Тошкент давлат юридик университети


Ta’kidlash o‘rinliki, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet269/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Ta’kidlash o‘rinliki, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlari Respublikada eng xavfli yer ko‘chish hududlariga 
kiradi. Tog‘lar qurshovida Farg‘ona vodiysida yer ko‘chishlari 
asosan adir hududlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Samarqand 
viloyati ba’zi hududlarida ham yer ko‘chishi kuzatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha tog‘oldi hududlari 
sel xavfi bor hudud hisoblanadi. Farg‘ona vodiysi, Toshkent va 
Surxondaryo viloyatlari eng katta sel xavfi bor hududlar 
hisoblanadi. Qorlar tez eriydigan va uzoq yomg‘ir yog‘adigan 
aprel-iyul oylarida eng ko‘p sel holatlari kuzatiladi. Bunday 
joylarda hozirgi paytda respublika bo‘yicha 4 ta seldan 
himoyalovchi qurilma bor, xolos. Respublikada 54 ta suv ombori, 
jumladan, 25 ta juda muhim va toifalashtirilgan suv omboridan 
foydalaniladi. Bunda 11 ta juda muhim suv omboridan 30 yildan 
ortiq vaqtdan buyon foydalanilib kelinmoqda. Ularda muhandislik 
va gidrotexnik uskunalar jismonan va ma’naviy eskirgan va 
almashtirilishi zarur.
Respublika hududida suv omborlari tarmog‘ining taraqqiyoti ularda 
katta hajmdagi erigan, daryo va atmosfera yog‘inlarini to‘plash imkonini 
berdi. Shundan kelib chiqib, so‘nggi yillarda aholining katta qismida 
daryolar sayyozlashgani va suv omborlaridan quyi qismida bexatar qurilish 
ishlari olib borish imkoniyati borligiga asossiz ishonch paydo bo‘ldi. 
Biroq, suv to‘liq bo‘lgan yillarda anomal yuqori darajadagi suv dambadan 
o‘tib ketishi, to‘g‘onlar buzilishi, Shuningdek yirik suv omborlaridan suvni 
falokatli chiqarish yuborish ehtimoli mavjud. Bu holatlarda oqibatini 
tasavvur etib bo‘lmaydigan favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkin.
Markaziy Osiyo respublikalari hududida ro‘y beradigan sel 
toshqinlari umumiy sonidan 75 foizi O‘zbekiston ulushiga to‘g‘ri keladi.


321 
O‘zbekiston hududiga xavf soladigan 271 ta ko‘l aniqlangan. 
Shundan, 238 ta (jami ko‘llarning 88 foizi) ko‘l Qirg‘iziston Respublikasi 
hududida, 11 ta (jami ko‘llarning 4 foizi) ko‘l Tojikiston hududida va 22 ta 
(jami ko‘llardan 8%) ko‘l O‘zbekiston hududida joylashgan.
2008-2010 yillar mobaynida FVV hamda boshqa vazirlik va idoralar 
hamkorligida 33 ta suv ombori va sel suvlari tashlanadigan 48 ta suv 
havzasi tekshirilib, tartibga keltirilgan. 
116
Tabiiy va texnogen tusdagi xavfli vaziyatlar ro‘y berishida 
texnologik va himoyaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali 
favqulodda vaziyatlar xatarini pasaytirish va oldini olish mumkin.
Amaliyot Shuni ko‘rsatmoqdakim, texnogen falokatlar va ofatlarning 
sabablari quyidagilardir: xavfli moddalarni ishlab chiqaruvchi, ishlatuvchi, 
qayta ishlovchi, saqlovchi, tashkil qiluvchi yoki ko‘chirib o‘tuvchi 
obyektlardagi 
halokatlar; 
yonilg‘i-energetika, 
kimyoviy 
va 
kommunikatsiya komplekslari obyektlaridagi halokatlar; temiryo‘l va 
aviatsiya transportidagi falokatlar, avtomobil yo‘llari va magistral 
trubaprovodlardagi halokatlar; gidrotexnik qurilmalardan foydalanish 
tartibi qoidalarini buzish; diversiya-terroristik aksiyalar oqibatlarining 
ikkilamchi omillari; qurilmalarning to‘satdan buzilishi va texnologik 
jarayonda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa xatarlar.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni ogohlantirish va ehtimoliy 
xatarlarini pasaytirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni taqozo 
etadi: respublika ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish va 
ishlatish; xavf va tahdid omillari ta’siri sharoitida ishlab chiqarish va 
respublika infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlash; ishlab 
chiqarish obyektlarini yetakchi va ekologik toza texnologiyalar asosida 
bosqichma-bosqich zamonaviylashtirish; xavfli obyektlar va hayotni 
ta’minlash tizimlari ishining ishonchliligini oshirish; ehtimoliy favqulodda 
vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash va ogohlantirish; yuqori 
texnogen xavfga ega zonalar davlat kadastrini yaratish va yuritish. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida turli xil favqulodda holatlar ko‘plab 
turlarining asosiy manbasi sifatida texnogen va tabiiy xavflarning yuqori 
darajasi saqlanib kelmoqda.
Respublikada texnogen halokatlarning asosiy sabablari quyidagilar 
hisoblanadi: ishlab chiqarish sohasida davlat xavfsizlik boshqaruvi 
mexanizmlarining zaiflashishi, barcha ishlab chiqarish bosqichlarida 
mehnat va texnologik intizomning, falokatlarga qarshi barqarorligining 
116
O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to’g’risidagi Milliy ma’ruza // 
N.M.Umarov tahriri ostida; O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi.-Toshkent: Chinor ENK, 
2013.194-195-betlar. 


322 
pasayishi; asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish suratlarining 
pasayishi bilan bir vaqtda mana shu fondlarning tez sur’atlarda eskirib 
borishi;-xavfli (zararli) moddalarni, material va mahsulotlarni ishlab 
chiqarish, yetkazib berish, saqlash va foydalanishning texnologik 
murakkabligi va xavfning ortishi hamda aholi va atrof-muhitga xavf 
soluvchi ishlab chiqarib chiqindilarining to‘planib borishi. Kimyoviy 
xavfli moddalarning chiqarilishi, portlashlar va yong‘inlar, gidrodinamik 
avariyalar, 
elektroenergetik 
tizimlarda, 
tozalash 
inshootlari 
va 
quvurlardagi avariyalar texnogen sohada eng katta xavfga ega.
Bugungi 
kunda 
mamlakatimizda 
transchegaraviy 
ekologik 
muammolarni xavf solishi ham o‘ta tashvishlidir. Shu asnoda, suv va 
atmosfera havosi bilan bog‘liq bo‘lgan transchegaraviy muammo mavjud 
bo‘lib, bular Tojikiston Rog‘un GESi qurilishi va Tojikiston Regar 
alyuminiy zavodi (TALKO DUK) misolida ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan, Tojikiston Respublikasi rahbariyati tomonidan, Rog‘un 
GES ining o‘tgan asrning 80–yillarida boshlangan qurilishini, oradan 25 
yildan ko‘proq muddat o‘tgach, yana davom ettirish to‘g‘risidagi qarori 
qabul qilindi. Agar shu obyektning bundan 40 yil oldin tayyorlangan 
loyiha hujjatlari, o‘sha yillar andozalari, loyihaviy va konstruktorlik 
yechimlariga asoslanganligi, ular allaqachon eskirgan bo‘lib, qaytadan 
ko‘rib chiqish va jiddiy tuzatishlar kiritishi talab etishi inobatga olinadigan 
bo‘lsa, bunday qaror chinakamiga jiddiy tashvish tug‘dirmasligi mumkin 
emas.
Ana shu maqsadda, 2016-yilning 19-iyulida Tojikiston Tashqi 
ishlar vazirligiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
yo’llangan ochiq xatida ham, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2017-2021- 
yillarda 
yerosti 
suvlari 
zaxiralaridan 
oqilona 
foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish, tartibga solish chora -
tadbirlari to’g’risida”gi
117
qarori ham bu masalani ijobiy hal etishning 
ahamiyatiga e’tibor berilgan. 
Shu manoda,O‘zbekistonning janubiy hududlariga transchegaraviy 
ta’sir ko‘rsatayotgan Tojikiston alyuminiy zavodi (TALKO DUK) 
faoliyati bilan bog‘liq keskin ekologik holat saqlanib qolmoqda.
Hozirgi vaqtda “Talko”DUK faoliyati natijasida Surxondaryo 
viloyatining shimoliy tumanlari hududida atmosfera havosidagi ftorli 
vodorotning miqdori yo‘l qo’yiladigan eng yuqori konsentratsiyadan 
(YQYUK) o‘rta hisobda 1. 8-2 baravar, yoz oylarida esa 2-3 baravar oshib 
ketmoqda.
117
Xalq soz’I, 2017-yil 6-may №90 (6784) 


323 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish