Toshkent davlat yuridik universiteti


Yer fondining davlat boshqaruv organlari tizimi



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Yer fondining davlat boshqaruv organlari tizimi 
 
Yer  fondining  davlat  boshqaruvini  amalga  oshiradigan  organlar 
doirasi  kengdir.  O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  xujjatlariga 
muvofiq, yer fondining davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlar 
umumiy va maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlariga bo‘linadi. 
Umumiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  organlar  qatoriga  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
Vazirlar  Kengashi  va  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  kiradi.  Ular 
iqtisodiyot  va  ijtimoiy  sohalarda  davlat  boshqaruvini  amalga  oshirish 
bilan  bir  vaqtda  yer  munosabatlarini  tartibga  solish  bo‘yicha  bazi  bir 


75 
 
masalalarni  xal  qiladilar.  Shuning  uchun  xam,  ular  umumiy  vakolatga 
ega bo‘lgan organlar hisoblanadi. 
Ekologiya 
sohasidagi 
davlat 
boshqaruvida 
Vazirlar 
Mahkamasining 
vakolatlari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining  98-moddasida,  O‘zbekiston  Respublikasining  2003 
yil  23  avgustdagi  “Vazirlar  Mahkamasi  to‘g‘risida”gi  qonunining 
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 y., 9-
10-son, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 
2007  y.,  15-son,  153-modda;  2016  y.,  39-son,  457-modda)  1,  5,  11-
moddalarida,  O‘zbekiston  Respublikasining  1992  yil  9  dekabrdagi 
“Tabiatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida”gi  qonunining  (O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Kengashining  Axborotnomasi,  1993  y.,  1-son,  38-
modda;  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi, 
1995  y.,  6-son,  118-modda;  2017  y.,  24-son,  487-modda,  37-son,  978-
modda) 
9-moddasida 
hamda 
1998 
yil  
30 apreldagi Yer kodeksining 4-moddasi va boshqa tegishli moddalarida 
belgilangan.  
Mazkur  qonun  hujjatlarida  belgilangan  normalarga  asoson 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yer resurslarini muhofaza 
qilish  va  ulardan  foydalanish  masalalari  bo‘yicha  quyidagi  vazifalarni 
amalga oshiradi: 

 
normativ  xujjatlar  (qaror,  nizom,  qoida  va  tartiblar)  qabul 
qiladi;  

 
yerlarni  muhofaza  qilish  va  yer  resurslardan  oqilona 
foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;  

 
davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  yerga  oid 
munosabatlar  bilan  bog‘liq  ishlarini  muvofiqlashtiradi  va  yo‘naltiradi, 
ularning  faoliyati  ustidan  qonunda  belgilangan  tartibda  nazoratni 
ta’minlaydi;  

 
yerga  oid  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
Farmonlari, 
qarorlari 
va 
farmoyishlari 
ijrosini 
ta’minlaydi;  

 
tuproq  unumdorligini  oshirish,  tabiatni  muhofaza  qilish 
sohasida  boshqa  tadbirlar  bilan  yaxlit  tarzda  yerlardan  oqilona 
foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  yuzasidan  davlat  dasturlarini 
ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi;  

 
 yer  resurslardan  foydalanganlik  uchun  soliq  miqdorini 
belgilaydi; 


76 
 

 
 qishloq  xo‘jaligining  tabiiy  moslashuvi  jixatidan  yerlarni 
rayonlashtirish,  yer  tuzishni,  atrof  tabiiy  muhit  monitoringini,  shu 
jumladan  yer  monitoringini,  davlat  yer  kadastrini  yuritilishini  tashkil 
etadi;  

 
 davlat  mulkidagi  yerlarni  tasarruf  etadi,  shu  jumladan,  yer 
uchastkalarini foydalanish, egalik kilish va ijara huquqi asosida yuridik 
va  jismoniy  shaxslarga  ajratadi  hamda  yerga  bo‘lgan  huquqlarni 
belgilangan tartibda bekor qiladi;  

 
 yer  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  davlat  organlarining 
faoliyatini muvofiqlashtiradi;  

 
 yerdan  foydalanish  va  uni  muhofaza  etish  ustidan  davlat 
nazoratini tashkil etadi;  
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yer munosabatlarini 
tartibga  solish  sohasida  uning  vakolatiga  kiradigan  boshqa  masalalarni 
hal qiladi. 
Yer  fondining  davlat  boshqaruvida  mahalliy  davlat  hokimiyat 
organlarining 
vakolatlari 
Konstitutsiyamizning  
100-moddasi,  O‘zbekiston  Respublikasining  1993  yil  3  sentyabrdagi 
“Mahalliy  davlat  hokimiyati  to‘g‘risida”gi  qonunning  10-24  va  25-
moddalarida  belgilangan  vazifalarga  rioya  etish,  “Tabiatni  muhofaza 
qilish  to‘g‘risida”gi  qonunning  10-moddasi,  shuningdek  Yer 
kodeksining  5-6  va  7-moddalari  va  boshqa  moddalarida  belgilangan 
vakolatlarni bajarish orqali namoyon bo‘ladi.  
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududlarida yer resurlarni 
davlat boshqaruvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar:  

 
mintaqada  (hududda)  tabiatni  muhofaza  qilishning  asosiy 
yo‘nalishlarini  belgilaydilar,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va 
ularni muhofaza qilishning hududiy dasturlarini tasdiqlaydilar;  

 
atrof  tabiiy  muhitga  zarar  yetkazayotgan  obektlar  faoliyatini 
vaqtincha  yoki  butunlay  to‘xtatish  va  qayta  ixtisoslashtirish  to‘g‘risida 
qarorlar qabul qiladilar;  

 
foydalanishni  tashkil  qilish  maqsadida  yer  uchastkalarini  - 
egalikka,  foydalanishga  yoki  ijaraga,  va  shunday  huquqlarni  bekor 
qiladilar;  

 
 yer  monitoringi,  davlat  yer  kadastri  yuritilishini  tashkil 
etadilar; 

 
yer  resurslaridan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza 
qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.  


77 
 
Maxsus vakolatli davlat organlariga yer fondi davlat boshqaruvini 
amalga  oshiruvchi  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralar  kiradi. 
Ularning  faoliyati  asosan  yer  munosabatlarini  tartibga  solish  bilan 
bog‘liq bo‘lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadilar. 
Ular  tarmoqlararo,  yani  bir  necha  tarmoqlarni  va  bir  necha  tabiiy 
resurslarni  idora  etuvchi  organlarga  hamda  tarmoqqa  oid,  yani  ma‘lum 
bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo‘linadi. 
Yer  resurslari  davlat  boshqaruvining  maxsus  vakolatli  organlari 
ichida  markaziy  o‘rinni  O‘zbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi egallaydi. Ekologiya va atrof-
muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining 
2017 
yil  
21  apreldagi  “Ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  sohasida 
davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-sonli 
Farmoni  va  “O‘zbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof  muhitni 
muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  faoliyatini  tashkil  etishni  ta’minlash 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”  PQ-2915-sonli  qarori,  shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 maydagi  
310-sonli  Qarori  bilan  tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi 
Ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 
to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq tabiatni muhofaza qilish, tabiiy 
resurslardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  sohasida  davlat 
nazoratini  hamda  tarmoqlararo  boshqaruvni  amalga  oshiruvchi, 
idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli 
organdir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof-muhitni 
muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  o‘z  faoliyatida  O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va unga hisob beradi. 
Ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  yer 
munosabatlarini  tartibga  solish  yuzasidan  quyidagi  asosiy  vakolatlarni 
amalga oshiradi: 

 
ekologik  tizimlar,  tabiiy  genofond,  biologik  muvozanatning, 
shuningdek  atmosfera  havosini,  yer  usti  va  yer  osti  suvlarini,  tuproqni 
ifloslantiruvchi  manbalarning,  o‘simlik  dunyosi  (shu  jumladan 
o‘rmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik 
suv ob’ektlarining holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi; 

 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  atrof-muhitni 
muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  sohasidagi 
qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu 
jumladan quyidagilarni amalga oshiradi: 


78 
 
-  ifloslantiruvchi  moddalarni  atrof-muhitga  chiqarib  tashlashning 
va  oqizishning,  chiqindilar  hosil  bo‘lishi  va  joylashtirilishining 
belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek bunday ifloslantiruvchi 
moddalarni  chiqarib  tashlashni,  oqizishni  va  chiqindilarni  belgilangan 
normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;  

yangi  va  qayta  tashkil  etilgan  korxonalar  hamda  boshqa 
ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik 
xavfsizlik talablari; 
-  yer  qa’rini  geologik  o‘rganish,  foydali  qazilmalarni  qazib  olish, 
portlatish  ishlarini  o‘tkazish,  qazilma  chiqindixonalari,  terrikonlar, 
qoldiq  jinslar  uyumi  va  chiqindixonalarni  joylashtirish  hamda  ulardan 
foydalanish  chog‘ida  atrof-muhitni  ifloslanishdan,  bulg‘anishdan  va 
kamayishdan  muhofaza  qilish  hamda  tabiiy  resurslardan  kompleks 
foydalanish; 
-  o‘simliklarni  himoya  qilish  vositalarini,  ularning  o‘sishini 
tezlashtiruvchi  moddalarni,  mineral  o‘g‘itlarni,  boshqa  kimyoviy 
moddalar  va  preparatlarni  tashish,  saqlash  va  qo‘llash  chog‘ida  atrof-
muhitni muhofaza qilish; 
- keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari; 
-  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  kompleks 
foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarini ishlab 
chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish; 
-  yer  uchastkalari  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilar  tomonidan 
tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; 
- vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib 
olish va boshqa ta’sirlar  natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun 
yaroqli holga keltirish; 
-  o‘rmon  resurslari,  qimmatli  tabiiy  landshaftlar,  shuningdek 
o‘rmon  o‘simliklari  suvini  muhofaza  qilish,  suvni  boshqarish,  ekin 
maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya tadbirlarini ta’minlash; 

 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi 
hokimiyat  organlari,  boshqa  tashkilotlar  bilan  birgalikda  zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  qo‘llagan  holda,  ifloslangan 
va  boshqa  zararli  ta’sirlarga  uchragan  atrof-muhitning  holati,  tabiiy 
resurslardan  foydalanish  to‘g‘risidagi  yagona  respublika  ma’lumotlar 
bazasini shakllantiradi va yuritadi;  

 
atrof-muhitga  ifloslantiruvchi  moddalarni  chiqarib  tashlash 
hamda  oqizishning  yo‘l  qo‘yiladigan  normativlari  va  chiqindilarni 
joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;  


79 
 

 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
hududida 
atrof-muhit 
ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonunchilikda 
belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini undiradi;  

 
davlat  dasturlari,  kontseptsiyalari,  ishlab  chiqarish  kuchlari, 
iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish 
sxemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga mo‘ljallangan yer 
uchastkalarini  ajratish  matyeriallari;  loyihaoldi  va  loyiha  hujjatlari; 
tabiiy  resurslardan  foydalanish  bilan  bog‘liq,  xo‘jalik  va  boshqa  xil 
faoliyatni  tartibga  soluvchi  texnik  reglamentlar,  ekologik  normativlar 
loyihalari;  texnika,  texnologiyalarning  yangi  turlarini  yaratishga  doir 
hujjatlar;  atrof  tabiiy  muhit  holati  va  fuqarolar  sog‘lig‘iga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatuvchi  ishlab  turgan  korxonalar  va  boshqa  ob’ektlar;  keyinchalik 
ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat 
va  ekologik  ofat  zonalari  maqomini  berish  maqsadida  o‘tkazilgan 
hududlarni kompleks tekshirish matyeriallari; shaharsozlik hujjatlarining 
barcha  turlari;  maxsus  huquqiy  rejimli  ob’ektlarni  davlat  ekologik 
ekspyertizasidan o‘tkazadi;  

 
belgilangan tartibda:  
-  tabiatdan,  yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  maqsadida, 
shuningdek  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  sohasida  ruxsatnoma 
xususiyatiga  ega  hujjatlar;  chiqindilarni  saqlash  va  ko‘mish  maqsadida 
yer  osti  inshootlari  qurish  va  ulardan  foydalanish  uchun  yer  qa’ridan 
foydalanish huquqiga litsenziyalar; 
-    davlat  ekologik  ekspyertizasi  xulosalarini  beradi  va  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  boshqa  vakolatlarni  ham  amalga 
oshiradi.  
yer  fondining  davlat  boshqaruvini  tashkil  qilishda  O‘zbekiston 
Respublikasi  yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri 
davlat qo‘mitasi maxsus vakolatli organ hisoblanib, mazkur qo‘mita o‘z 
faoliyatini  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  31 
maydagi  “Yerdan  oqilona  foydalanish  va  muhofaza  qilish  nazoratini 
kuchaytirish,  geodeziya  va  kartografiya  faoliyatini  takomillashtirish, 
davlat 
kadastrlarini 
yuritishni 
tartibga 
solish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi  
PF-5065-sonli Farmoni  va  2017  yil  31  maydagi  “O‘zbekiston 
Respublikasi  yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri 
davlat  qo‘mitasi  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-3024-son qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 
2004 yil 19 oktyabrdagi 483-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston 


80 
 
Respublikasi  Yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri 
davlat  qo‘mitasi  to‘g‘risida”gi  nizom  asosida  amalga  oshiradi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  “Yergeodezkadastr”  qo‘mitasining  asosiy 
vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: 
-  yerdan  oqilona  foydalanish  va  muhofaza  qilish  bo‘yicha  yagona 
davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;  
-  yerdan  oqilona  foydalanish  va  muhofaza  qilish  ustidan  davlat 
nazoratini amalga oshirish;  
-  tuproq  unumdorligini  oshirish,  yerdan  oqilona  foydalanish  va 
muhofaza  qilish  bo‘yicha  davlat  dasturlarini  ishlab  chiqish  hamda 
amalga oshirish;  
- geodeziya va kartografiya sohasidagi faoliyatni boshqarish; 
-  davlat geodeziya nazoratini tashkil qilish;  
-  joylarda  davlat  boshqaruvi  organlari  va  davlat  hokimiyati 
organlarining  davlat  kadastrlarini  yuritish  sohasidagi  faoliyatini 
muvofiqlashtirish;  
-  davlat  yer  kadastrini,  davlat  kartografiya-geodeziya  kadastrini, 
binolar  va  inshootlar  davlat  kadastrini,  shuningdek,  Davlat  kadastrlari 
yagona tizimini yuritishdan iborat.  
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarni 
bajarish uchun quyidagi 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish