Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida
maxsus vakolatli davlat organlari
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishni
ta’minlashga oid vazifalarni hal etishda maxsus boshqaruv organlari o‘ziga
xos ahamiyat kasb etadi. Ularga ekologik rejalashtirish, me’yorlash,
ekspertiza, litsenziyalash, sertifikatsiyalash, nazorat va shu kabi boshqa bir
qator ekologik boshqaruv sohasidagi muhim funksiyalarni amalga oshirish
vazifasi yuklatilgan. Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya
sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik
munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli maxsus
vakolatli organlar hisoblanadi.
Maxsus vakolatli davlat organlari tarmoqlararo, ya’ni bir necha
tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga
hamda tarmoqqa oid, ya’ni ma’lum bir tabiiy resursni idora etuvchi
organlarga bo‘linadi.
Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
tarmoqlararo maxsus vakolatli davlat organi hisoblansa, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tarmoqqa oid maxsus vakolatli davlat
organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi
tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
77
foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda
tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ
hisoblanadi.
Qo‘mita o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 21-aprel “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
PF–5024-son Farmoniga muvofiq olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyati
haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar
belgilangan:
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;
atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar,
tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik
sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga
oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni
yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida
ta’sirchan tizimni tashkil etish;
yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan
tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish;
ekologiya
va
atrof-muhitni
muhofaza
qilish
ishlarini
muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida
yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
kadastrini
yuritish,
shuningdek,
yovvoyi
hayvonlarni,
yovvoyi
o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va
botanikaga oid kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish;
ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
(O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 21-aprel “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5024-son farmonining 2-bandi).
78
Do'stlaringiz bilan baham: |