Toshkent davlat yuridik universiteti


Quyidagilarga  aksiz  solig’i  solinmaydi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   256
Quyidagilarga  aksiz  solig’i  solinmaydi:  aksiz  to’lanadigan 
tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya 
qilishga, 
bundan 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
tomonidan  belgilanadigan  aksiz  to’lanadigan  tovarlarning  ayrim  turlari 
mustasno;  keyinchalik  O’zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududidan 
olib chiqib ketilishi sharti bilan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona 
rejimiga  joylashtirilgan  tovarlardan  ishlab  chiqarilgan  qayta  ishlash 
mahsuli  bo’lgan  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  topshirishga;  O’zbekiston 
Respublikasining  bojxona  hududiga:  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  tartibda  insonparvarlik  yordami 
sifatida;  davlatlar,  hukumatlar,  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  hayriya 
yordami  maqsadida,  shu  jumladan  texnik  ko’mak  ko’rsatish  maqsadida; 
O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  bo’yicha  xalqaro  va 
chet  el  hukumat  moliya  tashkilotlari  tomonidan  berilgan  zayomlar 
(kreditlar)  mablag’lari  hisobiga,  shuningdek  grantlar  hisobiga  yuridik 
shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to’lanadigan tovarlarni import 
qilishga;  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  O’zbekiston  Respublikasining 


127 
 
bojxona  hududiga  aksiz  solig’i  solinmaydigan  tovarlarni  olib  kirish 
normalari  doirasida  jismoniy  shaxslar  tomonidan  import  qilishga. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
bojxona 
hududiga 
aksiz 
solig’i 
solinmaydigan  tovarlarni  jismoniy  shaxslar  tomonidan  olib  kirish 
normalarining  eng  yuqori  chegarasi  qonun  hujjatlarida  belgilanadi; 
vakolatli  davlat  organining  yozma  tasdig’i  mavjud  bo’lgan  taqdirda, 
telekommunikatsiyalar  operatorlari  va  tezkor-qidiruv  tadbirlari  tizimining 
texnik  vositalarini  sertifikatlashtirish  bo’yicha  maxsus  organ  tomonidan 
olinadigan  tezkor-qidiruv  tadbirlari  tizimi  texnik  vositalarini  import 
qilishga.  Soliq  solinadigan  baza.  Aksiz  solig’ining  stavkalari  mutlaq 
summada  (qat’iy)  belgilangan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  bo’yicha  soliq 
solinadigan  baza  aksiz  to’lanadigan  tovarlarning  naturada  ifodalangan 
hajmi asosida aniqlanadi.  
Aksiz  solig’ining  stavkalari  foizlarda  (advalor)  belgilangan  ishlab 
chiqarilayotgan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  bo’yicharealizatsiya  qilingan 
aksiz  to’lanadigan  tovarlarning  aksiz  solig’i  hamda  qo’shilgan  qiymat 
solig’i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.  
Ish  haqi  hisobiga,  hisoblab  chiqarilgan  dividendlar  hisobiga,  bepul 
yoki  boshqa  tovarlarga  (ishlarga,  xizmatlarga)  ayirboshlash  uchun 
beriladigan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  bo’yicha,  shuningdek  tovarlar 
tannarxidan  past  narxlarda  realizatsiya  qilingan  taqdirda  soliq  to’lovchi 
tovarlarni  topshirish  paytida  uning  haqiqiy  tannarxidan  kam  bo’lmagan 
darajada  belgilaydigan  narx  asosida hisoblangan  qiymat  soliq  solinadigan 
bazadir.  
Qayta  ishlashga  berilgan  xom  ashyo  va  materiallardan  ishlab 
chiqarilgan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  bo’yicha  soliq  solinadigan  baza 
aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  ishlab  chiqarishga  doir  ishlar  qiymatini 
hamda  qayta  ishlashga  berilgan  xom  ashyo  va  materiallar  qiymatini  o’z 
ichiga oladi. 
Aksiz  solig’ining  stavkalari  foizlarda  (advalor)  belgilangan  import 
qilinayotgan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  bo’yicha  soliq  solinadigan  baza 
bojxona  to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  aniqlanadigan  bojxona 
qiymati asosida belgilanadi. 
Aksiz  to’lanadigan  tovarlar  ro’yxati  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. 
 
Jumladan,O’zbekiston  Respublikasi  hududigachetdan  keltiriladigan  aksiz  solig’iga 
tortiladigan  tovarlarga  yog’i  kam  go’shtdan  ajratib  olingan  cho’chqa  yog’i  va  qizdirilmagan  yoki 
boshqa  olinish  usullari  qo’llanmagan  xonaki  parranda  yog’i,  yangilari,  sovutilganlari, 
muzlatilganlari,  tuzlanganlari,  namakobga  solinganlari,  quritilganlari  yoki  dudlanganlari; 
Quyultirilmagan  va  shakar  yoki  boshqa  shirin  qiluvchi  moddalar  qo’shilmagan  sut  va  slivkalar; 


128 
 
pishloqlar  va  tvorog;  Pishloqlar  va  tvorog;  Yangi  uzilgan  olma,  nok  va  behi  va  boshqalar  kiradi. 
O’zbekiston  Respublikasida  ishlab  chiqariladigan,  aksiz  solig’i  solinadigan  tovarlarga  etil  spirti; 
vino  tabiiy  ravishda  achitilgan  natural  vinolar;  konyak,  aroq  va  boshqa  alkogolli  mahsulotlar; 
o’simlik (paxta) yog’i kiradi. 
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish