Yuqoridagi salbiy xolatlarni oldini olish va mazkur masalani
hal etish maqsadida Toshkenda 20-21 avgust kunlari O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O’zbekiston ekologik
harakati
bilan
hamkorlikda
tashkil
etilgan
“Tojikiston
“Talko”davlat unitar korxonasining ishlab chiqarish faoliyati
ekologiyaga va odamlar sog’lig’iga ko’rsatayotgan halokatlari
ta’sirini bartaraf etish chora tadbirlari” mavzusida xalqaro
seminar bo’lib o’tdi va alohida qaror qabul qilindi.
Ushbu zararli moddalarning talay qismi havo oqimi bilan tevarak
atrofga, shu jumladan O‘zbekistonning Denov, Sariosiyo, Uzun va boshqa
tumanlari hududiga o‘tib, mintaqaning ming yillar davomida shakllangan
ekologik tizimini buzmoqda. Shuningdek, bu yerda zich yashayotgan 1
millionga yaqin aholining sog‘lig‘iga o‘nglab bo‘lmaydigan darajada zarar
yetkazmoqda.
Shu bilan birgalikda, transchegaraviy hududlarida suv havzalaridan
foydalanish bo‘yicha qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikda tegishli
choralar ko‘rilmasa, bu hol daryolarning quyi oqimida joylashgan
mamlakatlar uchun bir qator salbiy ekologik ofatli oqibatlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Jumladan, yetarlicha suv bilan ta’minlanmaslik,
ayniqsa, sug‘oriladigan dehqonchilikka jiddiy ta’sir ko‘rsatib, yer
sho‘rlanishining keskin ortishi, hayvonot va o‘simlik dunyosiga ziyon
etishi, tabiiy o‘zanlarning yo‘q bo‘lib ketishi, yer osti chuchuk suv
zaxiralarining esa kamayishi kabi bir qator ekologik muammolar yuzaga
keladi.
Shu bois so‘nggi paytlarda atrof-muhit muhofazasi, transchegaraviy
suv resurslarini boshqarish mavzusidagi nufuzli xalqaro anjumanlarda
xalqaro hamjamiyat, Yevropa davlatlari va Yevropa komissiyasi vakillari
keng
jamoatchilikning
asrlar
davomida
qaror
topgan
hamda
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va millionlab kishilar uchun kun
kechirish manbai bo‘lgan daryolarda suv hajmi va tartibi o‘zgarmasligini
kafolatlovchi xolis ekologik ekspertizasiz gidrotexnik inshootlarni
qurishga qarshi ekanliklarini, Shuningdek, mintaqa ekologiyasi uchun,
ayniqsa, Orol dengizi havzasi uchun yangi tahdidlarga yo‘l quyib
bo‘lmasligini ta’kidlamoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
2014 yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik
ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish”
324
mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida
takidlaganidek, “Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish
hajmi keyingi ellik yil ichida qariyb 5 barobar, Orol dengizining suvi 14
barobardan ko‘proq kamaydi, uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25
marta ortdi. Bu Orol dengizida ilgari bo‘lgan baliq va boshqa dengiz
mavjudotlarining deyarli butkul yo‘qolishiga olib keldi.
Ammo Orolbo‘yida ro‘y berayotgan fojia ko‘lamini, bu yerda
yashayotgan millionlab odamlarning dardi va orzu-armonlarini quruq
raqamlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va
Turkmanistonning Orol fojiasining kuchli ta’siri ostida qolgan mintaqalari
aholisi har kuni suv resurslari etishmasligi, ichimlik suvi sifatining
pasayishi va tuproq tarkibining buzilishi, iqlim o‘zgarishi, aholi, birinchi
navbatda, bolalarning turli kasalliklarga chalinishi ko‘payib borayotgani
bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarni boshdan
kechirmoqda.”
118
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29
avgustdagi №255-sonli “2015-2018 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini tiklash
va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini
yengillashtirish
borasidagi
chora-tadbirlar
kompleks
dasturi
to‘g‘risida”
119
gi qarorlari qabul qilinganligi ham olamshumil ahamiyatga
egadir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Orol inqirozining atrof-muhit va bu yerda
yashayotgan millionlab aholi hayotiga halokatli ta’sirini, oldini olish
bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Shuningdek, mintaqa aholisi xavfsizligiga ko‘plab to‘g‘onlarning
texnik holati, Shuningdek hozirga kelib 16, 6 km
3
hajmda suv to‘planib
qolgan Sarez ko‘li tabiiy to‘g‘onining holati ham tahdid solib turibdi.
Ayanchli tomoni Shundaki, Tojikistondagi Rog‘un GESi ishga
tushiriladigan bo‘lsa, to‘g‘on ostida qoladigan yuz metr qalinlikdagi tuz
qatlami ushbu ulkan texnogen halokat xavfini yanada kuchaytiradi. Ushbu
tuz qatlamining suv ta’sirida doimiy yuvilib turishi, hattoki sezilar-
sezilmas seysmik siljishlar ham 350 metrlik uyma to‘g‘onning o‘pirilishiga
olib kelishi muqarrar. Bunday holat ro‘y beradigan bo‘lsa, yer sathidan
100 metr baland bo‘lgan to‘lqin pastga sekundiga 130 metr yoki soatiga
468 kilometr tezlikda yopiriladi. Oqibatda quyida joylashgan Nurek GESi
to‘g‘onini butunlay o‘pirib, bu to‘lqin yanada balandlashadi va Vaxsh
kaskadidagi boshqa barcha GES va gidrouzellarni vayron qiladi.
118
Xalq so’zi,2014 yil,30 oktyabr
119
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 yil,35-son, 469-modda.
325
Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonning o‘nlab shahar va aholi
punktlari suv ostida qoladi. Markaziy Osiyo mintaqasida esa misli
ko‘rilmagan texnogen va ekologik halokat yuzaga keladi.
Rog‘un GESi qurilishi loyihasi yuzaga keltiradigan xavflarni qayd
etarkanmiz, uning Tojikiston va qo‘shni davlatlar ekologiyasi, bioxilma-
xilligi hamda millionlab odamlar istiqomat qilayotgan joylarga
yetkazadigan muqarrar fojiali ta’sirini ham e’tibordan chetda qoldirib
bo‘lmaydi. Loyiha bo‘yicha 14 kub kilometr sig‘imga ega Rog‘un GESi
suv omborini to‘ldirish uchun sakkiz yil kerak bo‘ladi. Bu davrda
Amudaryo oqimi keskin o‘zgarib, uning quyi qismidagi hududlarda uzoq
yillar qurg‘oqchilik yuzaga keladi.
Rog‘un suv ombori to‘la quvvat bilan ishga tushgach, GESning
energetik ish rejimiga o‘tkazilishi yoz-kuz mavsumida omborda suv
to‘planishi sababli qurg‘oqchilik va suv tanqisligini yuzaga keltirishi, qish
mavsumida esa elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida suv
omboridan katta miqdorda suv chiqarilishi oqibatida toshqinlar bo‘lishi,
botqoqlanish va suv bosishi yuz minglab gektar serhosil yerlarni yaroqsiz
holga
keltirishi
mumkin.
Bunday
vaziyat
O‘zbekiston
va
Turkmanistonning millionlab aholisini muhim hayotiy manbalardan
mahrum etadi.
Shunisi
e'tiborliki,
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Shavkat Mirziyoev yaqinda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli
Berdimuxamedov bilan uchrashuv chog‘ida ham transchegaraviy
daryolardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish,atrof-
muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e'tibor berilganligi ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
120
Ayniqsa, 2017 yil 10 fevralda BMTning” Orolbo‘yi mintaqasi uchun
inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol
dengizi fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va
mustahkamlash”dasturi amalga oshira boshlanganligi ham muhim
qadamlardan biridir.
Xullas,
yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, demak har qanday
vaziyatda mamlakatlar transchegaraviy hududlaridagi ekologik
muammolarni bir-birlariga zarar yetkazmasdan ijobiy hal etish va barcha
xalqlar manfaatini ko‘zlab odilona xalqaro talablarga mos ish yuritish ular
o‘rtasidagi tarixiy munosabatlarni va do‘stlikni yanada mustahkamlashga
va har qanday favqulodda vaziyatlar hamda ekologik ofatlarni oldini
olishga yordam beradi.
120
O‘zbekiston Turkmaniston-strategik sherik davlatlar.//Xalq so‘zi, 2017 yil 7 mart
326
Do'stlaringiz bilan baham: |