Toshkent davlat yuridik universiteti


Yer fondini davlat boshqaruvi deganda vakolatli



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Yer fondini davlat boshqaruvi deganda vakolatli 
davlat organlarining yerdan foydalanish va uni muhofaza 
etish bo‘yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati 
tushuniladi.  
 
Esda 
tuting! 
 
Davlat 
boshqaruv 
organlarining 
ijroiya 
faoliyati 
ushbu 
organlarning  ijroiya  hokimiyatiga  taalluqliligidan  kelib  chiqib,  qonun 
hujjatlari  hamda  vakillik  organlarining  qarorlarini  amalga  oshirishga 
qaratilgan.  Shu  bois  yerdan  foydalanish  va  uni  muhofaza  etishni 


71 
 
xususiyati  mavjudligini  qayd  etish  lozimdir.  Bu  xususiyat  yer 
munosabatlarini tartibga solishda davlat hokmiyatining vakillik organlari 
qatnashishida namoyon bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 
“Mahalliy  davlat  hokimiyat  organlari  to‘g‘risida”gi  qonunning  10-
moddasiga  muvofiq  yer  uchastkasi  ajratib  berish  yoki  qaytarib  olish 
to‘g‘risidagi  tuman  yoki  viloyat  hokimining  qarori  tegishli  xalq 
deputatlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Davlat  boshqaruvi  organlarining  yer  fondini  tartibga  soluvchi 
farmoyishlari  ularning  ushbu  sohadagi  ijtimoiy  munosabatlarni 
belgilashdagi vakolat doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy 
ko‘rsatmalar  berish  huquqidan  kelib  chiqadi.  Ushbu  majburiy 
ko‘rsatmalar  ko‘p  marotaba  qo‘llanadigan,  yani  ular  tomonidan  qabul 
qilingan 
meyoriy 
xujjatlarda 
belgilanadi, 
yoki 
bir 
marotaba 
qo‘llanadigan,  ma‘lum  bir  yoki  bir  necha  sub‘ektga  taalluqli  bo‘ladi, 
masalan,  huquqbuzarlikni  to‘xtatish  bo‘yicha  ko‘rsatmalardan  iborat 
bo‘ladi. 
Yer  fondini  davlat  boshqaruvi  organlarining  ijroiya  etish  va 
farmoyish  berish  faoliyati  yer  to‘g‘risidagi  qonun  xujjatlarini 
bajarilishini taminlashga qaratilgan. 
yer fondini davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan: 

 
boshqarishning  qonuniylikka  asoslanishi,  ya‘ni  davlat 
boshqaruv  organlarining  yer  munosabatlarini  tartibga  solishda  faqat 
qonun  xujjatlarida  belgilangan  vakolat  doirasida  hamda  huquqlari 
asosida faoliyat yuritishi; 

 
tarmoq  va  hududiy  boshqarishni  muvofiqlashtirishga,  yani 
yer  munosabatlarni  tartibga  solishda  davlat  organlarining  faoliyati  ham 
hududning rivojlanishini, ham yerdan foydalanishning oqilonaligi va uni 
muhofaza etishning taminlanishiga qaratiladi. Bundan tashqari, yer fondi 
davlat  boshqaruvi  organlari  tomonidan  ham  hududiy,  ham  tarmoq 
bo‘ysunishda  shakllantiriladi,  masalan,  yer  resurslari,  geodeziya, 
kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat  qo‘mitasining  hududiy 
bo‘linmalari  ham  mazkur  qo‘mitaga,  ham  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlariga bo‘ysunadilar; 

 
yer  masalalarini  hal  qilishda  har  tomonlama  yondashishga, 
yani  yerlardan  foydalanishni  tashkil  etishda  ushbu  foydalanishning 
oqilonaligi  va  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  etishni  ta‘minlash  va 
respublika  xalq  xo‘jaligi  va  aholini  iqtisodiy  va  ijtimoiy  manfaatlarini 
qondirishni ta‘minlash; 


72 
 

 
yer  fondining  davlat  boshqaruvini  tashkil  etishda  tabiiy 
resurslardan foydalanish va nazorat qilishni ajratish, yani ushbu sohada 
yerlardan  bevosita  foydalanuvchilar  nazorat  qilish  vakolatiga  ega 
bo‘lmasligida,  yer  fondini  davlat  boshqaruvi  organlarini  shakllantirish 
hamda  ularning  faoliyatlarini  tashkil  qilishda  foydalanish  va  nazorat 
qilish vakolatlarini tartibga solishda ifodalanadi. 
Yer  fondining  davlat  boshqaruvi  malum  bir  shakllarda  va 
uslublarda  amalga  oshiriladi.  Ushbu  boshqaruvning  shakllari  bo‘lib, 
huquqni  ijod  qilish,  ijroiya  va  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati 
hisoblanadi. Ijroiya organlari huquqni ijod qilish yo‘li bilan qabul qilgan 
me‘yoriy  hujjatlarida  qonunlarda  belgilangan  qoidalarni  yanada 
rivojlantirib,  ijtimoiy  munosabatlarni  batafsil  tartibga  soluvchi 
me‘yorlarni  belgilaydilar.  Masalan,  Yer  kodeksning  va  “Davlat  yer 
kadastri  to‘g‘risida”gi  qonunning  qoidalari  O‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  1998  yil  31  dekabrdagi  543-sonli  qarori  bilan 
tasdiqlangan  “Davlat  yer  kadastrini  yuritish  to‘g‘risida”gi  Nizom  va 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014  yil  7 
yanvardagi  “Ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1-sonli qaroriga birinchi 
ilova  qilingan  “Ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan  huquqlarni  va  u  haqda 
tuzilgan  bitimlarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  tartibi  to‘g‘risida”gi 
Nizom mazkur sohada davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan 
harakatlarni  belgilab  berishi  bilan  birga  ularni  amalga  oshirish 
me‘yorlarini ham tartibga soladi. 
Shuningdek, 
davlat 
boshqaruv 
organlarining 
yer 
fondini 
boshqarishdagi  ijroiya  faoliyati  ularning  qonun  xujjatlarini  amalga 
oshirish  bo‘yicha  amaliy  faoliyati  hisoblanadi.  Masalan,  yer 
uchastkalarini  joyida  ajratib  berish,  ularni  tanlov  orqali  sotish,  yer 
uchastkasiga  bo‘lgan  huquqni  davlat  ro‘yxatiga  olish,  yuridik  va 
jismoniy  shaxslar  tomonidan  yerlardan  oqilona  foydalanishga  oid 
huquqlari  va  qonuniy  manfaatlariga  rioya  etilishini,  ular  tomonidan 
yerdan foydalanish bilan bog‘liq majburiyatlar bajarilishini, shuningdek 
ularni  muhofaza  qilish  qoidalariga  rioya  etilishini  nazorat  qilish  va 
hokazolarni ta’minlashdan iborat.   
Davlat  boshqaruv  organlarining  yer  fondini  huquqiy  muhofaza 
qilish faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza 
qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni intizomiy, mamuriy 
va  jinoiy  javobgarlikka  tortish  masalasi  huquqni  muhofaza  qilish 
organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning mamuriyati  oldiga qo‘yiladi, 


73 
 
belgilangan  tartibda  mamuriy  javobgarlikka  tortadilar,  yer  fondiga 
yetkazilgan  zararni  undirish  bo‘yicha  sudga  davo  qo‘zg‘atadilar,  yer 
egalari  va  yerdan  foydalanuvchilarning  buzilgan  huquqlarini  tiklashga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. 
yer  munosabatlarini  tartibga  solishda  davlat 
boshqaruv  organlari  boshqarish  uslublarini,  yani 
ijtimoiy  munosabatlar  sub‘ektlariga  davlat  ta‘sir 
ko‘rsatish  usullarini  qo‘llaydilar.  Ular  tarkibiga  ruxsat  berish,  man 
qilish, rozilik berish, majburiy ko‘rsatmalar berish kiradi.

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish