“2013–2017-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha
harakatlar dasturi”
da ham dasturda nazarda tutilgan asosiy vazifalarni
bajarish uchun avtomobil va temiryo‘l transporti vositalaridan atmosfera
havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirishni amalga
oshirish talab etilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, uning 1. 13-bandida
atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini yiliga 5–8
ming tonnagacha qisqartirish va bug‘li gaz tashlamalarini kamaytirish
maqsadida 2013–2017-yillar mobaynida 74 mingta avtomobil transportini
289
gaz yonilg‘isiga (siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft gaziga)
o‘tkazishni tashkillashtirish va amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Umuman olganda, transport faoliyati subyektlari quyidagilarni
amalga oshirishi lozim: transport faoliyati xavfsizligini ta’minlash
maqsadida uni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya)
olish; transport faoliyatini amalga oshirishda ekologik va sanitariya-
gigiyena normalariga rioya etish; xavfli (portlovchi, yong‘inga xavfli,
kimyoviy, zaharli, radioaktiv va h.k.) yuklarni tashishning alohida
shartlarini ta’minlash.
Qishloq xo‘jaligi va energetikada atrof tabiiy muhitni huquqiy
muhofaza qilish
O‘zbekiston Respublikasi agrar-industrial mamlakat bo‘lib, aholining
60% ga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi, qishloq xo‘jaligining
ishlab chiqarish salohiyati va tashqi savdodagi ulushi ham katta. Agrar
zonalar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi bilan band bo‘lgan hududlar
hisoblanadi. Agrar zonalarda yuzaga kelgan salbiy ekologik holat
kishilarning hayot darajasiga keskin ta’sir qildi. Agrar tegralarda tabiatni
muhofaza qilishning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy va
huquqiy choralari mavjud. Ulardagi ekologik xavfsizlikni ta’minlashning
huquqiy choralarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi, xo‘jalik
yuritishning ekologik me’yorlarini ishlab chiqish va amaliy tatbiqini
ta’minlash;
ikkinchisi
–
antropogen
buzilgan
tegralarni
sog‘lomlashtiruvchi me’yorlarni ishlab chiqish va ularni hayotga keng
tatbiq qilish.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Tabiatni
muhofaza
qilish
to‘g‘risida”gi Qonunida qishloq xo‘jaligida atrof tabiiy muhitga bo‘ladigan
ta’sirning yo‘l qo’yish mumkin bo‘lgan me’yorlarining belgilanishi (14-
modda) hamda qishloq xo‘jaligida kimyoviy dori-darmonlarni ishlatishga
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ruxsat etilishi (15-modda)
belgilab qo
‘
yilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat
to‘g‘risida”gi Qonunida (11-modda) hamda “Davlat ekologik nazoratini
amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomida O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi sun’iy suv obyektlarining suvidan
foydalanilishi va iste’mol qilinishi, o‘simlik va hayvonot dunyosini
himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan
hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va
290
davlat kadastri davlat qo‘mitasi – yerlardan oqilona foydalanish va ularni
muhofaza qilish yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirishi
belgilangan (18-band).
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik
ekspertizasi to‘g‘risida”gi Nizomida esa davlat ekologik ekspertizasi
amalga oshiriladigan faoliyat turlarining to‘rt toifadagi ro‘yxati
belgilangan bo‘lib, ular tizimida qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq faoliyat
turlari quyidagicha mustahkamlangan:
1)
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning II toifasiga kiradigan (o‘rtacha
darajada xavfli) faoliyat turlari – viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan yer osti
suvlarini olish inshootlari; Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega
bo‘lgan suv o‘tkazgichlari; biotexnologiyalardan foydalanuvchi, shu
jumladan pillani qayta ishlovchi korxonalar; parrandachilik fabrikalari;
eskidan sug‘orib kelingan 1000 gektardan ko‘proq yerlarni rekonstruksiya
qilish va meliorativ holatini yaxshilash; viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan
zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan o‘g‘itlar omborxonalari; paxtani
qayta ishlash sanoati;
2)
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi III toifaga mansub (past darajada
xavfli) faoliyat turlari – viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan yer osti suvlarini
chiqarish inshootlari; viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan suv
o‘tkazgichlar; chorvachilik komplekslari; chorvachilik xo‘jaliklari; paxta
tolasini qayta ishlash korxonalari; sutni qayta ishlash korxonalari; omuxta
yem
ishlab
chiqarish,
parrandachilik
fermalari;
100 gektardan
1000 gektargacha maydonda sug‘oriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish
va meliorativ jihatdan yaxshilash; maydoni 30 gektardan ortiq bo‘lgan
baliq urchitish havzalari va baliqni qayta ishlash; cho‘chqachilik fermalari;
paxta tayyorlash punktlari;
3)
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub (mahalliy
ta’sir ko‘rsatish) faoliyat turlari – ichki xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan
suv o‘tkazgichlar va suv xo‘jaligi tarmoqlari; maydoni 30 gektargacha
bo‘lgan baliq urchitish havzalari; kichik tegirmonlar; xo‘jalik ichidagi
yerlarni o‘zlashtirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va
konservalash; pillani qabul qilib olish va saqlash punktlari; eskidan
sug‘orib kelingan 100 gektardan kam yerni rekonstruksiya qilish va
meliorativ jihatdan yaxshilash; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash
omborlari; xo‘jaliklar ichida suv xo‘jaligi tizimlarini qurish; issiqxona va
parniklar; qoramol, yilqi va qo‘y fermalari.
291
Ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi
sohasidagi xo‘jalik faoliyati belgilangan tartibda davlat ekologik
ekspertizasining ijobiy xulosasini olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |