Soliq to’lash tartibi. Yer solig’ini to’lash, agar Soliq kodeksida
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, yuridik shaxslar tomonidan
yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng
ulushlarda amalga oshiriladi.
Soliq davri mobaynida yer solig’i to’lashning belgilangan
muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to’lash
majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay
amalga oshiriladi.
Yagona yer solig’i to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari
tomonidan yer solig’ini to’lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- hisobot yilining 1 sentabriga qadar - yillik soliq summasining 30
foizi;
- hisobot yilining 1 dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |