Sug‘oriladigan yerlar
–
qishloq xo‘jaligida foydalanish va
sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni
ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan yerlar.
Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan
yerlar
– kadastr baholanishiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20
foizdan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari.
Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni
rayonlashtirish
– hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xo‘jaligi
o‘simliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda bo‘linishi.
Aholi punkti yerlari
–
davlat yer fondining boshqa toifalaridan
o‘ziga xos xususiyatlari, huquqiy holati, foydalanishning asosiy
maqsadiga ko‘ra ajralib turadigan, Yer kodeksi, Shaharsozlik va yer
tuzish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida shu maqsadlar uchun belgilab
qo‘yilgan yerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |