘g‘risidagi  qaror  asosida 
yer  tuzish  to‘g‘risidagi  loyiha  ishlab  chiqiladi  va  unda  yer  uchastkasini 
konsyervatsiya  qilish  muddatlari,  yer  degaradatsiyasini  tugatish,  tuproq 
unumdorligini  va  ifloslangan  hududlarni  qayta  tiklash  bo‘yicha  chora-
tadbirlar,  ularning  ketma-ketligi  va  qiymati,  shuningdek,  ko‘rsatilgan 
choralarni  amalga  oshirib  bo‘lgach,  yer  uchastkasidan  foydalanish 
bo‘yicha takliflar o‘rin olgan bo‘ladi.    
Konsyervatsiya  qilinishi  munosabati  bilan  xo‘jalik  muomalasidan 
chiqarilgan yerlar yer uchastkalari mulkdorlari,  yerdan foydalanuvchilar 


222 
 
va  yer  ijarachilarida  saqlanib  qolinishi  yoki  qonunchilikda  belgilangan 
tartibda zaxira yerlarga o‘tkazilishi mumkin.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish