7.2. Protsessual muddatlar tushunchasi va ahamiyati
Qonun fuqarolik ishlarining nafaqat to‘g‘ri, shu bilan bir qatorda
qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rilishini ham nazarda tutadi. Shuning
uchun ham fuqarolik ishlarini o‘z vaqtida ko‘rish hamda hal etish fuqarolik
sud ishlarini yuritishning vazifalaridan biri hisoblanadi (FPKning 2-
moddasi).
Protsessual muddatlar deganda fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish va hal qilish bilan bog‘liq
protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan vaqt tushuniladi. Mazkur muddatlar
sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar,
shuningdek ayrim hollarda ishda ishtirok etmaydigan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi
.
Protsessual harakatni bajarish uchun protsessual me’yorlarda belgilangan
protsessual muddatlar asosan ikki turga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |