Toshkent davlat yuridik universiteti shaxsiy rivojlanish



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/128
Sana23.05.2022
Hajmi4,07 Mb.
#607823
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128
Bog'liq
fayl 1944 20210924 (1)

2.
 
Jamoa ishining afzalliklari. 
3.
 
Haqiqiy lider qanday bo‘lishi kerak? 
4.
 
Jamoa ishi muvaffaqiyatining muhim omillari. 
Jamoaning ishchi guruhidan farqi 
 
Jamoa ishini muvaffaqiyatli tashkil etishda jamoa nima ekanligi, 
jamoa ishi qanday tashkil etilishi, jamoa a’zolari va liderning 
xususiyatlari, jamoa a’zolarining rollarini bilish muhim sanaladi.
Jamoa
– turli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va turli vazifalarni 
bajaradigan, umumiy loyiha, ish yoki maqsad ustida birgalikda 
ishlaydigan va vazifalari umumlashtiriladigan, bir-biriga xisobot 
beruvchi shaxslar jamlanmasi. 
Jamoaning ishchi guruhdan farqi nimada? 
Ishchi guruh
ning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
 

Zaif kommunikativ aloqa, guruh a’zolari o‘rtasida bir-birini 
o‘zaro yaxshi tushunmaslik; 

Birgalikdagi ishlarda rasmiy vazifalarga egalik; 

Ish natijasiga har bir a’zoning individual tarzda, ish qismlarini 
alohida-alohida bajarishi orqali erishiluvi; 

Individual natijagagina javobgarlik; 


160 

O‘z ish qisminigina bajarish istagi; 

Rasmiy rahbar tomonidan qabul qilingan topshiriq va qarorlarni 
bajarish amaliyoti. 
Jamoa
ning xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

Mustahkam kommunikativ aloqa, umumiy til, o‘zaro aloqa 
kanallarining tashkil etilganligi; 

Hamkorlik formal bo‘lmagan aloqalar, ko‘pincha do‘stlik bilan 
qo‘llab-quvvatlanadi; 

Ishning yakuniy natijasi bo‘yicha umumiy xulosaga kelish, 
funksional topshiriqlarni birgalikda bajarish; 

Umumiy natija uchun birdek mas’uliyat, javobgarlik; 

Kollektivlik hissi (biror-bir ishda umumiy qatnashish); 

Umumiy qaror qabul qilish amaliyoti. 
Jamoa ishi
– qo‘yilgan vazifalarni birgalikda samarali bajarish 
uchun jamoadoshlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish hisoblanadi. Jamoa 
ishi ish faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning muhim bo‘lagidir.
Ma’lumki, 
basketbol 
jamoaviy 
o‘yinida 
nafaqat 
to‘pni 
muvaffaqiyatli otish, balki jamoa har bir a’zosining o‘z vazifalarini 
bajarishi muhim hisoblanadi. Masalan, mazkur sport turida bir o‘yinchi 
basketbol to‘pini savatga tushirib hisobni ochgani bilan, aslida bu 
o‘yinchining ochkosi jamoa a’zolarining shunga qadar amalga oshirgan 
harakatlari – tez rejalashtirish, muvofiqlashtirish va hamkorlik kabi 
ko‘nikmalari orqali olingan bo‘ladi. 
Ish beruvchilar, odatda, nafaqat boshqalar bilan yaxshi ishlay 
oladigan odamlarni, balki, jamoada hamma ham to‘pni qo‘lga kiritish 
qobiliyatiga ega emasligini tushunadigan odamlarni izlaydi. Ish joyidagi 


161 
har bir kishi maqsadlarni amalga oshirish uchun birgalikda harakat 
qilganda, maqsadga ko‘proq erishiladi. 
Quyidagi bir necha muhim ko‘nikmalar va odatlarni qo‘llash orqali 
odamlar bilan ishlashni va munosabatlarni o‘rnatish mumkin: 

Hamkorlikda ishlash; 

G‘oyalar, takliflar va harakatlar bilan guruhga yordam berish; 

Muloqot ko‘nikmasi (fikr berish va olish); 

Mas’uliyat hissi; 

Turli fikrlar, urf-odatlar va shaxsiy imtiyozlarga nisbatan hurmat 
hissi; 

Guruh qaror qabul qilishda ishtirok etish ko‘nikmasi. 
Xodimlar bilan bir maqsadga erishish uchun birgalikdagi mehnat 
barchaga foyda keltiradi. Ish beruvchilar buni turli yo‘llar bilan 
“ko‘rishlari” mumkin.
Masalan, ish joyidagi jamoa a’zolari oldindan rejalashtirib, 
birgalikda ishlagan holda vazifalarni belgilash, o‘sishni baholash va o‘z 
vaqtida topshirish uchun birgalikda ishlashadi. Ular turli xil 
yondashuvlar va fikrlarni hurmat bilan qarab chiqish va baholash 
mumkin bo‘lgan professional munozaralarga kirisha oladilar.
Hatto ba’zi 
xodimlar boshida o‘zlariga yuklanmagan vazifalar ijrosi bilan ishni 
yakunlashsa ham, ishlar jamoaviy ruhda bavjarilgani va umumiy maqsad 
bilan bog‘liqligi tufayli, bu borada hech qanday shikoyat tug‘ilmaydi.
Jamoa liderining o‘zi ham ko‘pincha jamoa ishini bajaruvchi 
sifatida xizmat qilishi mumkin. Bunday holda, jamoa a’zolari muammo 
muhokamasiga o‘zaro hurmat bilan kirishishadi, tayinlangan vazifalarni 
hamkorlikda bajarishadi va maqsadga erishish uchungina liderga 


162 
bo‘ysunadi. Jamoa lideri, o‘z navbatida, ahil va effektiv jamoani saqlab 
qolish, uni yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan taklif va qarorlarni 
qo‘llab-quvvatlaydi, ularning tezroq ro‘yobga chiqishiga yordam beradi. 

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish