Toshkent davlat yuridik universiteti


Yerlarni  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olinishdan  himoya



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Yerlarni  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olinishdan  himoya 
qilinishi 
Yer  kodeksida  alohida  belgilangan.  Ushbu  kodeksning  91-
moddasiga  binoan  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer 
uchastkalari  ularga  g‘ayriqonuniy  ravishda  egalik  qilingan  va 
foydalanilgan  vaqtda  qilingan  sarf-harajatlar  qoplanmagan  tarzda 
tegishliligiga  ko‘ra  qaytariladi.  Yer  uchastkalarini  foydalanish  uchun 
yaroqli  holatga  keltirish  yer  uchastkalarini  o‘zboshimchalik  bilan 
egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.  
  Yer  qonunchiligida  yerdan  foydalanuvchilarga  ishlab  chiqarish 
faoliyati  davrida  ularga  yetkazilgan  zarar,  nobudgarchilikning  o‘rnini 
qoplash  masalasi  ham  hal  qilingan.  Yer  kodeksining  86-moddasida 
ko‘rsatilishicha,  yer  uchastkasidan  foydalanuvchiga  yetkazilgan  zarar 
(shu  jumladan  boy  berilgan  foyda)  ning  o‘rni  quyidagi  hollarda  to‘la 
hajmda  qoplanadi:  yerlar  olib  qo‘yilgan,  qayta  sotib  olingan  yoki 
vaqtincha  egallab  turilganida;  suv  havzalari,  kanallar,  kollektorlar, 
shuningdek  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  va  dov-daraxtlar  uchun  zararli 
moddalar 
chiqaradigan 
boshqa 
ob’ektlar  qurish  va  ulardan 


68 
 
foydalanishning  ta’siri  hamda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  hosil 
kamayishiga  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotining  sifati  yomonlashuviga 
olib  boradigan  boshqa  hatti-harakatlari  oqibatida  yerlarning  sifati 
yomonlashgan  taqdirda  qoplanishi  kerak.  Yetkazilgan  zarar  aybdor 
korxona, tashkilot tomonidan qoplanadi.  
  Yuqorida 
aytilganlardan 
tashqari, 
yer 
qonunchiligida 
belgilanishicha,  yer  egalari,  mulkdorlari,  foydalanuvchilar,  ijarachilar 
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachisi va 
mulkdorlarining  huquqlarini  buzmasliklari  shart  (Yer  kodeksining  40-
moddasi).  Demak,  qonun  yer  egasi,  yerdan  foydalanuvchi,  ijarachi  va 
yer  uchastkasi  mulkdorlariga  majburiyat  yuklash  orqali,  boshqa  yerdan 
foydalanuvchilarning huquqini himoya qilyapti.  
  Demak, aytilganlardan xulosa qilganda, yerdan foydalanish huquqi 
qonun 
bilan 
kafolatlangan. 
Yerdan 
foydalanish 
huquqining 
kafolatlanganligi, 
qonun 
bilan 
muhofaza 
qilinishi 
yerdan 
foydalanuvchilarning 
ishlab 
chiqarish 
faoliyati 
barqarorligini 
ta’minlashga, ular faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.  
 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish