12-BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOShQA
MAQSADLARGA MO‘LJALLANGAN YeRLARNING HUQUQIY
HOLATI
174
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
yerlar huquqiy holatining umumiy tavsifi
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 8-moddasi 3-bandiga
muvofiq, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga
mo‘ljallangan yerlar yer fondining alohida toifasini tashkil etadi. Shunga
muvofiq, Yer kodeksining alohida 8-bobi (69-70-moddalar) sanoat, transport,
aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy
holatiga bag‘ishlangan.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
yerlarning huquqiy holati deganda, ulardan foydalanish maqsadi, foydalanish
va boshqarish tartibi, ularning fuqarolik-huquqiy muomalasi, yer-huquqiy
munosabatlar ishtirokchilarining sub’ektiv huquq, yuridik majburiyatlari va
javobgarligi, ushbu toifa yerlarni huquqiy muhofaza qilish va monitoringiga
oid huquqiy normalar majmui tushuniladi.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
yerlar – aholi punkti yerlari chegarasidan tashqarida joylashgan hamda
sanoat, enyergetika, transport, aloqa, radio, televideniya, axborot, fazoviy
faoliyatni ta’minlash ob’ektlari, mudofaa va xavfsizlik ob’ektlari faoliyatini
tashkil etish va (yoki) ularni ishlatish va boshqa maxsus vazifalarni amalga
oshirish uchun mo‘ljallangan hamda yer munosabatlari ishtirokchilarida yer
va boshqa qonun hujjatlari asosida huquqlari vujudga kelgan yerlar
hisoblanadi.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
yerlar yuridik va jismoniy shaxslarga ular zimmasiga yuklangan maxsus
vazifalarni amalga oshirish uchun taqdim etiladi, uning o‘lchamlari
shaharsozlik normalari bilan belgilanadi.
Qonunchilikni tahlil qilish asosida ushbu yer fondi toifasini tashkil
qiluvchi yerlarning huquqiy holati uchun xos bo‘lgan yagona belgi bu –
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
yerlar tegishli korxona, muassasa va tashkilotlarga ular zimmasiga yuklangan
vazifalarni amalga oshirish uchun byerilishidir.
O‘zbekiston Respublikasida yer fondi toifalari asosiy foydalanish
maqsadidan kelib chiqib toifalarga bo‘linishini hisobga olsak, sanoat,
transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarning
tushunchasini ta’riflashda ham ushbu holatdan kelib chiqish maqsadga
muvofiq bo‘lardi. Shubhasiz ushbu yer fondi toifasining muhim belgisi bu
ularning qishloq xo‘jaligidagi singari ishlab chiqarish vositasi emas, balki
hududiy bazis, turli ob’ektlarni joylashtirish uchun makon vazifasini
bajarishidir.
Yuqoridagilar asosida, ushbu yer fondi toifasining asosiy foydalanish
maqsadi qonunchilikda aniq belgilanmagan bo‘lsada, huquqni qo‘llash
175
amaliyotini tahlil etib, bunday maqsadlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib
o‘tish maqsadga muvofiq:
– turli xo‘jalik ahamiyatidagi ob’ekt va qurilmalarni joylashtirish, turli
xil ko‘chmas mulk ob’ektlarini yaratish va ularni ishlatish uchun hududiy
bazis vazifasini bajarish;
– ushbu toifa yerlarning asosiy foydalanish maqsadi ushbu yerlarda
joylashgan ob’ekt (ob’ektlar) bilan belgilanadigan ularning maxsus vazifasi
bilan belgilanadi;
– sanoat ob’ektlarini, avtomobil va temir yo‘llarini hamda boshqa aloqa
yo‘llarini, aloqa ob’ektlari va mudofaa ob’ektlarini va h.k.larini barqaror
faoliyatini ta’minlash;
– yerlarning alohida turlari huquqiy maqomining o‘ziga xos jihatlarini
(fuqarolik muomalasining cheklanganligi, mulkchilikning cheklanganligi,
yerga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish, o‘zgarish va bekor bo‘lish
asoslarining o‘ziga xosligi).
Ayni damda ushbu yer fondi toifalari maqsadlarining xilma-xilligini
e’tirof etish barobarida ularni yagona belgi ostida birlashtirish ham muhim
ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqqan holda, adabiyotlarda mazkur yer
fondi toifasiga quyidagicha ta’rif byeriladi: “bu qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarish maqsadlari, shaharsozlik qurilishi yoki o‘rmon xo‘jaligi
maqsadlaridan boshqa ehtiyojlar uchun foydalanishga byeriladigan yer
uchastkalari bo‘lib, ularni birlashtiradigan yagona maqsad – bu noqishloq
xususiyatga egaligidir”
40
.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
yerlardan foydalanishning asosiy maqsadini aniqlashtirish uchun ularni
yagona foydalanish maqsadi va boshqa umumiy xususiyatlari bilan
tavsiflanuvchi turlarga ajratish maqsadga muvofiq. Shunga muvofiq, ushbu
holatda ularning umumiy huquqiy maqomi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin
bo‘lardi.
Demak, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga
mo‘ljallangan yerlarning huquqiy maqomining asosiy elementlari bo‘lib,
quyidagilar hisoblanadi:
1) asosiy foydalanish maqsadi va ruxsat etilgan foydalanish darajasi;
2) fuqarolik-huquqiy muomalasi;
3) ushbu yer fondi toifasiga mansub yer uchastkalari mulkdori, yerdan
foydalanuvchilari va ijarachilarining huquq va majburiyatlari;
4) muhofaza, ro‘yxatga olish va monitoring.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
yerlarning yuqoridagi xususiyatlari uning huquqiy holati boshqa yer fondi
toifalarining huquqiy holatidan farq qilishini ko‘rsatmoqda. Jumladan, ularni
40
Краснов Н.И. Ko‘rs. asar. – B. 40.
176
muhofaza qilishning yo‘nalishi sifatida tuproq unumdorligini qayta tiklash va
oshirish ko‘zda tutilmaydi. Shu bois ham, sanoat, transport, aloqa va mudofaa
sohalarida faoliyatni amalga oshirish uchun birinchi navbatda qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz
bo‘lgan yerlar yoxud qishloq xo‘jaligining sifati yomon yerlari byeriladi (Yer
kodeksining 23-moddasi).
Ushbu toifa yerlarning yana bir muhim xususiyati – ularda amalga
oshirilayotgan faoliyat natijasida ham yer uchastkasiga, ham atrof muhitga
zararli ta’sir ko‘rsatiladi. Jumladan, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari,
enyergetika ob’ektlari, neft qazib olish ishlab chiqarishi, kimyoviy ishlab
chiqarish, radioaktiv ashyolardan foydalanish, atrof muhitga fizik ta’sir
ko‘rsatish ob’ektlarini ishlab chiqarish, ishlatish, ta’mirlash va texnik xizmat
ko‘rsatish va h.k. atrof muhit sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatilishiga olib keladi.
Shu bois ham, ekologik qonunchilikda xo‘jalik faoliyati va boshqa yo‘sindagi
faoliyatga doir ekologiya talablari belgilangan
41
.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
yerlarda joylashgan ob’ektlarning atrof muhit uchun zararli xususiyatidan
kelib chiqqan holda, bir tomondan, bunday ob’ektlrni muhofaza qilish
zaruriyati, boshqa tomondan, ularga tutash huddlarda maxsus foydalanish
holatini belgilash zaruriyati mavjud.
Ushbu yer toifasi alohida ichki tizimiga ega bo‘lib, bir nechta mustaqil
tarkibiy qismlardan iborat. Bunday tasniflash mezoni bo‘lib esa, ushbu yer
fondiga mansub bo‘lgan yer uchastkalari taqdim etilayotgan korxona,
muassasa va tashkilotlar bajaradigan o‘ziga xos vazifalar xususiyati
hisoblanadi.
Xususan, amaldagi yer qonunchiligi (Yer kodeksining 69-moddasi)
mazmunidan kelib chiqqan holda, ushbu yer fondi toifasini quyidagicha besh
guruhga tasniflashimiz mumkin:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |