Imtiyozlar qo’llanilishi to’g’risida bildirish. Yuridik shaxs
imtiyozlarni qo’llash boshlangan sana haqida soliq bo’yicha hisobga olish
joyidagi davlat soliq xizmati organini O’zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda bildirishi
shart.
Soliq davri mobaynida imtiyozlarga bo’lgan huquq yo’qotilgan
taqdirda, soliq to’lovchi ro’yxatdan o’tkazish joyidagi davlat soliq xizmati
organini soliq to’lovchining imtiyozlarga bo’lgan huquqi yo’qotilgan sana
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan
belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |