suv fondi yerlari
ham mavjud bo‘lib, suv
havzalarining sohil va qirg‘oq bo‘ylaridan asosan aholining dam olishi,
sport tadbirlari o‘tkazish maqsadlarida, oromgohlar tashkil etish uchun
foydalaniladi.
Bu yerlarda yuridik va jismoniy shaxslarga engil inshootlar, ya’ni
savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama inshootlari qurishga yo‘l
qo‘yilishi mumkin. Bu qurilmalarni joylashtirishga faqat tuman, shahar
hokimiyatining ruxsati bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Aholi punktlari yerlari tarkibida
zaxira yerlar
ham mavjud bo‘lib,
bu yerlar ham alohida ob’ekt sifatida qaraladi. Mazkur toifa yerlar ulkan
iqtisodiy, ekologik va huquqiy ahamiyatga ega bo‘lib, bu yerlarni
fuqarolar va yuridik shaxslarga foydalanish uchun ajratib berish tartibi
qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |