Toshkent davlat yuridik universiteti


 Soliq qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   256
9.4. Soliq qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy 
javobgarlik 
 
Mamlakatimizda  yuz  berayotgan  iqtisodiy  qayta  qurishlar,  xo’jalik 
faoliyatini yuritish sharoitlarining o’zgarishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, 
turli  subyektlar  o’rtasida  raqobatning  avj  oldirilishi  va  boshqa  bozor 
iqtisodiyoti  munosabatlarining  rivojlanishi  va  chuqurlashib  borishi 
natijasida,  jamiyatda  soliq  sohasida  bizga  ma’lum  bo’lmagan  yangi 
ko’rinishdagi  huquqbuzarliklarni  yuzaga  keltirdi.  Bozor  iqtisodiyoti 
rivojlangan  mamlakatlarda soliq sohasida yuz beradigan huquqbuzarliklar 
-  odatiy  va  ko’p  tarqalgan  hodisalardan  biri  bo’lib,  ular  o’rtasida  soliq 
jinoyatlari  (o’zining  ijtimoiy  xavfliligi  va  xususiyatlari  bilan)  ajralib 
turadi.  
Sobiq  Ittifoq  davridagi  jinoyat  qonunchiligi  soliq  va  boshqa 
to’lovlarni  to’lashdan  bo’yin  tovlaganlik  uchun  javobgarlikni  nazarda 
tutmagan  hamda  bu  borada  hech  qanday  amaliyotga  ega  bo’lmagan. 
Davlat  o’ziga  kerak  bo’lgan  moliyaviy  mablag’larni,  davlat  mulki 
hisoblangan  tashkilotlarning  ajratmalaridan  shakllantirgani  sababli, 
soliqlar budjet manbasi sifatida “ikkilamchi” xususiyatga ega bo’lgan.  
Jamiyatning  rivojlanishi  va  aynan  1985  yildan  boshlab  qayta  qurish 
siyosatining  olib  borilishi  natijasida,  Sobiq  Ittifoq  jinoyat  qonunchiligiga 
(1986 yilda) 179-moddasi, ya’ni daromadlar haqida deklaratsiya berishdan 
bo’yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik o’rnatildi.  
Har  qanday  jinoyat  to’g’risida  so’z  yuritganda,  birinchi  navbatda 
uning ijtimoiy xavfiga e’tiborni qaratish lozim. 
Soliq  jinoyatlarining  ijtimoiy  xavflilik  darajasini  aniqlash  vaqtida, 
birinchi  navbatda  uning  ijtimoiy  zararini,  ya’ni  O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi  va  qonun  hujjatlari  bilan  belgilangan,  soliq  va  boshqa 
to’lovlarni to’lashda ifodalangan - ommaviy-huquqiy majburiyatga tajovuz 
qilinishini e’tiborga olish lozim.  
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 14-moddasiga binoan 
Jinoyat  kodeksi  bilan  taqiqlangan,  aybli  ijtimoiy  xavfli  qilmish  (harakat 
yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyatdeb topiladi.  
Jinoyat kodeksi bilan qo’riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan 
yoki  shunday  zarar  yetkazish  real  xavfini  keltirib  chiqaradigan  qilmish 
ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.  


241 
 
Jinoyatlar o’z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra:  
­  ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlar;  
­  uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar;  
­ 
og’ir jinoyatlar;  
­ 
o’ta og’ir jinoyatlarga bo’linadi.  
Jinoyat  kodeksida  nazarda  tutilgan  jinoyat  tarkibining  barcha 
alomatlari  mavjud  bo’lgan  qilmishni  sodir  etish  javobgarlikka  tortish 
uchun asos bo’ladi.  
Jinoiy  javobgarlik  -  jinoyat  qonunchiligi  me’yorlarini  ijro  etilishini; 
jinoiy  munosabat  ishtirokchilariga  yuklatilgan  huquq  va  majburiyatlarni 
amaliy  bajarilishi  jarayonini;  maxsus  organ  –  sud  tomonidan  shaxsning 
ijtimoiy xavfli xatti-harakatining salbiy baholanishini; bu shaxsga nisbatan 
davlat majburlov chorasi - jinoiy jazo qo’llanilishini anglatadi.  
 
O’zbekiston  Respublikasi Jinoyat  kodeksining  184-moddasi  soliqlar  yoki  boshqa  majburiy 
to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash deb nomlanib, unga ko’ra: 
Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib 
ko’rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to’lovlarni 
to’lashdan qasddan bo’yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy 
jazo  qo’llanilganidan  keyin  ro’y  bergan  bo’lsa,  -  eng  kam  oylik  ish  haqining  bir  yuz  ellik 
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq 
bilan jazolanadi.  
Soliqlar  yoki  boshqa  majburiy  to’lovlarni  to’lashdan  bo’yin  tovlash:  takroran  yoki  ko’p 
miqdorda  sodir  etilgan  bo’lsa,  -  eng  kam  oylik  ish  haqining  bir  yuz  ellik  baravaridan  uch  yuz 
baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  ikki  yildan  uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  uch 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.  
Soliqlar  yoki  boshqa  majburiy  to’lovlarni  to’lashdan  bo’yin  tovlash  juda  ko’p  miqdorda 
sodir  etilgan  bo’lsa,  -  eng  kam  oylik  ish  haqining  uch  yuz  baravaridan  olti  yuz  baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.  
Qasddan  yashirilgan,  kamaytirib  ko’rsatilgan  foyda  (daromad)  bo’yicha  soliqlar  va  boshqa 
majburiy  to’lovlar  to’liq  to’langan  taqdirda,  ozodlikdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazo 
qo’llanilmaydi.  
O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  179-moddasida  soxta  tadbirkorlik  uchun 
jinoiy  javobgarlik  belgilangan  bo’lib,  unga  ko’ra    ustavida  ko’rsatilgan  faoliyatni  amalga  oshirish 
maqsadini  ko’zlamasdan  ssudalar,  kreditlar  olish,  foydani  (daromadni)  soliqlardan  ozod  qilish 
(soliqlarni  kamaytirish)  yoki  boshqacha  mulkiy  manfaat  ko’rish  maqsadida  korxonalar  va  boshqa 
tadbirkorlik tashkilotlari tuzish - eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha 
miqdorda  jarima  yoki besh  yilgacha  muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  yoxud uch  yilgacha axloq 
tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.  
 
Soliqqa 
oid 
qonunchilik 
hujjatlarini 
buzganlik 
uchun 
huquqbuzarliklar  uchun  javobgarlikni  adolatli  bo’lishi,  shuningdek 
davlatimiz  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  jarayonida 
javobgarlikni  liberallashtirish  yuzasidan  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar 
davlatimiz  tomonidan  tadbirkorlik  subyektlarini  qo’llab-quvvatlashga, 


242 
 
ishlab  chiqarishni  rivojlantirishga,  hamda  iqtisodiyotni  mustahkamlashga 
qaratilgan muhim chora-tadbirlardir.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish