Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
20.3. Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish,  
 tugatish va tiklash asoslari 
 
Sud  davlat  ijrochisi  sud  tomonidan  berilgan  ijro  varaqasi  asosida 
qo‘zg‘atgan  ijro  ishini  yuritishni  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda, 
undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi bo‘yicha to‘xtatib 
turishi  yoxud  tugatishi  mumkin.  Sud  tomonidan  berilgan  ijro  varaqasi 
asosida  qo‘zg‘atilgan  ijro  ishini  yuritishni  to‘xtatib  turish  va  tugatish  shu 
sud  tomonidan  yoki  davlat  ijrochisi  joylashgan  yerdagi  sud  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Ijro  ishini  yuritishni  to‘xtatib  turish  yoki  tugatish  to‘g‘risidagi  ariza 
kelib  tushgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik  muddatda  taraflarni 
chaqirmagan  va  sud  muhokamasi  o‘tkazmagan  holda  sud  tomonidan 
ko‘riladi.  Ijro  ishini  to‘xtatib  turish  yoki  tugatish  to‘g‘risidagi  arizani 
ko‘rib  chiqish  natijalari  yuzasidan  ajrim  chiqarilib,  uning  ko‘chirma 
nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. 
Ajrim  ustidan  FPKda  nazarda  tutilgan  tartibda  shikoyat  qilinishi  (protest 
keltirilishi) mumkin. 
FPKning  456-moddasida  ijro  ishini  yuritish  uni  to‘xtatib  qo‘yish 
uchun  asos  bo‘lgan  sabablar    yoki  holatlar  bartaraf  etilganidan  keyin, 
ushbu  ishni  to‘xtatib  qo‘ygan  sud  tomonidan  undiruvchining,  davlat 
ijrochisining  arizasiga  ko‘ra  tiklanadi.  Ijro  ishini  yuritishni  tiklash 
to‘g‘risidagi  ariza  kelib  tushgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik  muddatda, 
taraflarni  chaqirmagan  va  sud  muhokamasini  o‘tkazmagan  holda  sud 
tomonidan  ko‘rilishi  belgilab  qo‘yilgan.  Ijro  ishini  yuritishni  tiklash 
to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rish  natijalari  bo‘yicha  ajrim  chiqarilib,  uning 
ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga 
yuboriladi.  Sudning  ijro  ishini  yuritishni  tiklashni  rad  etish  to‘g‘risidagi 
ajrimi  ustidan  FPKda  belgilangan  tartibda  shikoyat  qilinishi  (protest 
keltirilishi) mumkin. 
Sud  o‘zi  tomonidan  yozuvdagi  xatolar,  arifmetik  xatolar  bilan 


 
 
244 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
berilgan,  shuningdek  o‘zgartirilgan  (bekor  qilingan)  sud  hujjati 
asosida  berilgan  ijro  varaqasini  undiruvchining,  qarzdorning,  davlat 
ijrochisining  arizasiga  yoki  o‘zining  tashabbusiga  ko‘ra  taraflarni 
chaqirmagan  va  sud  muhokamasini  o‘tkazmagan  holda  qaytarib  olishga 
hamda  uning  o‘rniga  yangi  ijro  varaqasini  berishga  haqli.  Yozuvdagi 
xatolar,  arifmetik  xatolar  bilan  berilgan  yoki  o‘zgartirilgan  (bekor 
qilingan)  sud  hujjati  asosida  berilgan  ijro  varaqasi  uni  bergan  sudga 
undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan ijro etilmasdan qaytariladi. 
Ijro  etilgan  sud  hujjati  bekor  qilingan  va  ish  yangidan  ko‘rib 
chiqilganidan  keyin  talablarni  qanoatlantirishni  to‘liq  yoki  qisman  rad 
etish  to‘g‘risida  hal  qiluv  qarori  qabul  qilingan  yoxud  ish  yuritishni 
tugatish  to‘g‘risida  yoki  arizani  ko‘rmasdan  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim 
chiqarilgan  taqdirda,  bekor  qilingan  sud  hujjati  bo‘yicha  javobgardan 
da’vogarning  foydasiga  undirilgan  narsalarning  barchasi  javobgarga 
qaytarib  berilishi  lozim  (hal  qiluv  qarorining  qaytarma  ijrosi).  Agar  ijro 
etilmagan sud hujjati bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan bo‘lsa va da’voni 
to‘liq  yohud  qisman  rad  etish  to‘g‘risida  yangi  sud  hujjati  qabul qilingan 
bo‘lsa  yoki  ishni  yuritish  tugatilgan  yoki  da’vo  ko‘rmasdan  qoldirilgan 
bo‘lsa,  sud  sud  hujjatining  bekor  qilingan  yohud  o‘zgartirilgan  tegishli 
qismi  bo‘yicha  undirishni  to‘liq  yoki  qisman  tugatish  to‘g‘risidagi  sud 
hujjatini qabul qiladi. 
Yo‘qolgan  ijro  ishini  yuritish  sud  tomonidan  ishda  ishtirok  etgan  
shaxslarning,  ijro  ishini  yuritish  taraflarining,  davlat  ijrochisining, 
prokurorning  arizasiga  ko‘ra,  shuningdek  ijro  hujjatini  bergan  sudning 
yoki boshqa organning tashabbusi bo‘yicha tiklanishi mumkin. Yo‘qolgan 
ijro  ishini  yuritish  to‘liq  tiklanadi  yoki  uning  sud  fikriga  ko‘ra  tiklanishi 
zarur  bo‘lgan  qismi  tiklanadi.  Yo‘qolgan  ijro  ishini  yuritishni  tiklash 
to‘g‘risidagi  ariza  sud  hujjati  ijro  etiladigan  joydagi  sudga  beriladi. 
Arizada  ijro  ishini  yuritish  to‘g‘risidagi  batafsil  ma’lumotlar  bo‘lishi 
kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritishga daxldor bo‘lgan 
hujjatlar  yoki  ularning  ko‘chirma  nusxalari  arizaga  ilova  kilinadi.  Sud 
ishni ko‘rayotganda ijro ishini yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish 
yo‘qolguniga  qadar  undan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  olib  berilgan 
hujjatlardan,  bu  hujjatlarning  ko‘chirma  nusxalaridan,  shuningdek  ijro 
ishini yuritishga daxldor bo‘lgan boshqa ma’lumotnomalar va hujjatlardan 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
foydalanadi.  Sud  ijro  harakatlarini  amalga  oshirishda  ishtirok  etgan  yoki 
hozir bo‘lgan shaxslarni guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin. 
Arizani  ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha  sud  ajrim  chikaradi, 
uning  ko‘chirma  nusxalari  ijro  ishining  taraflariga  va  davlat 
ijrochisiga  yuboriladi.  To‘plangan  materiallar  yo‘qolgan  ijro  ishini 
yuritishni  aniq  tiklash  uchun  yetarli  bo‘lmasa,  sud  ajrim  chiqarib,  ijro 
ishini  yuritishni  tiklash  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib  chiqishni  tugatadi.  Bu 
holda arizachi umumiy tartibda da’vo takdim etishga haqli.  
Arizachi yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ish ko‘rib 
chiqilishi  chog‘ida  sud  tomonidan  qilingan  sud  xarajat-larini  to‘lashdan 
ozod  qilinadi.  Bila  turib  yolg‘on  ariza  berilganda  sud  xarajatlari 
arizachidan undirib olinadi (FPKning 462-moddasi). 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish