Javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar ishni ko‘rish bilan
bog‘liq bo‘lgan chiqimlar turiga mansub hisoblanadi. FPKning 165-
moddasiga ko‘ra, aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa
boshqacha tarzda shikast yetganligi, shuningdek boquvchisining o‘limi
natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar bo‘yicha
javobgarning (qarzdorning) amaldagi yashash joyi noma’lum bo‘lsa,
javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar
organlari javobgarni (qarzdorni) qidirishi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar ichida sud majlisini
Do'stlaringiz bilan baham: |