10.2. Jahon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari
Amerika modelida:
Federal, shtat, shahar (mahaliy) soliqlar mavjud. Federal soliqning
asosiy xususiyati shundaki, federal budjet tarkibida to’g’ri soliqlarning
ulushi katta. Aholidan olinadigan daromad solig’i federal budjetning
asosiy qismi hisoblanadi.
Amerikada har bir jismoniy shaxs o’zining soliq maqomiga ega: er-
xotinning birgalikda yoki alohida soliq deklaratsiyasini to’ldirishi oilaviy
ahvolga qarab guruhlanadi va soliq to’lovchiga ma’lum imtiyozlar
beriladi.
Daromadlarni hisoblash uch bosqichdan iborat, ya’ni: yalpi daromad
(tushum); hisoblangan daromad; soliqqa tortiladigan daromad, yalpi
daromaddan ayrim chegirmalar va ajratmalar chegiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |