Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   256
Soliq  stavkasi.  Yuridik  shaxslardan  olinadigan  yer  solig’ining 
stavkalari  har  yili  keyingi  moliya  yil  uchun  tasdiqlanadigan  asosiy 
makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  prognozi  va  davlat  budjeti  parametrlari 
to’g’risidagi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori  asosida 
belgilanadi.  
Yer  solig’i  stavkalari  jahon  amaliyotida  qabul  qilinganidek,  yer 
qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.  
O’zbekiston 
Respublikasida 
yerning 
bozor 
qiymati 
shakllanmaganligi  sababli,  1  gektar  sug’oriladigan  yerdan  olinadigan 
dehqonchilik  yalpi  mahsulotining  o’rtacha  qiymatidan  kelib  chiqib,  uni 
shartli baholash amalga oshiriladi.  
Jahon  soliq  amaliyotida  yer  solig’i  stavkalari  turli  mamlakatlarda 
turlicha  belgilanadi,  lekin  o’rtacha  olganda  yer  qiymatining  5  foizidan 
oshmaydi.  Soliq  stavkalarini  belgilashda  tuproq  boniteti  (sifati)  hisobga 
olinadi.  Bonitetni  aniqlashda  tuproqning  genetik  kelib  chiqishi,  mexanik 
tarkibi,  sho’rlanganlik  darajasi,  tuproq  qatlamining  suv  o’tkazaolishi, 
zichligi  kabi  boshqa  tabiiy  xossalari  hisobga olinadi. Tuproq  boniteti  100 
balli  tizim  bo’yicha  aniqlanadi.  100  ball  10  ta  klassga  bo’linadi,  ya’ni  1 
klass  yerlar  nol  balldan  10  ballgacha,  2  klass  yerlar  11  balldan  20 
ballgacha, 3 klass yerlar 21 balldan 30 ballgacha va h.k. 10 klass yerlar 91 
balldan  100  ballgacha  baholanadi.  Bunda  yerning  ball  boniteti  qancha 
yuqori bo’lsa soliq stavkasi ham shuncha yuqori belgilanadi.  


157 
 
Yerlardan noqishloq xo’jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik va 
jismoniy  shaxslardan  olinadigan  yer  solig’i  stavkalari  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  22  dekabrdagi  “O’zbekiston 
Respublikasining  2016  yilgi  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari 
prognozi  va  davlat  budjeti  parametrlari  to’g’risida”gi  PQ-2455-sonli 
qaroriga asosan quyidagicha guruhlanadi:  
1. Sug’oriladigan jamoat qishloq xo’jaligi yerlari uchun undiriladigan 
yer solig’ining bazaviy stavkalari.  
2.  Lalmi  ekinzorlar,  bo’z  yerlar  va  ko’p  yillik  ko’chatlar  uchun 
undiriladigan yer solig’i stavkalari.  
3.  Sug’orilmaydigan  pichanzorlar  va  yaylovlar  uchun  undiriladigan 
yer solig’i stavkalari.  
4.  Qishloq  xo’jaligi  va  o’rmon  xo’jaligida  foydalanilmaydigan 
boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig’i stavkalari.  
5.  Toshkent  shahrida  yer  uchastkalaridan  foydalanganlik  uchun  yer 
solig’i stavkalari.  
6. Shahar va shaharchadagi yer uchastkalaridan olinadigan yer solig’i 
stavkalari.  
7.  Qishloq  joylarda  joylashgan  yer  uchastkalaridan  foydalanganlik 
uchun yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalari.  
8.  Qishloq  joylarda  joylashgan  yer  uchastkalaridan  foydalanganlik 
uchun fuqarolardan undiriladigan  yer solig’i stavkalari.  
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qaroridan  kelib  chiqib, 
mahalliy xokimiyat idoralari ham o’zlarining xududiy territoriyasiga qarab 
qaror chiqarishadi va unda tegishli koeffitsientlar hisobga olinadi.  
Qishloq xo’jalik yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi 
yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib 
ketgan)  taqdirda,  yer  solig’i  yerning  sifati  yomonlashuviga  qadar 
belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish