Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning hal



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
20.4. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning hal 
qilinishi 
 
 
 
Ish  yangidan  ko‘rish  uchun  o‘ziga  topshirilgan  sud  o‘z  tashabbusi 
bilan  qaytarma  ijro  to‘g‘risidagi  masalani  ko‘rishi  va  uni  yangi  sud 
hujjatida  yoki  ajrimida  hal  qilishi  shart  bo‘lib,  shu  bilan  ish  yuritish 
tamomlanadi.  Ishni  yangidan  ko‘rayotgan  sud  bekor  qilingan  sud 
hujjatining  qaytarma  ijrosi  to‘g‘risidagi  masalani  hal  qilmagan  takdirda, 
javobgar bu sudga qaytarma ijro to‘g‘risida ariza berishga haqli. Bu ariza 
ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarni  xabardor  qilgan  holda,  sud  majlisida 
ko‘riladi.  Biroq  bu  shaxslarning  kelmaganligi  sud  oldiga  qo‘yilgan 
masalaning  hal  etilishi  uchun  to‘sqinlik  qilmaydi.  Sud  hujjatining 
qaytarma  ijrosi  to‘g‘risidagi  ariza  davlat  boji  to‘lanmagan  holda  umumiy 
da’vo  muddati  ichida  berilishi  mumkin.  Sud  hujjatining  qaytarma  ijrosi 
to‘g‘risidagi  ariza  ariza  kelib  tushgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik 
muddatda  sud  tomonidan  ko‘riladi.  Arizaga  ilgari  qabul  qilingan  sud 
hujjatining  ijrosini  tasdiqlovchi  hujjat  ilova  qilinadi.  Sud  hujjatining 
kaytarma  ijrosi  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rish  natijalari  bo‘yicha  ajrim 
chiqariladi.  Sud  hujjatining  qaytarma  ijrosi  to‘g‘risidagi  masala  bo‘yicha 
sudning  ajrimi  ustidan  xususiy  shikoyat  (protest)  berilishi  mumkin.  Sud 
hujjatining  qaytarma  ijrosi  to‘g‘risidagi  ariza  qanoatlantirilgan  taqdirda, 
sud  undirilgan  pul  mablag‘larini,  mol-mulkni  yoki  uning  qiymatini 
qaytarish uchun ijro varaqasi beradi (FPKning 459-moddasi). 
Sud  hujjatining  qaytarma  ijrosi  to‘g‘risidagi  masalaning  apellatsiya, 


 
 
246 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
kassatsiya  yoki  nazorat  instansiyasi  sudi,  agar  u  o‘zining  ajrimi  yohud 
qarori  bilan  hukuq  to‘g‘risidagi  nizoni  uzil-kesil  hal  kilsa  yoki  ish 
yuritishni  tamomlasa,  sud  hujjatining  qaytarma  ijrosi  to‘g‘risidagi 
masalani hal qilishi yohud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga 
topshirishi shart. 
Agar  yuqori  sudning  ajrimida  yoki  qarorida  sud  hujjatining 
qaytarma  ijrosi  to‘g‘risidagi  masala  bo‘yicha  hech  qanday  ko‘rsatma 
bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. 
Birinchi  instansiya  sudi  bu  arizani  FPKning  459-moddasi  qoidalariga 
binoan ko‘rib chiqadi va hal qiladi. 
Mehnatga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  talablar 
bo‘yicha  pul  summalarini  undirish  to‘g‘risidagi,  intellektual  mulk 
ob’ektlaridan  foydalanganlik  uchun  haq  undirish  haqidagi,  alimentlar 
undirish  to‘g‘risidagi,  mayib  bo‘lganlik  yoki  sog‘liqqa  boshqacha  shikast 
yetganlik,  shuningdek  boquvchining  vafot  etishi  natijasida  yetkazilgan 
zararning  o‘rnini  qoplash  haqidagi  ishlar  bo‘yicha  sud  hujjatlari  bekor 
qilingan  taqdirda,  agar  bekor  qilingan  sud  hujjati  da’vogar  bergan  soxta 
ma’lumotlarga  yohud  u  taqdim  etgan  qalbaki  hujjatlarga  asoslangan 
bo‘lsa, sud hujjatining qaytarma ijrosiga yo‘l qo‘yiladi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish