Kredit tashkilotlari – tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar,
mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari.
Kurs bo‘yicha farq – milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi
kursining o‘zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga
oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq.
Moliya organlari – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
12
shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar
hokimliklarining moliya bo‘limlari.