Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi



Download 0,77 Mb.
bet31/198
Sana08.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#332210
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   198
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi

Soliq funksiyalari. Har qanday davlatda soliqlarning roli ular bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Soliq funksiyasi deganda, uning mohiyatining harakatda namoyon bo‘lishi, uning xususiyatlarini ifodalash uslubi tushuniladi.

Funksiya ushbu iqtisodiy kategoriyaning qiymatni taqsimlash va daromadlarni qayta taqsimlash vositasi sifatidagi ijtimoiy vazifasi qay tarzda amalga oshirilishini ko‘rsatadi.

Soliqlarga fiskal, rag‘batlantirish, tartibga solish va qayta taqsimlash funksiyalari xosdir.

Soliqlarning fiskal funksiyasi ular tabiatining o‘zi bilan belgilanadi, ular majburiy tartibda va beg‘araz davlat daromadiga kelib tushadi hamda davlat tomonidan o‘z xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Fiskal funksiya vositasida soliqlarning bosh ijtimoiy vazifasi amalga oshiriladi. Budjet tizimi va budjetdan tashqari jamg‘armalarda to‘planadigan davlat moliyaviy resurslari shakllantiriladi hamda ular davlat o‘z funksiyalarini bajarishi uchun foydalaniladi. Soliqlarning fiskal funksiyasi davlatga moliyaviy mablag‘larning asosiy qismini yo‘naltirish uchun imkon beradi.

Fiskal funksiya Davlat budjetini shakllantirishda soliqlarni rolini belgilaydi. Lekin soliq siyosatining vazifasi faqat budjetni to‘ldirish bo‘lishi kerak emas. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Soliq siyosatining vazifasi – bir tomondan, budjet daromadining barqaror safarbarligini ta’minlashdan, ikkinchi tomondan – korxonalarni respublika uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishdan iborat”9.

Davlat ayrim sohalarni, tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish maqsadida ma’lum bir yengilliklar, soliq imtiyozlarini berish orqali rag‘batlantirish funksiyasini amalga oshiradi.


Masalan, Soliq kodeksining 158-moddasiga asosan yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi: protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishdan olingan foydasi; shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi; tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, oxirgi yillarda mamlakatimizda soliq to‘lovchilarga yengillik berish maqsadida soliq ma’murchiligini soddalashtirishga, soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga hamda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2015-yil 15-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash,ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unda: xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish; barcha turdagi ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash; xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish (soliq tekshiruvini kamaytirish) va boshqa masalalar inobatga olingan. Shundan kelib chiqib, 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan mazkur subyektlarga bir qator yengilliklar berildi.


Soliqlarning tartibga solish funksiyasi shundan iboratki, ular ijtimoiy ishlab chiqarish, uning tuzilmasi va dinamikasiga, fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Soliqlar vositasida ishchanlik faolligini rag‘batlantirish yoki, aksincha, uni cheklash mumkin. Soliqlar yordamida proteksionistik iqtisodiy siyosatni olib borish yoki tovar bozoriga erkinlikni ta’minlash mumkin. Soliqlarni tartibga solish funksiyasi orqali iqtisodiyot, ishlab chiqarish va aholining daromadlari tartibga solinadi.


Masalan, aksiz solig‘ini belgilash orqali ayrim iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilishni tartibga solish; iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solish maqsadida soddalashtirilgan soliq tizizmini joriy qilish; aholining daromadlarini tartibga solish maqsadida jismoniy shaxslarning daromadiga o‘sib boruvchi shkala asosida soliq solish (ya’ni eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdordagi daromad summasiga 0 foiz; eng kam ish haqining bir baravaridan (+1 so‘m) besh baravarigacha miqdordagi daromadiga eng kam ish haqi miqdorining bir baravaridan oshadigan summaning 7,5 foizi; eng kam ish haqining besh baravaridan (+1 so‘m) o‘n baravarigacha miqdordagi daromadiga besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summaning 17 foizi; eng kam ish haqining o‘n baravaridan (+1 so‘m) va undan yuqori miqdordagi daromadiga esa o‘n baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining o‘n baravaridan oshadigan summaning 23 foizi soliq stavkalarini belgilanishi)
Tub iqtisodiy islohotlar sharoitida soliqlarning tartibga soluvchilik roli kuchayib boradi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining o‘z modelini tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvidan chetga chiqish, tovar ishlab chiqaruvchilarning o‘zlariga, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan holda, qanday faoliyat bilan shug‘ullanish va qanday mahsulot ishlab chiqarishni belgilashda erkinlik berish hisoblanadi. Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyatining tartibga soluvchi bosh dastaklaridan biri soliqlar bo‘lib qoladi.

Shuni aytish kerakki, soliqlardan iqtisodiyotni tartibga soluvchi vosita sifatida foydalanish konsepsiyasi dastlab 1936-yili ingliz iqtisodchisi J.Keyns tomonidan ishlab chiqilgan edi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq soliqlar jamiyatda iqtisodiy munosabatlarni faqat tartibga solish uchun mavjud. Biroq ushbu konsepsiya iqtisodiyotni ma’muriy-buyruqbozlik uslublariga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitlarida o‘z ifodasini topa olmas edi va tabiiyki, u fanga qarshi burjua nazariyasi sifatida keskin tanqidga uchradi.

Soliqlardan tadbirkorlikni tartibga solishning samarali vositasi sifatida foydalanish qayishqoq soliq siyosatini olib borishni talab qiladi, uning mohiyati, bir tomondan, budjet daromadlari to‘ldirilishini ta’minlash, ikkinchi tomondan esa ishbilarmonlik faoliyatini rag‘batlantirish, korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, tadbirkorik va investitsion faoliyatni rivojlantirishdan iborat.

Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi iqtisodiyotni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatilishi uchun muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda. Bu tadbirlar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasiga va Davlat budjeti daromadlari o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Soliq chora-tadbirlari investitsion faoliyatni rag‘batlantirish (masalan, foydaning investitsiyalarga ajratiladigan qismiga soliq solinmaydi), mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda keng qo‘llanadi. Jumladan, soliqlar yordamida ishlab chiqarish, masalan, ma’lum bir ishlab chiqaruvchilarga nisbatan imtiyozlarni belgilash, iste’mol, masalan, aksiz solig‘ini joriy qilish, aholining daromadlari esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga nisbatan o‘zgaruvchan stavkani, ya’ni jismoniy shaxslarning daromadi oshib borishi bilan soliq stavkasini oshib borishi orqali tartibga solinadi. Iste’mol, masalan, aksiz solig‘ini joriy qilish orqali tartibga solinishi mumkin.


Soliqlarning qayta taqsimlash funksiyasi mavjudligi shu narsa bilan belgilanadiki, “soliq tizimi yalpi milliy mahsulotni qayta taqsimlashni amalga oshiradi va bu bilan u iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish, aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashda bevosita ishtirok etadi”10.

Soliqlar yordamida davlat yuridik va jismoniy shaxslarning foydasi (daromadi)ni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun yo‘naltirib, qayta taqsimlaydi. Eng yuqori daromadlarga soliq solishning o‘zgaruvchan shkalasini belgilab, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni soliqlardan qisman yoki to‘liq ozod qilish soliqlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini anglatadi. Soliq solish orqali “ayrim ijtimoiy guruhlar daromadlari o‘rtasidagi farqlarni kamaytirib, yo‘qotib borish maqsadida nisbatlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ijtimoiy tenglikni qo‘llab-quvvatlashga erishiladi”11.

Soliqlar funksiyalari doimiy ravishda rivojlanib boradi va bunda ular bir-biriga juda bog‘liq bo‘lib, bir vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu holat ular o‘rtasida muayyan qarama-qarshiliklarni ham yuzaga keltiradi. Davlatning soliqlarni oshirish yo‘li bilan keyinchalik ularni budjet orqali iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani rivojlantirishga ta’sir etish uchun o‘z qo‘lida imkon qadar ko‘proq moliyaviy mablag‘larni to‘plashga bo‘lgan intilishi ularning fiskal funksiyasini kuchaytirishga olib keladi. Shu bilan birga, davlat tomonidan soliqlar yordamida qancha ko‘p mablag‘ olinsa, foyda (daromad) olish maqsadidagi faol ish-faoliyatga bo‘lgan qiziqish shunchalik kamayadi, ya’ni tartibga soluvchi funksiya samaradorligi pasayadi. Demak, soliqlarning fiskal va rag‘batlatlantiruvchi mohiyati o‘rtasida muvozanat bo‘lishiga rioya qilinishi shart. Bir tomondan, ular budjetga moliyaviy mablag‘larning eng ko‘p darajada kelib tushishini ta’minlashi, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yordam berishi lozim.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish