Imij tushunchasi va uning mohiyati
Bozor raqobati sharoitida to‘g‘ri tanlangan imij
muvaffaqiyatning muhim omillaridan hisoblanadi.
O‘tkir “imij tafakkuriga” ega N.Makiavelli imijning ilk
nazariyotchilaridan
biri
hisoblanadi.
Bunday
tafakkurning
mohiyati
–
shaxslararo
aloqalarni
boshqalarning
munosabatlarini oldindan bashorat qilib yo‘lga qo‘yish.
Kundalik hayotda reputatsiya (obro‘) va imij tushunchalarini
sinonim sifatida qo‘llaymiz. Bu ikkala tushunchani alohida-alohida
ko‘rib chiqamiz. Reputatsiya (reputation) – biror-bir inson yoki
narsaning fazilatlari va kamchiliklari haqida vujudga kelgan umumiy
fikrlar. Reputatsiyaning muayyan inson, firma, tashkilot va h.z. lar
sifatining qanday mezonlar bilan o‘lchanishiga qarab ijobiy va salbiy
turlari mavjud.
Ijobiy reputatsiya – jamoatchilik tomonidan ko‘rsatilayotgan juda
katta ishonch bo‘lib, inson yoki tashkilot haqida yaxshi fikrlar va
baholar bilan ifodalanadi.
Salbiy reputatsiya – ko‘p zarar keltiradi va jismoniy shaxslarga ish
joyini yo‘qotish, lavozimining pasayishida, yuridik shaxslarda esa
iste’molchilari, biznes sheriklari, sarmoyalarini yo‘qotish, foydaning
tushib ketishida namoyon bo‘ladi.
Ishbilarmonlik reputatsiyasi – bu hozirgi zamonda har bir inson va
korxonaga birdek zarur bo‘lgan muhim narsa. Keskin raqobat sharoitida
177
odamlar faqat eng yaxshi mahsulotlar va xizmatlardan foydalanishadi,
uzoq vaqt davomida sinalgan kompaniyalar bidan hamkorlik qilishadi.
“Imij” inglizcha so‘z bo‘lib, rus va o‘zbek tillarida kam ishlatilgan
davrlarni bugun tasavvur qilish qiyin. Tarjimada obraz, siymo, siyrat
ma’nolarini beradi. Bu uchchala so‘z ham tabiatan berilgan, o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lgan qiyofaga nisbatan kengroq ma’noni anglatadi. Bu
ko‘pincha sun’iy ravishda tuzilgan, ob’ektni (xoh u inson, tashkilot yoki
biror-bir mahsulot bo‘lsin) to‘g‘ri qabul qilishga yo‘naltirilgan butun bir
tizimdir.
Brend – bu boshqalarning siz to‘g‘ringizdagi fikri. Brend har bir
insonda bor va muvaffaqiyatli bo‘lish uchun boshqalar ko‘zi uchun
o‘zimizga kerakli obrazni yaratishimiz kerak. Mutaxassislar shaxsiy
brendni yaratish, uni takomillashtirish, har xil (masalan, ijtimoiy
tarmoqlardagi) tajovuzlardan asrash va bu bilan o‘z reputatsiyasini
qo‘llab-quvvatlashni oddiy misollar bilan tushuntirishgan. Axir sizning
ishga joylashishingiz, hamkorlar bilan munosabatingingiz bunga
bevosita bog‘liq.
Inson imiji – bu atrofdagilarning uning haqidagi fikri. Ushbu fikr
faqat tashqi ko‘rinishdan hosil bo‘lmaydi. Ko‘p kasblar uchun bu muhim
tarkibiy qism bo‘lib, u nafaqat turmush tarziga, balki shaxsning
atrofdagilar tomonidan qabul qilinadigan sub’ektiv siyratiga ham ta’sir
ko‘rsatadi. Har bir inson u yoki bu xislatlariga urg‘u berib, o‘zini yaxshi
tomondan ko‘rsatishni istaydi. Masalan, biror-bir inson bilan
tanishayotib unga yoqish uchun buni intuitiv tarzda bajaramiz.
Aks imij – insonning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvuri.
Joriy imij – tashqi nazar uchun.
178
Istalgan imij – biz intilgan obraz.
Korporativ imij – tashkilot imiji, bunga uning reputatsiyasi ham
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |