Тошкент давлат юридик университети


Mulk huquqi o‘z navbatida ikki ma’nodagi: obyektiv va



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Mulk huquqi o‘z navbatida ikki ma’nodagi: obyektiv va 
subyektiv ma’nodagi mulk huquqiga bo‘linadi.
2
Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B. Zokirov; Mas’ul muharrir: H.Rahmonqulov: Qayta ishlangan va 
to‘ldirilgan beshinchi nashr. – Toshkent: TDYI nashriyoti, 2009. – B. 367. 
3
O‘sha manba. – B. 370. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida yer, yer osti 
boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy 
zaxiralar umummilliy boylikdir, deb qayd etilgan. Asosiy Qonunimiz 
tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini umummilliy boylik 
deb tan olish yo‘li bilan hal etgan. 
 


41 
Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi
deganda, tabiat ashyolarini 
ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zaxiralarini, usullarini belgilash, tartibga 
solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab belgilangan 
tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi nazarda tutiladi. 
Chunonchi, mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq normalari 
hisoblanadi. Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi mutlaq huquqiy normalar 
asosida tartibga solinadi. Bunga misol sifatida mulk huquqini tartibga 
soluvchi qonun hujjatlarini keltirish mumkin. 
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi
deb ayrim shaxslar, ya’ni 
huquq subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) obyektiv 
huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan 
foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi. Subyektiv 
ma’nodagi mulk huquqi nisbiy-huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. 
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi mulk sohibining o‘ziga mulk yoki 
ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan mol-mulklarni qonunda 
taqiqlanmagan asoslarda, vakolat doirasida, o‘zga shaxslarning 
manfaatlariga putur yetkazmagan holda egallash, undan foydalanish va uni 
tasarruf qilish maqsadida turli bitimlar tuzishida namoyon bo‘ladi. 
Masalan, turli shartnomalar tuzish, o‘z mulkini meros qilib qoldirish va 
boshqa bitimlar orqali mulkka bo‘lgan huquqni vujudga keltirish, 
o‘zgartirish yoki bekor qilish subyektiv ma’nodagi mulk huquqining 
mazmunini bildiradi
4
.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi O‘zbekiston Respub-
likasining Fuqarolik kodeksida, Yer kodeksida, “O‘zbekiston Res-
publikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘ri-
sida”gi va har bir tabiiy resurslar to‘g‘risidagi qonunlarida belgilangan.
Mulk huquqi tabiiy resurslar kimga tegishliligini va mulkdorlarning 
ularga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk 
huquqi unga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida 
namoyon bo‘ladi
5
.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasida 
mulk huquqi tushunchasi belgilangan, unga ko‘ra mulk huquqi shaxsning 
o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining 
mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf 
etishni talab qilish huquqidan iboratdir.
4
Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mas’ul muharrir: H.Rahmonqulov: Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 
beshinchi nashr. – Toshkent: TDYI nashriyoti, 2009. – B. 371–372. 
5
Ekologiya huquqi: Oliy o‘quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun 
darslik. Mualliflar tarkibi: Usmonov M.B., Rustamboev M.X., Xolmo‘minov J.T. va boshq. Mas’ul muharrir: M.B. 
Usmonov. – T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamg’armasi” nashr., 2001. – B. 55. 


42 
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining yuridik jihatdan tengligiga 
asoslangan mulkiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda fuqarolik 
huquqi muhim o‘rin tutadi. Zero, fuqarolik huquqi – yuridik jihatdan teng 
bo‘lgan subyektlar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni 
tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar 
yig‘indisidir.
Fuqarolik huquqi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar doirasi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab 
qo‘yilgan. Shu o‘rinda fuqarolik qonun hujjatlari tartibga soladigan 
ijtimoiy munosabatlardan biri sifatida mulk huquqi va mulkiy 
munosabatlar 
alohida 
ahamiyatga 
ega. 
Zero, 
fuqarolik-huquqiy 
munosabatlar doirasida mulkiy munosabatlar yetakchi o‘rinni egallaydi.
Mazkur munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflar yuridik jihatdan 
teng huquqli bo‘lib, FKning 2-moddasida nazarda tutilgan munosabatlarga 
kirishsagina, ular fuqarolik-huquqiy munosabatga kirishgan hisoblanadi. 
Zero, tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik munosabatlarida fuqarolik 
qonun hujjatlari tatbiq qilinishi mumkin, agar ular maxsus qonun hujjatlari 
bilan tartibga solinmaydigan bo‘lsa (FKning 2-moddasi 5-qismi).
Mulkiy munosabatlarning barchasi ham faqatgina fuqarolik huquqi 
normalari bilan tartibga solinmaydi. Ba’zi mulkiy munosabatlar huquqning 
boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Jumladan, tabiiy resurslarga 
nisbatan mulk huquqiga oid munosabatlar – ekologiya huquqi normalari 
bilan ham tartibga solinadi. Zero, mulk va mulk huquqi haqidagi umumiy 
qoidalar fuqarolik huquqi normalari bilan belgilangan. Bundan tashqari, 
yerga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqi va o‘zga ashyoviy 
huquqlar Fuqarolik kodeksi hamda boshqa qonunlar bilan tartibga solinishi 
belgilangan.
Demak, tabiiy 
resurslarga 
nisbatan 
mulk 
huquqi – tabiat 
obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan o‘zlashtirilishini belgilashni, 
tabiiy resurslar kimga tegishliligini, mulkdorlarning ularga nisbatan 
bo‘lgan vakolatlarini hamda huquq va majburiyatlarini belgilovchi huquq 
normalari yig‘indisini ifodalaydi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish