Тошкент давлат юридик университети


-BOB. HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet204/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

15-BOB. HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA 
ULARDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH 
 
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning 
huquqiy holati tushunchasi va xususiyatlari. Hayvonot dunyosidan 
foydalanish huquqi va turlari hamda foydalanish huquqining paydo bo‘lish 
asoslari. Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish. Hayvonot 
dunyosidan foydalanish huquqining bekor bo‘lish asoslari.
 
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning 
huquqiy holati tushunchasi va xususiyatlari 
 
Hayvonot dunyosi tabiat boyliklarining bir qismi bo‘lib, jamiyatda, 
inson hayotida katta ekologik ahamiyatga ega. 
Hayvonot dunyosi – faunada mavjud bo‘lib tabiiy erkinsharoitda 
yashayotgan hayvon galalarini, shuningdek suv va cho‘lda yashovchi 
barcha yovvoyi hayvonlarning majmuasini tushunamiz.
Hayvonot dunyosi iqtisodiy ahamiyati nuqtayi nazaridan muhim 
tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor 
xom ashyo va boshqa moddiy boyliklar olish manbayi ekanligi ma’lum. 
Shunday ekan, uni huquqiy ekologik muhofaza qilish juda zarur. Bu ishda 
mamlakatimiz qonunlari O‘zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga 
insoniy munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni 
muhofaza qilish hamda undan samarali va oqilona foydalanishga 
qaratilishi lozim. Chunki hayvonlarning O‘zbekiston faunasiga xos 
bo‘lgan talaygina turlari yo‘qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon, 
turon yo‘lbarsi, ola-bula sirtlon va boshqalari) esa butunlay yo‘qolib ketdi. 
Shu boisdan ham noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni huquqiy 
ekologik asosda muhofaza qilish katta ahamiyatga ega. 
Quruqlikda yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93 foizini, 
suv hayvonlari esa 7 foizini tashkil etadi. Umuman olganda, yer yuzida 
yashovchi hayvonlar turi o‘simlik turiga qaraganda 4 baravar ko‘p bo‘lib, 
taxminan 2 milliondan ortiqroqdir. 
Keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning ko‘plab tur yo‘qotib 
yuborildi. Masalan, 1800 yilgacha sut emizuvchilarning 33 turi, 
qushlarning 30 turi yo‘q qilingan bo‘lsa, undan keyingi 100 yilda 73 tur 
sut emizuvchi, 120 tur qushlar batamom yo‘qolgan. Keyingi 50 yilda esa 
hayvonot dunyosining undan ham ko‘prog‘i yo‘q qilib yuborilgan.


237 
Markaziy Osiyo hududi o‘z hayvonot va o‘simlik olamining xilma-
xilligi, boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O‘zbekistonda 650 dan ortiq 
umurtqali hayvonlar, shu jumladan sut emizuvchilar 99 turi, qushlarning 
410 tur, sudralib yuruvchilarning 57 turi, qushlarning 410 turi, suvda va 
quruqlikda yashovchilarning 3 turi uchraydi.
Yangi nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga jami 
184 turdagi hayvonlar kiritilgan. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng iqtisodiy, ekologik, 
geografik va milliy xususiyatlarni hisobga olinib, bir qator yangi qonunlar 
qabul qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonot dunyosini muhofaza qilish, 
tabiatning 
barcha 
obyektlari, 
boyliklari 
faoliyatining 
ma’lum 
mutanosiblikda saqlanishi bilan bog‘liq.
Oliy Majlisning e’tiborli faoliyatida qabul qilingan, “Tabiatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, 
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari 
to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 
“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, 
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, 
“Yer kodeksi”, “O‘rmon to‘g‘risida”gi bir qator O‘zbekiston 
Respublikasining 
qonunlari 
mamlakatimizda 
ekologik 
holatni 
yaxshilashga xizmat qilmoqda. 
Jumladan, respublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish va undan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasining 2016-yil 20-sentabrda e’lon qilingan “Hayvonot 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi 
tahrirdagi) Qonuni katta ahamiyatga ega. Qonunning maqsadi hayvonot 
dunyosini 
muhofaza 
qilish 
va 
undan 
foydalanish 
sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Ushbu Qonun quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy 
erkin holatda yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy 
yoki vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki 
tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy 
yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.


238 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida hayvonot 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlaridan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish